Faktoring – bu boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.
Farfeyting – bu uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo’lib, qarzdorlik bo’yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o’tgandan so’ng undirishi mumkin bo’ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo’yicha operatsiyalarni bildiradi.
Kredit berish bir qator tamoyillarga asoslanadi.
Bular quyidagilar: ssuda berishning maqsadli tavsifi, kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi, ssudaning moddiy ta’minlanganligi va to’lovliligi.
Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi. SHu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanish foiz stavkasi yoki foiz normasini tashkil qiladi:
,
bu yerda:
r’ – foiz normasi;
r – foiz summasi;
Kssud– qarzga berilgan pul (kapital) summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |