Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini ko’pgina jabhalarda ko’rishimiz mumkin



Download 20,15 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2022
Hajmi20,15 Kb.
#471707
  1   2   3
Bog'liq
Kirish


Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini ko’pgina jabhalarda ko’rishimiz mumkin. O’zbekistonda ta’lim tizimining isloh qilishning dasturiy hujjatlarida ta’kidlanganidek mamlakatimiz ta’lim tizimi xodimlari oldida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim tarbiya jarayonini jahon andozalar darajasiga yetkazishni ta’minlash asosiy vazifa qilib qo’yilgan. Shu ma’noda olib qaraganda, yoshlarning yangi avlodi istiqbol masalalarini kun tartibiga dadil qo’yadigan va uni yecha oladigan, fikr yuritishning yuksak madaniyatini egallagan, siyosiy hamda ijtimoiy iqtisodiy hayotda o`ziga mustqail yo’l topa oladigan qobiliyatga ega bo’lishi kerak.
Hozirgi kunda ilm – fanga prezidentimiz tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Shuni inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PQ-4947-sonli,2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akedemiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish,boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2789-sonli, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli va 2018-yil 27-apreldagi “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotiga joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3682-sonli qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa normativ-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarda oliy ta’lim tizimini zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois murakkab matematik jarayonlarni tahlil qilish va amallarni soddalashtirish yuzasidan juda ko’plab ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Rivоjlangan mamlakatlarning tajribasi fan uchun hech narsani ayamayotgan mamlakat gullab-yashnayotganligini va bunday davlat hamma yaxshi narsalarni – оdamlarning kuch-g’ayratlarini xam, mоddiy-texnika resurslarini ham o’zida jamlayotganligini yaqqоl ko’rsatmоqda.

Fanni malakali kadrlar bilan ta’minlash, xоdimlarning prоfessiоnal bilimdоnligi darajasini оshirish, ularning qоbiliyatlarini ro’yobga chiqarish uchun barcha sharоitlarni yaratish ilmiy jarayonni jadallashtirishning asоsiy оmilidir...


Yana shuni ham aytish kerakki, fan sоhasida respublika hоzir o’zini o’zi ta’minlay оlmaydi va bunday bo’lishi mumkin ham emas. Faqat bоshqa mintaqalarning, bоshqa mamlakatlarning оlimlari bilan o’zarо naf keltiradigan xilma-xil alоqalar hоzirgi talablar darajasida bo’lishga imkоn beradi.
Matematik fizika masalalari murakkab va ularni yechish algoritmi qadamlari juda katta. Ularni bloklarga “modullarga” bo’lish lozim. So’ngra, turli fizik tabiatga ega bo’lgan jarayonlar aynan bir tenglamalar bilan tavsiflanadi (masalan, diffuziya jarayonlari, issiqlik o’tkazuvchanlik va magnitlanish). Har xil fizik masalalar, ularning har biri o’z fizik xususiyatlariga ega bo’lishlariga qaramasdan, aynan bir matematik modellarga ega bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, matematik modelning o’zi hisoblash eksperimenti o’tkazilish jarayonida bir necha marta jiddiy o’zgarishi mumkin, bu o’z navbatida algoritmning o’zgarishini (aniqrog’i, uning ayrim qismlarining) talab qiladi va dasturning ham o’zgarishiga olib keladi. Bundan daturlar kompleksini (dasturlar paketi) yaratish zarurati paydo bo’ladiki, ular modulli prinsip asosida tuziladi va hisoblash eksperimenti tezkor o’tkazish imkoniyatini hamda turli fizik tabiatga ega bo’lgan masalalar sinfini yechishga imkon beradi. Bu esa dasturlash sohasidagi va matematik fizikaning yirik masalalarni yechishdagi dolzarb yo’nalish bo’lib, sonli metodlarni yaratishga ta’sir ko’rsatadi.
Matematik fizika masalalarini sonli yechishda odatda chekli ayirmali metodlar yoki to’r metodlari, qo’laniladi. U xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish masalasini, algebraik tenglamalarni yechish masalasiga keltirishga imkon beradi.

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


Bugungi kunda sohalardag o’zgarishlar, har bir sohalarga axborot texnologiyalarining kirib borishi ushb sohada yangidan yangi imkoniyatlarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa o’z o’zidan shu sohaga oid yangiliklarni oshishiga zamin yasaydi. Undan tashqari shu sohaning yetuk kadrlarini yetishtirib berishda sohada qilinayotgan ishlar muhim ro’l o’ynaydi. Prezidentimizning yoshlarga yaratib berayotgan kattadan katta imkoniyatlari bugun yoshlarning ilm fanni chuqur, puxta egallab kelajakda shu fanning chinakam fidoyi insoni bo’lish imkonini beradi. Jumaladan “ kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko’rstilgan ko’plab ustuvor vazifalar shu yo’lda ildam qadam tashlash uchun ko’mak beradi.
Shuningdek barcha fan yo’nalishlari singari matematik fizika yo’nalishini ham jadal rivojlanayotganini ko’rishimiz mumkin. Ushbu bitiruv malakaviy ishida ana shu yo’nalishda o’zining dolzarb masalalarini o’z ichiga olgan bir qancha masalalar keltirilgan. Bir o’lchamli uyurma tenglamalarining asl mohiyat, mavjud kerakli ma’lumotlar, uning qo’llanilish sohalari, ushbu tenglamalar uchun qo’llaniladigan shartlar, kerakli masalani toppish va uni qo’yish, to’g’ri va teskari masalalarni ahamiyati, to’g’ri va teskari masalalarni uyurma tenglamalari uchun qo’llash va boshqa masalalar ushbu bitiruv malakaviy ishida ko’rib chiqilgan.

Download 20,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish