6-rasm. Turkiston qumbalig‘i (Gobio lepidolaemus)
mavjud. Yon chizig‘ida 34-42 tangacha bor. Tana uzunligi 10 sm.gacha, og‘irligi 15 gramm atrofida. O‘zbekiston suv havzalarida keng tarqalgan. Urchishi – porsiyali, apreldan sentyabrgacha, loyli-qumli gruntlarda suv oqimi mavjud bo‘lgan joylarda o‘tadi.Serpushtligi 500-3000 uvildiriqqacha bo‘lishi mumkin. Gala bo‘lib suzadi. Ko‘pincha suv osti umurtqasizlari, quruqlik o‘simliklari, hayvonlarning chiriyotgan qoldiqlari, suv o‘tlari va o‘zga baliqlar uvildirig‘i bilan oziqlanadi. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlanish ahamiyatiga ega emas.[32.71]
Qo‘ng‘ir eshvoyi (Triplophysa labiata) Plain thicklip loach, Odnotsvetniy gubach. 1874-yil Kessler tomonidan aniqlangan. Boshi dum o‘qidan kalta. Burun teshiklari siljigan. yelka suzgich qanotining balandligi odatda tana balandligidan uzunroq. Qorin suzgich qanotlari anal teshigigacha etib bormaydi. Rangi bir xil, ba’zan tanasida egri qoramtir xira dog‘lari Markaziy Osiyo endemigi. Ovlash ahamiyatiga ega emas. Lekin soni ko‘pligidan yirtqich baliqlarga oziqa bo‘ladi.
7-rasm. Qo‘ng‘ir eshvoyi (Triplophysa labiata)
Tibet eshvoyi (Triplophysa stoliczkai) (Steindachner, 1866) Syn.: Nemacheilus stoliczkai (Steindachner, 1866) Tibetan stone loach, Stolichka eshvoyi. Ko‘zlari katta. Burun teshiklari yaqinlashgan. Yuqori jag‘ida tishsimon o‘simta yo‘q. Tanasi yalang‘och. Yelkachasi jigarrang-kulrang, qorni ochrang, yelkasida xira konturli qoramtir dog‘lari bor. Yon tomonida qoramtir dog‘lar ko‘proq bo‘lib, ba’zan ko‘ndalang chiziqlarga qo‘shilib ketadi. Yelka suzgich qanotida III-VI 6-8 ta, anal suzgich qanotida III 5 shu’la mavjud. Tana uzunligi 10-12 sm.gacha etadi. Tarqalishi Afg‘onistan, Pokistan, Eron, Hindiston, Xitoy.
8-rasm. Tibet eshvoyi (Triplophysa stoliczkai)
Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Ili, Tarim daryolari va ularning irmoqlari. Daryolarning yuqori qismini xush ko‘radi. Hayotining 2-3 yili jinsiy jihatdan voyaga etadi. Uvildiriq tashlashi porsiyali bo‘lib, mart oyidan avgustgacha davom yetib, 1000-10000 tagacha qumga tashlaydi. Suv osti hasharotlar lichinkalari, hayvonlarning chiriyotgan qoldiqlari, suv osti qattiq gruntlarini qoplagan suv o‘tlari bilan oziqlanadi. Markaziy Osiyo endemigi. Ovlash ahamiyatiga ega emas.
Dog‘li eshvoyi (Triplophysa strauchi) Syn.: Nemacheilus strauchi, Spotted thicklip loach, Pyatnistыy gubach 1874-yil Kessler tomonidan aniqlangan Qorin suzgich qanotlari anal teshigigacha boradi. Tanasining rangi turli hil. yelkasi va yon tomonlarida noto‘g‘ri formadagi yirik qoramtir-qo‘ng‘ir dog‘lari mavjud. Tanasining umumiy rangi kulrang bo‘lib, qorin qismiga kelib oq yoki och-sariq rangga o‘tadi. Yelka va dum suzgich qanotlarida qator joylashgan mayda qoramtir dog‘lari bor. Ko‘krak suzgich qanotlari ham qoramtir dog‘ bilan qoplangan. Yelka suzgich qanotida III-VI 7-8, anal suzgich qanotida III 5 ta shu’la mavjud. Uzunligi
Do'stlaringiz bilan baham: |