Masalan: ishlab chiqarishdagi ishchilarga ish haqi hisoblandi – 200000 so’m
Debet 2011 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – 200000
Kredit 6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» schyoti – 200000
Хo’jalik jarayonlarini aks ettiruvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Bir-biri bilan schyotlarni bog’liqligi schyotlar korrespondensiyasi deb ataladi.
Korrespondensiyalanuvchi schyotlar xo’jalik jarayonining summasi bilan birgalikda buxgalteriya yozuvi (provodka) deb ataladi.
Buxgalteriya yozuvlari oddiy va murakkab bo’ladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarida xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari, shuningdek, xo’jalik jarayonlarini to’g’ri hisobga olib borishni o’z vaqtida nazorat qilib borish uchun ularning o’zgarishini aks ettiradigan har bir xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda ikkita schyotning qarama-qarshi tomoniga yoziladi. Bu narsa shuning uchun zarurki, buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi aktiv schyotlarda xo’jalik mablag’larining holati, joylanishi olib borilsada, ularning xo’jalik operatsiyalari ta’sirida biridan ikkinchisiga o’tganligini bitta schyotni debetlash yoki kreditlash bilan isbotlab bo’lmaydi. Masalan, “Хom ashyo va materiallar” schyotidagi materiallardan bir qismi “Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga o’tkazilgan bo’lsa, u xolda bir vaqtda “Хom ashyo va materiallar” schyotidagi materiallarning kamayganligini va “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida xarajatlarning ko’payganligini aks ettirish talab qilinadi.
Darhaqiqat, buxgalteriya balansining passiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi passiv schyotlarda xo’jalik mablag’larining paydo bo’lishi manbai olib borilsada, ularning xo’jalik operatsiyalari ta’siri ostida biridan ikkinchisigao’tganligini ham bir bir vaqtda ikkita schyotda aks ettirish talab qilinadi. Masalan, xodimlarga hisblangan mehnat xaqidan daromad solig’i ushlansa, u holda bu xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar” schyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektning byudjetga bo’lgan qarzining ko’payganligini va “Хodimlar bilan mehnatga haq to’llashga doir hisob-kitoblar” schyotida xodimlar oladigan haqning kamayganligini isbotlovchi yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
Ayrim hollarda shunday bo’lishi mumkinki, bu paytda buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi aktiv schyotlar bilan buxgalteriya balansining passiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi passiv schyotlar xo’jalik operatsiyalari ta’sirida bir vaqtda aktiv va passiv schyotlarda ko’payish yoki kamayish bo’lganligini aks ettirish talab qilinadi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektga mol yetkazib beruvchilardan materiallar keltirilgan bo’lsa, bu operatsiya xo’jalik mablag’larini hisobga olib boruvchi aktiv schyot “Хom ashyo va materiallar” schyotining ao’payish tomoniga va xo’jalik mablag’larining manbaini hisobga oluvchi passiv schyot “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar” schyotining ham ko’payish tomoniga yozish talab qilinadi. Chunki bu yozuv bir vaqtda materiallarning kelishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish zaxiralarining ko’payganligini va materiallar qabul qilib olinganligi sababli bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning yuqorida ko’rsatilgan materiallarni bergan mol yetkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida uning qarzdor ekanligini ko’rsatib turmag’i kerak. Shuningdek, agar shu keltirilgan materiallar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining bankdagi depozit hisobvarag’idan tegishli summasini to’lasa, u holda bu xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda buxgalteriya balansining ikki tomonida ham kamayish tomoniga o’zgarishga olib keladi, ya’ni uning aktiv tomonidagi “Pul mablag’lari” moddasida pul mablag’lari summasining kamayishiga va passiv tomonidagi “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar” degan moddasidagi kreditor qarzlar summasining kamayishiga sabab bo’ladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, har qanday xo’jalik operatsiyasi natijasida mablag’ yoki uning manbaida bir xil summada o’zgarish sodir bo’ladi. Bunday xo’jalik operatsiyalarining hammasi ham schyotlarga ikki yoqlama yozish deb nomlangan usul yordamida aks ettiriladi. Demak, har bir xo’jalik operatsiyasi buxgalteriya hisobining ikkita ob’ektini hisobga oluvchi o’zaro bog’liq schyotlarda yoziladiki, bu narsa xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatida mablag’lar va ularning manbalarining, shuningdek, xo’jalik jarayoni ustidan nazorat o’rnatish tmkonini beradi.Shu bilan birga,bu yozuv xo’jalik mablag’larining ikki tomonlama guruhlanishiga asoslangandir.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozishning mohiyati shundaki, har bir xo’jalik operatsiyasi u qanday turdagi balans o’zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o’zaro aloqador holda bir hil summada bir schyotning debet tomonida va ikkinchi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Binobarin, ikki yoqlama yozish deb xo’jalik operatsiyalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni schyotlar tizimi vositasi bilan o’zaro aloqador holda aks ettirish usuliga aytiladi.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozish usuli xo’jalik mablag’larining tarkibi va ularning paydo bo’lish manbalaridagi o’zgarishga olib keladigan xo’jalik operatsiyalarining schyotlarda to’g’ri aks ettirilishi hamda yozuvlarning to’g’ri amalga oshirilayotganligi ustidan bir vaqtda nazorat qilib borish imkonini beradi.
Хodimlarga mehnat haqi to’lash hamda xodimlarga xizmat safariga bo’nak berish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning bankdagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’idan 2250750 so’m naqd pul olinib xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasiga kirim qilinadi. Bu xo’jalik operatsiyasi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasidan pul mablag’i ko’payib, bankdagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’ida pul mablag’larining qoldig’i kamayadi. Ikkala schyot ham buxgalteriya balansining aktiv tomonida, ya’ni aktivdir. Demak, bu operatsiya natijasida schyotlarning o’zaro quyidagi bog’lanishi sodir bo’ladi:
Debet “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” schyoti
2250750 so’m
Kredit “Depozit hisobvarag’i” schyoti
Bu operatsiya buxgalteriya hisobi schyotlarining shartli tarxida quyidagicha aks ettiriladi:
“Depozit hisobvarag’i” “Milliy valyutadagi pul
schyoti mablag’lari”
schyoti
D-t K-t D-t K-t
Bk 15250000 1) 2250750 Bq 250
1) 2250750
Naqt pul bankdan olib kelib kassaga kirim qilinadi.
Bizning misolimizda xo’jalik operatsiyalariga doir schyotlarning bir-birlari bilan o’zaro aloqasini tuzishda ikki yoqlama yozish usulidan foydalanildi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning shartli tarxidagi yozuvni umumlashtirish uchun aktiv va passiv sintetik schyotlar ochib, ularga ma’lum bo’lgan boshlang’ich qoldiq summalari yoziladi. Debet va kredit aylanmalar hisoblanadi va oxirgi qoldiqlar topiladi. Schyotlardagi boshlang’ich qoldiq qisqartilgan holda- Bq deb, va debet bo’yicha aylanma – D-t oborot deb yoki kredit bo’yicha aylanma K-t oborot deb yoziladi.
Ikki yoklama yozish usuliga ko’ra xo’jalik mablag’larining tarkibi va ularning manbalaridagi o’zgarishlarni ko’rsatuvchi ma’lum xo’jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun u yoki bu buxgalteriya schyotlari o’zaro bir-birlari bilan bog’lanadi. O’zaro bir-birlari bilan bog’lanishda qatnashuvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar korrespondensiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodkasi deb ataladi.
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy buxgalteriya provodkasida ikki buxgalteriya schyoti qatnashib, uning biri debetlansa, ikkinchisi kreditlanadi. Murakkab buxgalteriya provodkalarida bir necha buxgalteriya schyotlari qatnashib, ularning biri debetlansa, qolgan bir nechtasi kreditlanadi yoki biri kreditlansa, qolgan bir nechtasi debetlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |