Xususiy kapital rentabelligi. Bu rentabellik turida har bir so‘mlik xususiy kapitalimiz hisobiga to‘g‘ri kelgan sof foyda qiymati o‘rganiladi. Buning uchun,
ko‘rinishida hisob-kitob ishlarini bajarishimiz kerak.
Xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatini topish uchun yil boshidagi va yil oxiridagi summalarini yig‘indisini ikkiga bo‘lib aniqlaymiz.
Jami investitsiyalar rentabelligi. Bu ko‘rsatkichni aniqlashimiz u chun,
kabi hisoblashish ishlarini bajarishimiz lozim.
Bu yerda aktivlarning o‘rtacha qiymati jami mablag‘larning yil boshiga va yil oxiriga
bo‘lgan qiymatini yig‘indisini ikkiga bo‘lgan holda topamiz. Bu yerda rezervlar uchun ajratma, kredit uchun soliqlar va foyda solig‘ining korrektirovkasi sof foyda hisobidan bo‘lganligi uchun bu qiymatlarning yig‘indisi hisobot yilining yakuniy moliyaviy natijasi sifatida keladi.
Leveridj. Bu xususiy kapitalning o‘sgan qismini ko‘rsatib, u quyidagicha aniqlanadi, ya’ni xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti bilan jami investitsiyalar orasidagi farq koeffitsiyenti olinadi. Kelib chiqqan natija qanchalik yuqori bo‘lsa korxonaning xususiy kapitalini shunchalik o‘sganligini beradi.
Bir aksiya uchun daromadni hisobot yilida olingan foydani chiqarilgan aksiyalar soniga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Qarz va xususiy kapital o‘rtasidagi nisbat koeffitsiyenti. Bunda uzoq va qisqa muddatli qarz mablag‘larini o‘z mablag‘lari manbayiga bo‘lib topamiz. Bunday nisbatlar har bir davr uchun aniqlanadi.
Agarda hisobot yili boshidagi aniqlangan koeffitsiyent yil oxiriga nisbatan katta bo‘lsa A1>A2 u holda korxonaning to‘lov qobiliyati oshgan bo‘ladi, aks holda esa korxonaning to‘lov qobiliyati pasaygan bo‘ladi.
X ususiy kapitalning jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti. formulasi orqali topiladi. Bu koeffitsiyent qanchalik birga yaqinlashib borsa korxonaning mustaqilligi shunchalik oshib boradi. Bizning respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bu koeffitsiyentning kamida 50 % ga ega bo‘lishlari lozim.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning korxona moliyaviy holatini umumiy baholash bosqichidan keyingi eng asosiy bosqich bo‘lib – korxonaning moliyaviy mustahkamligi tahlili bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichda korxonaning aylanma mablag‘larini qoplashga korxonaning o‘z mablag‘larini yetarli yoki yetishmasligi ham o‘rganiladi.
Balans ma’lumotlariga qarab korxonani aylanma mablag‘lari qanday manbalar hisobiga tashkil etilganligi o‘rganiladi. Bunday tahlilning zarurligi shundaki, korxonalarni moliyaviy mustaqilligi, barqarorligi, kredit olishga layoqatliligini aniqlashda o‘zlik manbalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi muhim ahamiyatga ega. Quyidagi jadvalda zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik manbalarning yetarliligini aniqlash uslubi keltirilgan.
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot yili boshiga nisbatan yil oxirida 268911 ming so‘mga o‘z mablag‘lari manbalari ko‘paygan. Xo‘jalik subyektining uzoq muddatli aktivlari esa yil boshiga nisbatan 16701 ming so‘mga ortgan. Buning natijasida korxonada joriy yil oxiriga kelib tovar-moddiy z axiralarni qoplashga tegishli o‘zlik manbalari hajmi 252210 ming so‘mga ko‘paygan.
O‘zlik manbalarining ko‘payishini ijobiy holat sifatida baholamoq lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektda joriy yil boshida va oxirida uzoq muddatli majburiyatlari bo‘lmagan. Qisqa muddatli majburiyatlari esa yil boshida 258047 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 163147 ming so‘mni tashkil etgan, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlari 94900 ming so‘mga kamaygan. Bunday holat esa korxonaning tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga tegishli manbalarini qisqarishiga ta’sir etgan. Mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektda tovar-moddiy zaxiralari hajmi birmuncha yuqori bo‘lganligi uchun joriy yil boshida ham, yil oxirida ham tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga o‘z manbalari hamda o‘z va uzoq muddatli qarz manbalari 191593 ming so‘mga yetarli bo‘lmagan, faqatgina qisqa muddatli majburiyatlar hisobigagina tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga jami manbalar 96693 ming so‘mga ortiqcha (yetarli) bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki, korxonaning moliyaviy barqarorligi joriy yilning boshida ham, yil oxirida ham nobarqaror holatda bo‘lgan. Bunday natijalar bozor iqtisodiyoti sharoitida unchalik yaxshi natija deb hisoblanilmaydi. Shu sababli ham, korxona ma’muriyati moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Umuman olganda korxonaning moliyaviy barqarorligi yil boshiga nisbatan yil oxirida biroz bo‘lsada yaxshilanganligini ko‘rishimiz mumkin.