Yupqa qatlamli (plyonkali) bug’latkichlar yuqori temperaturaga chidamsiz eritmalarni quyuqlashtirish uchun qo’llaniladi. Qurilma trubalari orqali eritmaning bir marta o’tishi natijasida bug’latish jarayoni sodir bo’ladi.
Eritmaning harakat yo’nalishiga qarab, ko’tariluvchi va pastka oqib tushuvchi yupqa qatlamli bug’latkichlarga bo’linadi.
Yupqa qatlamli bug’latkichlar isituvchi kamera va separatordan tarkib topgan bo’ladi (7-rasm).
Isituvchi kamera trubalari 7...9m uzunlikda bo’lib, suv bug’i yordamida isitiladi.
7a-rasmda ko’tariluvchi qatlamli bug’latkich ko’rsatilgan. Boshlang’ich eritma uzluksiz ravishda isituvchi kameraning pastki qismiga yuboriladi va trubalarning 20..25% uzunligini to’ldirib turadi. Trubalarning qolgan qismi bug’ - suyuqlik aralashmasi bilan band bo’ladi.
Ushbu aralashma truba devorida yupqa qatlamli suyuqlikka va uning o’qida bug’ agregat holatiga ajralgan bo’ladi. Bug’ oqimi harakati paytida suyuqlik qatlamiga ishqalanish oqibatida yupqa qatlam turbulizatsiyaga uchraydi va uning yuzasi jadal ravishda yangilanib turadi. Shu omillar hisobiga yuqori issiqlik o’tkazish koeffitsienti va katta bug’latish yuzasiga erishiladi.
7b-rasmda pastga oqib tushuvchi qatlamli bug’latkich tuzilishi keltirilgan. Bunday qurilmada boshlang’ich eritma isituvchi kameraning yuqori qismiga uzatiladi.
Quyuqlashtirilgan eritma, separatorning pastki qismidan chiqariladi.
Yupqa qatlamli bug’latgichlarning issiqlik almashinish yuzasi 63...2500 m2 bo’lib, 38 va 57 mm li trubalardan yasaladi.
Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa.
Kamchiliklari; isituvchi bug’ bosimi tebranib turgan hollarda ishlashi bir tekisda emas. Agar, ish rejimi buzilsa, qurilmani sirkulyatsiyali ishlash rejimiga o’tkazish mumkin.
Rotor – yupqa qatlamli bug’latkichlar yuqori temperaturaga chidamsiz, qovushoq va pastasimon materiallarni, hamda suspenziyalarni bug’latish uchun ishlatiladi (8-rasm).
Bunday bug’latkichlar silindrsimon yoki konussimon qobiq 5 dan iborat bo’lib, tashqarisi isituvchi g’ilof 6 bilan o’ralgan. Qobiq 5 ichida rotor 3 aylanib, eritmani silindrik qobiq devoriga yupqa qatlam ko’rinishda purkaydi. Ayrim hollarda esa, oqimcha yoki tomchilar ko’rinishida ham sochib yuborish mumkin.
Devor bo’ylab taqsimlangan eritma asta - sekin bug’latadi va devorda pasta yoki kukunning yupqa qatlami hosil bo’ladi. Ushbu qatlam rotorning parraklari yordamida qirib tashlanadi. Bu turdagi qurilmalarda yuqori issiqlik almashinishga erishish mumkin, ammo bug’ bilan suyuqlikning ilinib chiqib ketishi kam bo’ladi.
Issiqlik berish koeffitsientini hisoblash uchun ushbu formula tavsiya etiladi:
(5)
bu erda n - aylanish chastotasi, ayl/min; - dinamik qovushoqlik, Pas; - muhitning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/mK.
Issiqlik berish koeffistientini boshqa formuladan ham hisoblab topsa bo`ladi:
(6)
bu erda z - rotordagi parraklar soni.
(7)
Qobiq devori va parraklar orasidagi tirqish 0,04...1,5 mm ni tashkil etadi. Boshlang’ich eritma qurilmaning yuqori qismiga uzatiladi va silindrik devor bo’ylab yupqa qatlam ko’rinishida taqsimlanadi. Parraklarning aylanma tezligi 12 m/s .
Qurilma konstruktsiyasi rotorni o’q bo’ylab siljishiga imkon beradi. Natijada, eritma qatlami qalinligini rostlash va jarayon tezligini oshirish mumkin.
Rotor – yupqa qatlamli bug’latkichlar juda yuqori issiqlik o’tkazish koeffitsientiga ega, ya’ni 2300...2700 Vt/m2K. Lekin, bu qurilmalar tuzilishi murakkab, yasash qiyin va juda qimmat. Undan tashqari, issiqlik almashinish yuzasi kam bo’lgani uchun, ish unumdorligi yuqori emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |