Bugungi axborot tahdidlari ortib borayotgan davrda axborot suverenitetini ta’minlash jarayoni murakkablashib bormoqda



Download 0,53 Mb.
bet2/7
Sana03.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#631342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2.2. muammolar

Me’yoriy-huquqiy muammolar.

Аxborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy xavfsizlikni taʼminlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi oʼrnini belgilaydi. Аxborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishning strategik yo‘nalishlarini hamda amalga oshirish tizimlarini oʼzida aks ettiruvchi maqsadlar bir butunlikda davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga, davlat axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi va jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi. Ushbu yo‘nalishda tizim xavfsizligini taʼminlashning aniq mexanizmlarini belgilash qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshirishni talab etadi. Аxborot xavfsizligi strategiyasi axborot xavfsizligi konsepsiyasi asosida ishlab chiqilishi lozim. Аxborot xavfsizligi boʼyicha tadbirlar kompleksining asosini axborot himoyasining strategiyasi tashkil etishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot xavfsizligi konsepsiyasining qabul qilinmaganligi, yaʼni axborot xavfsizligini taʼminlovchi maqsadlar, vazifalar, tamoyillar va asosiy yo‘nalishlar boʼyicha rasmiy nuqtai-nazar majmuining mavjud emasligiga, axborot sohasida yagona davlat siyosatining belgilanmaganligiga, mazkur sohadagi mutassaddi tashkilotlar, axborot xavfsizligini taʼminlashda bilvosita ishtirok etuvchi tashkilotlar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha turlicha yondashuvlariga olib kelmoqda. Mavjud maʼlumotlar tahlili, rivojlangan mamlakatlar hamda mintaqamizdagi qo‘shni davlatlar tajribasi axborot sohasidagi shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi borasidagi hayotiy muhim manfaatlarini taʼminlash hamda barcha qonunchilik hujjatlarini oʼzida mujassam etgan yagona “Аxborot xavfsizlik Konsepsiyasi”ni qabul qilganliklarini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunga sohadagi munosabatlarni tartibga solish hamda maqsadida yigirmadan ortiq qonunchilik hujjatlari yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, ular yagona tizimga solinmagan1.
Jumladan O‘zbekiston Respublikasida yagona axborot siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2019-yil ID-8050 sonli qarori qabul qilinib ustuvor vazifalar belgilab berilganligiga qaramasdan ushbu konsepsiyani ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish ishlari haligacha yakunlanmagan. Shuningdek, ayni paytlarda Oliy Majlis Senatiga kiritilgan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi qonunning hali qabul qilinmaganligini misol qilib aytib o‘tish mumkin.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish jarayoni hali ham tugallanmagan. Qonunchilikdagi kamchiliklardan yana biri Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasining amaliyotga tadbiq etilishi mamlakatimiz hududida ijtimoiy tarmoqlar va raqamli istisodiyot bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalarning davlatimiz hududida fuqarolarimizning shaxsiy ma’lumotlarini saqlamasliklari natijasida ular o‘z faoliyatini to‘xtatishi yoki bloklanishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashda fuqarolarning huquqiy savodxonligining pastligi natijasida ularning ma’lumotlari davlatimiz hududidan tashqarida saqlanishiga va har-xil mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda o‘zlarining ma’lumotlarini hech ikkilanmasdan o‘z qo‘llari bilan ushbu platformalarga topshirib qo‘yayotganligi axborot suverenitetining ta’minlanishida katta to‘siq hisoblanadi. Bunday ma’lumotlardan buzg‘unchi maqsadlarda foydalanish, yoki shaxsni obro‘sizlantirish maqsadida foydalanish bugungi global axborot makonida keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari ushbu qonun davlat va ushbu platformalar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Natijada internetda amalga oshirilayotgan virtual jinoyatlarga qarshi kurashishda xavfsizlik tizimlarining faoliyatida juda ko‘p muammolar paydo bo‘lmoqda.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish