Bugungi kun o’quvchisi va didaktika” Hayot yo’lida birinchi masala- maktab masalasidir.



Download 42 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi42 Kb.
#780411
Bog'liq
Bugungi kun o’quvchisi va didaktika


Bugungi kun o’quvchisi va didaktika”

Hayot yo’lida birinchi masala- maktab masalasidir.

(Abdurauf Fitrat)
Shukurov Mirkomil To’lqin o’g’li.
Pedagogika nazariyasi va tarixi
(Faoliyat turlari bo’yicha) 1-kurs magistranti.
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kun o’quvchisi va hozirgi ta’lim tazimimiz haqida atroflicha fikr yuritilgan. Fan o’qituvchisiga dars jarayonini tashkil etishda e’tibor qaratishi lozim bo’lgan jihatlar keltirilib o’tilgan.
Tayanch so’z va iboralar: Insonparvarlik, shaxs, tashkilotchilik, ta’limdagi birlamchi vazifalar, tarbiyaning ikki usuli.
Barchamizga ma’lumki, bugungi kun ta’lim tizimi hozirgi zamon bilan hamnafas, shiddat bilan rivojlanib borayotgan yoshlarimizni qoniqtirmay qo’ydi. Bugungi kun o’quvchi-yoshlari zamon bilan hamnafas, keng axborot olish imkoniyatiga ega va axborot kommunikatsiya davrida yashamoqda.
Ommaviy axborot vositalarining tobora rivojlanib borayotganli va buning bizning hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotganligi oqibatida o’quvchi-yoshlarda kitob o’qishga va ta’lim olishga bo’lgan qiziqish (axborot olishga) tobora susayib bormoqda. Bir so’z bilan aytganda ta’lim o’z imijini yo’qotmoqda. O’qituvchiga, ta’lim olishga bo’lgan umumiy munosabat salbiy tamonga o’zgarmoqda. Buning natijasida o’qituvchilarga dars berish tobora qiyinlashib bormoqda va bu biz o’qituvchilarning oldimizga yanada o’z ustimizda ishlashimiz uchun turtki bo’lmog’i kerak. Ho’sh biz o’qituvchilar bunga qanday munosabat bildirishimiz kerak? Avvalo bugungi kun o’qituvchisi qanday bo’lishi kerak?

  • Bolalarni diqqatini jamlay olishi

  • Dars o’tishning o’zgacha usullarini izlab topishi

  • Har qanday jarayonda kreativ bo’lishi

  • Ijodkor bo’lishi

  • O’z ustida tinimsiz ishlashi va zamon bilan hamnasaf bo’lmog’i kerak.

“ Maktab – bu hayot mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o’zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanmog’i kerak” deydi: O’zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Shu o’rinda savol tug’uladi. Biz ustozlar- jamiyat chirog’i, xalq ma’rifatchilarining burchlarimiz farzandlarimizni o’zimiz ustozlarimizdan olgan bilimlarimizga tayanib, vatanga muhabbat va milliy urf-odatlarni hurmat qiladigan vatanparvar shaxslarni tabiyalash emasmi? Bir so’z bilan aytganimizda kelajagimiz- yoshlar qo’lida va biz ularni shu vatan uchun, shu xalq uchun zamon talablariga mos bilimlar bilan o’qitmog’imiz kerak.
Yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berish bilan kifoyalanibgina qolmasdan biz ularning o’quv faoliyatini tizimli tashkil etishlariga yordam berishimiz va o’quv-dars jarayonlarida o’z ustilarida tinimsiz ishlash ko’nikmasini ham shakillantirmog’imiz darkor. O’quv faoliyatidan chetlashmagan bolagina o’zining nima maqsadda harakat qilayotgani va qanday rejalarni bajarishi kerakligini anglab yetaoladi.
Biz o’qituvchilar avvalo o’z kasbimizni sevgan holatda bolalarga dars tashkil qilsak, o’quvchilarda ham o’quv jarayonlariga qiziqish yanada ortadi, ular bizning ortimizdan ergashishadi. O’qituvchi dars jarayonlarini yangicha uslubda qiziqarli qilib tashkil etsa o’quvchilar ham ilm olish ilm olish qiziqarli jarayon ekanligiga amin bo’lishadi va dars jarayoniga bo’lgan qiziqishi ortadi. Dars jarayonida bo’lgan va bo’sh vaqtlari samarali tashkil etilgan yoshlargina ta’lim-tarbiya jarayonidan o’g’ishmasdan ketaolishlari mumkin. O’quvchi yoshlarning tarbiya jarayoniga mukammal yondoshishimiz kerakligini muhtaram yurtboshimiz ham bot-bot aytmoqdalar.
Shu o’rinda men hurmatli ota-onalar, bobolarimiz va momolarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimizni bu masalada befarq bo’lmasdan, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishga da’vat etadi.
Qanchalik qiyin bo’lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo’yicha o’zimizga hos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg’unchi va zararli g’oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy xolatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo’lishlaringiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan bog’liq har qanday vazifa birlamchi vazifa ekanligini alohida takidlab o’tganlar.
Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha – hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur. Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi “Bugun men yoshlar uchun nima ish qilishim kerak? ertaga farzandlarimiz manfaati uchun yana nima ish qilishim kerak?” degan savollarga javob beradigan, shunday e’tiqot bilan yashaydigan zamon keldi dedi Prezidentimiz o’z so’zlari so’ngida.
Hozirgi zamon bolalariga qanday ta’lim-tarbiya berish kerakligini biz ota-bobolarimiz merosidan ham o’rnak olishimiz mumkin. Hususan, Sharq mutafakkirlaridan biri Farobiyning ta'kidlashicha har bir kishining fe'l atvoriga qarab ta'lim — tarbiya ikki xil usul: ixtiyoriy va majburiy usullarda amalga oshirilishi mumkin. Ta'lim oluvchilar fan va hunar o’rganishga moyillik bildirmasalar, ularga nisbatan rag’batlantirish usuli qo’llaniladi. Maboda ular o’zboshimcha va itoatsiz bo’lsalar majburiy usulni qo’llash mumkin. Farobiyning ko’rsatishicha aqlli kishilar o’tkir zehn — idrokli, fazilatli bo’lishi, o’zining qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarga yo’naltirishi kerak. Farobiy “Aql to’g’risida” nomli risolasida axloqli odam o’zida o’n ikki xislatni birlashtirgan bo’lishi lozim deb hisoblaydi. Abu Nasr Farobiyning uqtirishicha insonning barcha qobiliyat va fazilatlari ikki tomonga ega:
- Birinchisi- tug’ma irsiy, tabiiy xislatlar
- Ikkinchisi- tajriba, amaliyot, sharoit ta'sirida tarkib topadigan xislatlardir. Shuningdek bola tarbiyasida bir-biri bilan bog`liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish lozimligini ta'kidlaydi.
Darhaqiqat hozirgi kunda biz o’qituvchilar o’quvchilarga nimani, qanday va qachon o’rgataman? kabi savollarga o’zimiz javob topaolsakkina o’qitish tizimizmiz bir maromda va izchil davom etaveradi. Yuksaladi, yuksaladi va hech qachon ortda qolmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. J. Hasanboyev, X.A To’raqulov, I. Sh. Alqarov, N.O’. Usmanov va b. “PEDAGOGIKA” ­­­–Toshkent: <> 2011.
2.

Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish