Mavzu: Bozor iqtisodiyotida firmalar faoliyatining asosiy xususiyatlari
Mundarija:
Kirish
1. Firma tushunchasi va uning turkumlanishi. 4
2. Firmalarning qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati. 14
3. Firmalarda xarajatlar tushunchasi va ularning turkumlanishi. 14
4. Ishlab chiqarish, davr, moliyaviy harajatlar va favqulodda zararlar. 21
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning ijtimoiy yo’naltirilgan bozoriqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tishga asoslangan hozirgi siyosati, korxonalar vatashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish va korxonalardagi iqtisodiy munosabatlarnibozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Har bir korxona raqobatda kutilmagan tadbirlarni amalga oshirish natijasida biznessohasida yangi rivojlanish yo’llari ortib bormoqda. Iste’molchilar va mahsulot yetkazibberuvchilar orasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari orasida tartibga solishningbugungi bosqichida tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish strategiyasinitakomillashtirish, shuningdek brending siyosatini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7-fevral kungi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi1. Avvalo, ushbu ustuvor yo’nalishlar va ulardagiamalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungikunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta‘kidlash lozim. Shu jumladan milliyiqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning tarkibida sanoat,xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish,xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdaxizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo,xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish zarurdir.1 Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o'sishga erishishdek dolzarb vazifa qo'yilgan. Bu esa o'znavbatida, iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi – bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviyo'zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |