«buхgаltеriya hisоbi va audit»


Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi



Download 79,4 Kb.
bet15/19
Sana18.04.2022
Hajmi79,4 Kb.
#560987
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi q

9. Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi
Xususiy kapital (sarmoya) – ustav, qo’shilgan, zaxira kapitaliga va
taqsimlanmagan foydadan iborat.
Moliyaviy natijalar - xo’jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar
shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir. 
«Xususiy kapital» yoki «kapital» tushunchasi iqtisodiy toifalar tarkibiga kirib, uning mazmunini mablag’ qo’yish, joylashtirish tashkil etadi. U daromad keltiruvchi manbadir. Bozor munosabatlari bu atamaga yangicha yondoshishni talab qilmoqda. Bu esa korxonalarni, shu jumladan aktsiyadorlik jamiyatlarini, rivojlanishining muhim garovi va vositasi bo’lgan xususiy kapital tushunchasining moxiyatiga to’xtalishni taqozo qiladi. Aktsiyadorlik jamiyatlarida ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob’ekti bo’lib, moliyaviy xo’jalik faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda aktsiyadorlik jamiyatlarida shu mulk
shaklining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo’lgan ob’ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob’ektlaridan biri aktsiyadorlik jamiyatlarida mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko’rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aktsiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog’liq
operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog’ozlar, daromad (foyda), dividend to’lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi aktsiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisobining o’ziga xos bo’lgan hisob ob’ektlardir.
Ushbu ob’ektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo’lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:

AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYaTLAR


Bu tenglikdan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997 yil 15 yanvaridagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobotning 5-shaklda xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb ko’rsatilgan: ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
176 Xususiy kapital deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni:

Kx = Kj - Kq.

Bunda, Kx - xususiy kapital, Kj - jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital.


Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha belgilari bo’yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish manbalarini olish zarur, deb hisoblaydilar.
Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish darajasini ham e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, tasniflash belgilarining ierarxiyasini to’g’ri asoslash ham uni o’rganishda muhim omildir. Chunki bu tizimni aniq belgilash xususiy kapital elementlarini bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarda aks ettirish, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni umumiylikka qarab yig’ish, jamlash, to’plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bu esa nazariy va metodologik jihatdan
katta ahamiyat kasb etadi.
Xususiy kapitalni tasniflashning ierarxik tizimi tizimi quyidagi ketma-ketlikdan tashkil topishi lozim.

Xususiy kapitalni tasniflash belgilari ierarxik tizimi

Xizmat muddati bo’yicha



Faoliyatda ishtirok etish darajasi bo’yicha

Turgan joyi bo’yicha

Turi yoki ko’rinishi bo’yicha


Tashkil topish manbasi bo’yicha


Moddiyligi bo’yicha




Download 79,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish