Hosilni yig‘ishtirish. Yeryong‘oq hosilining pishishi, o‘simlikningsarg‘aya boshlashi, dukkaklarning to‘lishi, ginoforlarning oson uzilishibilan belgilanadi.
Hosil sentyabr oyida pishib yetiladi. Hosil AP- 70rusumli yeryong‘oq yig‘ishtiruvchi maxsus pritsepli mashinalar bilan ikkifazali usulda yig‘ishtiriladi. Dastavval o‘simlik ildizlari qirqiladi, o‘simlik tuproqdan sug‘irib olinadi, qoqiladi, dastalanadi va mashinaning uch yurishida olti qator yanchiladigan qilib taxlanadi.
O‘simlikkovlab olingandan keyin 3-5 kun o‘tgach, dukkaklardagi namlik 20-25 %bo‘lganda hosil SK-5 kombaynlari MA-1,5 moslamalari bilanjihozlanib, yanchib olinadi. Namlik yuqori bo‘lsa dukkaklar quritiladi. Namlik 8% bo‘lgan holda dukkaklar saqlanadi.
4 .Donli ekinlarning umumiy morfologiyasi.Gul, gul to‘plam boshoq, ro‘vak, meva tuzilishi
Don-dukkakli ekinlarning ahamiyati, biologik xususiyatlari.
Dukkakli-don ekinlari dukaklilar-Fabaceae -oilasiga mansub. Dukkakli don ekinlari don ekinlariga nisbatan oqsilga boy, hazmlanishi oson, sifatli, arzon don hosili beradi va tuganak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o‘zlashtirish hususiyatiga ega.
Dukkakli don ekinlarini yetishtirish qishloq xo‘jaligidagi uchta asosiy muammoni hal qilishga imkon beradi:
1) Don yetishtirishni ko‘paytirish;
2) O‘simlik oqsili muammosini hal etish;
3) Tuproq unumdorligini oshirish.
Dukkakli-don ekinlari faqat oqsilning miqdori bilan emas, balki uning sifati ham farq qiladi. Ekinlarni turiga qarab ular oqsilning tarkibida har xil almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar mavjud.
Almashtirilmaydigan aminokislotalar miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari qo‘ng‘irboshsimon don ekinlariga nisbatan 1,5-3,0 baravar ustunlik qiladi. Masalan,
1 kg soya donida shuncha bug‘doy doniga nisbatan lizin miqdori 6 baravar ko‘p.
Dukkakli don ekinlari urug‘larida lizin, triptofan, metionin, valin, treoninning miqdori ko‘p. Lizin miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari oqsili hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan oziqalarga yaqin turadi. Suyak unida 8,2 %, soyada 7,6 %, lizin (oqsilda) bor.
Ularning urug‘larida vitaminlardan A, V1, V2, RR, V6, Ye, unib chiqayotgan urug‘larda S va ma’danli moddalar, mikroelementlar ko‘p.
Ularning donida oqsilning miqdori 25-50 % bo‘ladi. Sifatli tayyorlangan dukkakli don ekinlarining somonida 8-14 % oqsil bor. Ammo ularning somoni hozirga qadar oziqa sifatida ishlatilmaydi. Dukkakli don ekinlari proteini hazmlanishi quyidagicha: ko‘k no‘xatda - 88 %, vikada - 91, suli va arpada - 78 va 67 %.
Ayrim ekinlarning donida anchagina o‘simlik moyi ham bo‘ladi: soya-1627%, no‘xat-5,0%, lyupinda-10% gacha.
Bu ekinlar oziq-ovqatda, texnikada va yem-xashak tayyorlashda ishlatiladi. Loviyaning oqsili tabobatda ishlatiladi, no‘xat, ko‘k no‘xat, burchoq, loviya oziq-ovqatda va ozuqa sifatida ishlatiladi.
Soya oziq-ovqatda, texnikada va chorvachilikda qo‘llaniladi.
Dukkakli-don ekinlarning uni qandolat sanoatida, doni oziq-ovqatda yorma sifatida qo‘llaniladi. Pishmagan dukkagi va donidan konservalar tayyorlanadi.
Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg) (Pasipanov ma’lumotlari)
Aminokislot
alar
|
Soya
|
Loviya
|
Yasmiq
|
Ekma ko‘k no‘xat
|
Ekma
burchoq
|
No‘xat
|
Lizin
|
24,0
|
23,3
|
22,3
|
22,7
|
18,4
|
20,7
|
Metionin
|
5,0
|
1,5
|
4,0
|
1,0
|
4,1
|
5,2
|
Sistin
|
4,6
|
6,2
|
6,3
|
2,8
|
3,0
|
4,8
|
Arginin
|
|
|
|
|
23,1
|
|
Leysin
|
|
|
|
|
33,5
|
|
Fenilalanin
|
16,0
|
14,6
|
13,0
|
11,6
|
15,5
|
11,3
|
Treonin
|
13,0
|
11,0
|
10,9
|
|
12,0
|
10,5
|
Valin
|
|
16,0
|
15,8
|
11,0
|
12,5
|
|
Triptofan
|
|
|
|
1,8
|
2,9
|
|
Gistidin
|
8,0
|
6,5
|
|
4,9
|
|
|
Jami
|
70,6
|
|
|
|
126
|
|
Dukkakli-don ekinlarni doni tarkibida oqsil, yog‘ miqdori, qimmati va quvvati
Ekinlar
|
Oqsil miqdori,%
|
Oqsilnig oziqlik qimmati,%
|
Moy
miqdori,%
|
1 kg donning quvvati
|
Energiya, MJ 1kg
ko‘kati
|
Soya
|
40
|
88
|
18
|
23,0
|
18,11
|
No‘xat
|
23
|
76
|
5
|
19,2
|
17,80
|
Loviya
|
30
|
85
|
3
|
19,2
|
-
|
Yasmiq
|
30
|
85
|
5
|
19,8
|
-
|
Burchoq
|
28
|
77
|
2
|
18,9
|
18,21
|
Ekma ko‘k no‘xat
|
24
|
78
|
2
|
18,7
|
17,91
|
Dala ko‘k no‘xati
|
21
|
76
|
2
|
18,5
|
17,80
|
Dukkakli-don ekinlarda maysalanish, shoxlanish, shonalash, gullash, dukkak shakllanishi, pishish davri kuzatiladi.
Yer yuzida dukkakli-don ekinlar 135mln.ga maydonga ekiladi. Yer yuzida soya, loviya, ko‘k no‘xat ko‘p ekiladi.
O‘zbekistonning suvli yerlarida loviya turlari, shu jumladan, mosh, lalmi yerlarda no‘xat qadimdan ekilib kelinmoqda.
Asosiy maydonga 2011 yilda 7387,0 gektarga, hosildorligi 21,8 ts/ga va takroriy maydonga 8692,5 ga maydonga, hosildorligi 12,5 ts/ga bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |