Youtube platformasida monetizatsiya muammolari.
Youtube eng ko’p vaqt sarflanadigan ijtimoiy tarmoq. Oyiga 23,7 soat.
Youtube platformasidan bugungi kunda ko’pchilik o’zbekistonliklar foydalanadi. Ammo youtubeda video joylashtirganlik uchun O’zbekistonga pul to’lanmaydi. Natijada, ko’pchilik blogerlar chet davlatlardan youtube akkaunt ochib pul ishlaydilar. Natijada yutubedan tushgan pul chet davlatdagi hisobraqamiga tushadi, uni O’zbekistonga konvertatsiya qiladi va daromadining qaysidir qismini soliq sifatida boshqa davlatga to’laydi. Shuningdek youtubeda pul topishning asosiy yo’nalishi bu reklama orqali daromad topishdir. O’rtacha hisobda youtubeda bir dona video million marta ko’rilsa 1300$ dan 3600$ gacha pul ishlab topishi mumkin. Xavfsizlik nuqtai nazaridan esa, ular o’z akkauntlarini O’zbekistondan ochadi va destruktiv materiallar tarqatgan taqdirda bloklanishi yoki qandaydir ma’muriy jazo qo’llash uchun uni topish yanada osonlashadi.
Kadrlar masalasi.
Axborot sohasi, xususan, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, davlat va nodavlat davriy bosma nashrlar, teleradiostudiyalar, tahririyat-matbaa komplekslarining miqdor va sifat jihatidan o‘sishi, fuqarolik jamiyati institutlari, reklama agentliklari, axborot xizmatlari, media kommunikatsiya, internet jurnalistikasining shakllanishi raqobatbardosh, yangicha shart-sharoitlarda ishlay oladigan axborot sohasi mutaxassislarini, jurnalist kadrlarni tayyorlash zaruratini taqozo etmoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnat bilan band aholining 1 %i axborot sohasida faoliyat yuritadi. Vaholanki, ushbu ko‘rsatkich AQShda 4-5 %ni, YeIda 5-6 %ni, Rossiyada 4 %ni tashkil etadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 7 noyabrdagi «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 385–sonli qaroriga muvofiq bu universitet respublikaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13 ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo‘lib, taʼlimning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 ta yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Xususan, universitet va uning mintaqaviy filiallarida 10242 talaba tahsil oladi, jumladan 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlar tashkil etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014 yil 24 martdagi «Toshkent shahrida Inha universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2155-sonli qaroriga asosan xalqaro standartlar darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek ilg‘or xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida Inha Universiteti tashkil etildi. Mazkur universitetining asosiy faoliyat yo‘nalishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni taʼminlashdan iborat. Bugungi kunda unda “Aloqa va axborot muhandisligi” hamda “Kompyuter fani va muhandisligi” yo‘nalishlarida 1500 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 24 maydagi PQ-3737 son bilan “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan universitetda ommaviy axborot vositalari sohasi uchun jurnalist kadrlar, shu jumladan, yuqori malakali, bir necha xorijiy tillarni mukammal biladigan xalqaro jurnalistlar hamda ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, respublikada mediataʼlim tizimini yaratish, soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mazkur yo‘nalishlarda ilmiy va o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish belgilangan.
Shunga qaramasdan, axborot sohasida malakali mutaxassislarga talab yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, davlat tashkilotlarida mazkur soha mutaxassislarining maoshi kamligi kadrlarning xususiy sektorga va xorijiy kompaniyalarga ishga o‘tishiga natijada davlat tashkilotlaridagi kadrlar salohiyatining pastligiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat kasbiy motivatsiyaga salbiy taʼsir ko‘rsatishi ularning ish samaradorligi pastligicha saqlanib qolishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, axborot sohasida, jumladan, kiberxavfsizlik yo‘nalishida kadrlarning faqat davlat oliy taʼlim dargohlari bitiruv diplomi asosida ishga qabul qilinishi xususiy o‘quv markazlarida taʼlim olgan yetuk kasbiy mahoratga ega mutaxassislarning ishga qabul qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda. Ekspertlarning fikricha, o‘rta darajadagi dasturchi xususiy sektorda bir oyda 2 ming AQSH dollari, yetuk malaka va tajribaga ega mutaxassis esa 10 ming AQSH dollarigacha ishlab topadi. Bundan tashqari, sohadagi kadrlarning yetishmasligini qoplash maqsadida nomutaxassislarni ishga olish holatlari mavjud bo’lib, ular yoshlarni ushbu sohaga jalb qilishda va sifatli ta’lim berishda kamchiliklarga yo’l qo’yishmoqda.
Axborot texnologiyalati sohasida kardlar masalasiga e’tibor berish maqsadida bir million dasturchi loyihasi amaliyotga joriy etilib barcha hududlarda IT parklar tashkil etildi. Ammo, malakali kadrlarni tayyorlashda malakali o’qituvchilar yetishmasligi oqibatida oliy ma’lumotli kadrlarning sifatsiz tayyorlanishi va hududlardagi ta’lim muassasalarida o’quvchi yoshlarga ilm berish darjasi pastligini ko’rsatmoqda. Shuningdek, sohadagi moddiy-texnik bazaning yetarli darajada emasligi, eskirganligi ta’lim dargohlarida sifatli ta’lim berishga to’siq bo’lib hizmat qilmoqda.
Yuqoridagi singari holatlar axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi samarali kurashish va mavjud meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning amalda to‘liq ishlashi hamda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishdagi to‘sqinlik qiluvchi omillardan bo‘lib qolmoqda. Yuqoridagi axborot sohasida kadrlar tayyorlash muassasalari tayyorlayotgan kadrlar asosan axborot xavfsizligini taʼminlashning texnik jihatlariga moslashtirilgan bo‘lib, axborot xavfsizligini taʼminlashning g‘oyaviy jihatlarini amalga oshirmaydi. Shu sababli bugungi kun talabidan kelib chiqib, destruktiv axborot xurujlariga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi malakali kadrlarni tayyorlash zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |