Bugungi kunda nafaqat ilmiy tadqiqotlarni, balki kundalik hayotimizni radioelektron apparaturalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Elektronika hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi



Download 1,23 Mb.
bet2/11
Sana18.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#823549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
radio kursavoy

Kurs ishning dolzarbligi: Kasbiy tafakkurni shakllantirish, zamonaviy darsliklar va o’quv qo’llanmalarini yaratish uchun, atamalarning, binobarin, atamashunoslik lug‘atlarining davlat tilida ishlab chiqilishi favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishning maqsadi va vazifasi: Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi − «UNICON.UZ» DUKda elektron texnika va radioelektronikaga oid atamalar ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘atining qayta ishlangan, to‘ldirilgan ikkinchi nashri ishlab chiqildi.
Kurs ishning ilimiyligi va ahamiyati: Lug’atda elektron, optoelektron, yarimo’tkazgichli, elektrovakuum, gazrazryadli asboblar, radiotexnika tizimlari, televideniye, radiopelengatorlar, antennalar, radiotelemetrik uskuna, radioaloqa vositalari, maishiy radioelektronika, axborotni yozish hamda qayta tiklash usullari va vositalari, lazer texnikasi bo’yicha atamalarning keng spektri aks ettirilgan.
Kurs ishini tuzilishi: Lug’at alifbo tartibida joylashtirilgan, 2200 dan ortiq atamani o‘z ichiga oladi. Lug’at o‘zbek tilidagi atama va ta’riflarni hamda ularning rus tilidagi muqobilini, shuningdek, atamalarning rus hamda ingliz tillaridagi ifodasini o’z ichiga oladi.

  1. O’zgaruvchan tokni to’girlash. Tekislovchi filtrlar.

Chiziqli boʻlmagan zanjir yordamida tok spektrida oʻzgarmas tashkil etuvchini hosil qilish va uni ajratib olish jarayoni oʻzgaruvchan tokni to'g'rilash deb ataladi. Uni amalga oshiruvchi qurilma (chiziqli bo'lmagan zanjir) to'g'rilagich deyiladi.
Demak, toʻg'rilash jarayon ini amalga oshirish uchun baqat tokning oʻzgarmas tashkil etuvchisiga éga boʻlgan chiziqli boʻlmagan zanjirgina yaroqli boʻlar ekan. Undan tashqari, toʻgʻrilash effekti yetarli bo'lishi uchun bu o'zgarmas tashkil etuvchi tok katta bo'lishi kerak. Bunday xususiyatga tarkibida ventil xususiyatiga ega boʻlgan element qatnashuvchi chiziqli boʻlmagan zanjir ega boʻladi. Ventil xususiyatga ega element ga misol qilib lampaviy va yarim o'tkazgichli diodlarni, gazotron, tiratron va boshqa elementlarni ko'rsatish mumkin. Shuning uchun toʻgʻrilagichlar ana shu elementlarda yig'iladi.
To'g'rilashda zanjirga ta'sir etuvchi tebranish (kirish kuchlanishi) yetarlicha katta amplitudaga ega boʻlgani uchun to'g'rilovchi element volt-amper xarakteristikasi toʻgʻri chiziqlar kesmasidan iborat deb olinadi (1-rasm).

1-rasm. Bitta yarim davrli to'g'rilash sxemasi
To'g'rilash sxemasi ikki xil bitta va ikkita yarim davrli boʻladi. Bizga transformatorning ikkilamchi chulg'ami bilan ketma-ket ulangan D diod va R.. rezistordan tuzilgan zanjir berilgan bo'lsin (la-rasm; kondensatorsiz).
Agar transformatorga oʻzgaruvchan kuchlanish berilsa, ikkilam chi chulg' am kuchlanishining musbat yarim davri to'g'ri kelganda diod ochilib, zanjirda tok hosil boʻladi. Kuchlanishning manfiy yarim davrida diod yopilib, zanjirdan tok o'tmaydi. Uning grafik tasviri 1b-rasmda ko'rsatilgan (teskari tok hisobga zanj rdagi tok va chish kuc olinmagan). Demak, zanjirdagi tok va chiqish kuchlanishi uzlukli bo'ladi. Bunday tok va kuchlanish impulsianuvchi tok yoki kuchlanish deb ataladi.
Demak, koʻrilgan sxemada tok kirish kuchlanishining musbat (+) yarim davrlaridagina hosil boʻladi. Shuning uchun bu sxema bitta yarim davrli to'g'rilash sxemasi deyiladi. Uning asosida tuzilgan toʻgʻrilagich esa, mos ravishda, bitta yarim davrli to'g'rilagich boʻladi.
Radioqurilmalarda pulslanuvchi tok yoki kuchlanishdan foydalanish mumkin em as. Shuning uchun pulslanishni yoʻqotish - tekislash zarur. Buning uchun pulslanuvchi tok yoki kuchlanish spektridagi oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tashkil etuvchilar bir-biridan ajratiladi va o'zgaruvchan tashkil etuvchidan qutilish chorasi koʻriladi. Bu Jarayonni amalga oshiradigan qurilma tekislovchi filtr deb ataladi.
Nagruzka rezistoriga parallel ulangan kondensator eng sodda tekislovchi filtr hisoblanadi. Uning sig'imi yetarlicha katta, ya'ni Rᵑ >> 1/ wᵑ Cᵑ boʻlishi kerak (1a-rasm; punktir). Bu holda diodning ishlashiga transformator kuchlanishidan tashqari kondensatorning kuchlanishi ham ta'sir etadi. Transformatordan diodga musbat kuchlanish berilganda, undan o'tadigan tok kondensatorni zaryadlaydi va kondensatorda Uₛ ga teng kuchlanish hosil boʻladi. Uning ishorasi II choʻlgʻam kuchlanishi ishorasiga qarama-qarshi - musbat bo'ladi. Shuning uchun dioddan transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi kuchlanish kondensator kuchlanishidan katta (Uₜₚ›Uₛ) bo'lgandagina tok o'tadi. Uₜₚ‹Uc boʻlganda esa, diod yopilib, kondensator Rₕ rezistor orqali zaryadsizlanadi.
Agar Rₕ nagruzka rezistorining qarshiligi cheksiz boʻlsa, kondensator transformator ikkilamchi chulg'amidagi kuchlanishning amplituda qiymatigacha zaryadlanishi kerak. Lekin unda dioddan o'tadigan tok nolga teng boʻlib, sxema ishlamay qoʻyadi. Rn rezistorning chekli qiymatida zanjirda muvozanat vujudga keladiki, unda transformator kuchlanishining bir davrida kondensator oladigan elektr energiyasi bilan yo'qoladigan energiya miqdori bir-biriga teng boʻladi. Muvozanat holatida zanjirdagi tok va kondensator kuchlanishining zaqt bo'yicha oʻzgarish grafigi 2-rasmda koʻrsatilgan.


Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish