Iqtisodiy huquq va erkinliklar — insonning iqtisodiy sohadagi yuridik imkoniyatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy huquqlar majmui. Mazkur imkoniyatlarning xa-rakteri va mohiyati pirovard oqibatida muayyan jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumni belgilab beradi. Hoz. demokratik davlatlarda asosiy I.h. va e. sirasiga xususiy mulkchilik xuquqi, jumladan, yerga va akliy mehnat mahsulotlariga xususiy mulkchilik huquqi, meros huquqi, erkin tadbirkorlik (xoʻjalik sohasida ta-shabbuskorlik) huquqi, mehnat huquqi va mehnatga oid boshqa huquqlar, xususan ishsizlikdan muhofaza qili-nish, korxonani boshqarishda ishtirok etish va h.k. kiradi.,
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (36—37-moddalar) va mehnat
haqidagi qonunlari har bir shaxsga oʻz mehnat qobiliyatidan foydalanishni kafolatlaydi, fuqarolarning iqtisodiy jihatdan har qanday maj-bur qilinishini va mehnat haqi toʻlashda kamsitilishini taqiklaydi. Ayni vaqtda isteʼmolchi huquqlarining ustuvorligini, mulkdorlikning barcha shakllari muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Nafaqat Respublikamizda balki butun dunyo bo’yicha bir nechta iqtisodiyotni rivojlartirish borasida normative hujjatlar, jumladan huquqqlar ham joriy qilingan. Masalan: Nyu-York shahrida 1966-yil 16-dekabr kuni qabul qilingan va 1976-yil 3 yanvar kuni kuchga kirgan.
Bugungi kunda Xalqaro paktga aʼzo davlatlar soni – 171 ta.
Xalqaro paktni imzolagan, lekin ratifikatsiya qilmagan davlatlar soni – 4 ta.
Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Xalqaro paktga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 126-I-sonli “1966-yil 16-dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga qoʻshilish haqida»gi qaroriga asosan qoʻshilgan.
Xalqaro pakt Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1995-yil
28-dekabrdan kuchga kirgan.
Xalqaro paktda 31 moddadan iborat boʻlib, unda quyidagi asosiy normalar belgilangan:
xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi (1-modda);
mehnat qilish huquqi (6-modda);
adolatli va qulay mehnat sharoitlarida ishlash huquqi
(7-modda);
kasaba uyushmalarini tashkil yetish va ish tashlash huquqi
(8-modda).
ijtimoiy taʼminot huquqi (9-modda);
oila, onalik va bolalikni himoya qilish (10-modda);
yetarli darajada turmush darajasiga boʻlgan huquq (uy-joy va oziq-ovqatga boʻlgan huquq) (11-modda);
jismoniy va ruhiy salomatlikning eng yuqori darajasiga yetish huquqi (12-modda);
taʼlim olish huquqi (13-modda);
majburiy bepul umum taʼlim boshlangʻich taʼlimini joriy etish (14-modda);
madaniy hayotda ishtirok etish, ilmiy taraqqiyot natijalaridan foydalanish va oʻz ijodi bilan bogʻliq manfaatlarni himoya qilish huquqi (15-modda).
Xalqaro paktning aʼzo davlatlar tomonidan bajarilishi boʻyicha monitoringni BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha qoʻmitasi amalga oshiradi.
Iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko‘rsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda. “Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), “sun’iy aql”, superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat jahonning ko‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda. Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
Quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar deb hisoblansin: investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish 342 imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha
faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish; “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash; kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish; xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan xolda “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish; raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
2. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi; “blokcheyn” texnologiyalari joriy etiladigan aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan belgilanadi; raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim; kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi; yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari, jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan
daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘lik valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018 — 2020- yillarda quyidagilarni nazarda tutadigan “Blokcheyn” texnologiyalarini rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqsin va amalga oshirsin:
a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mazkur faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro kripto-birjalarda realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutishni;
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab “blokcheyn” texnologiyalarini:
davlat organlari faoliyatiga, jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni verifikatsiyalashda tatbiq etishni;
davlat reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma’lumotlar bazalarini yuritishda, jumladan ularga kiritilgan axborotni yangilash va undan foydalanishda joriy etishni;
ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor bo‘lgan yirik tijorat tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan biznes-jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq etish va resurslarni boshqarish uchun tatbiq etishni; kliring operatsiyalarida, to‘lovlarni amalga oshirishda, savdoga oid moliyalashda (akkreditiv), shuningdek, loyihalarga kredit berishda joriy etishni.
2018-yil 1-oktabrdan shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, jumladan kripto-aktivlar savdosi bo‘yicha kripto-birjalar yaratish faoliyati litsenziyalanishi lozim;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
5. O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Toshkent shahridagi Inxa universitetining “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi” MChJ ustav fondidagi universitetning ulushini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 6. “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ uch oy muddatda raqamli iqtisodiyot elementlari va kripto-aktivlar aylanmasi (jumladan mayning) sohasidagi faoliyat negizida tajriba loyihasini ishga tushirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar kiritsin;
b) 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot va blokcheyntexnologiyalar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini kiritsin:
“blokcheyn” texnologiyalari sohasidagi asosiy tushunchalar va uning faoliyat yuritish prinsiplari; davlat organlari, shuningdek, jarayon ishtirokchilarining “blokcheyn” texnologiyalari sohasidagi vakolatlari; “blokcheyn” texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanganlik uchun javobgarlik choralari; v) ikki oy muddatda:
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni; qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 3-iyul, PQ-3832-son (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3832/1452
jahon amaliyotida erkin iqtisodiy munosabatlarni yo'lga qo'yishning yagona modeli sifatida tan olingan bozor iqtisodiyoti avvalo chuqur tahliliy va ilmiy asoslangan yechimlarni talab etadi. Firma va kompaniyalar iaolligi hamda· ularning ish samaradorligini ta'minlash iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida har qachongidan ham murakkab hodisa va jarayonga aylanadi. Shu jihatdan, har bitta korxona faoliyati uning moliyaviy holati, to'lovga qodirligi hamda moliyaviy barqarorligini aniqlashda tahliliy amallarga bo'lgan ehtiyoj va zaruriyatda muammolar yechimini chiqarish yanada murakkablashadi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishi hamda uning barcha davlatlarni qamrab olishidan ham ko'rish mumkinki bugungi iqtisodiyot o'ta murakkab iqtisodiyot, uni bir davlat doirasidagi siyosat, yoki amaliy yechimlar bilan hal etish mumkin emasligi, masalaga keng qamrovli tarzda yondashuvni 3 talab etadi. Ya'ni, har bir davlat yoki unda faoliyat yuritayotgan korxona, jahon iqtisodiyotining ajralmas bo'g'iniga aylanib ulgurgan deyish mumkin. Chop etish yoki taqdim etish orqali oshkor etiladigan moliyaviy hisobotlardagi ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish va tushunish qiyin bo'lmaydi, qachonki ushbu hisobotlar bir xil qoida va tamoyillar asosida tuzilgan bo'lsa. Shu ma'noda yuqoridagi ta'kidlarni aynan o'rinli deyish mumkin. Negaki, agar turli davlatlardagi korxonalar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni ham buxgalterlar va analitiklar tomonidan hech qanday qiyinchiliklarsiz tushunishlari mumkinligini nazarga oladigan bo'lsak, bu qarash juda sodda qarash bo'lar edi. Agar
shunday bo'lganda, moliyaviy hisobotlarni o'rganish va tahlil etish orqali barcha muammolar o'z-o'zidan hal etilgan yoki oldi olingan bo'lar edi. Korxonaning manzili, erishgan natijalari, muammolari moliyaviy holati haqidagi axborotlarda (moliyaviy hisobotlarda) aks etgani bilan aslida muammolar yechimi uning quyi bo'g'inlarda ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikka yuz tutmaslik va yashab qolishga harakat mavjud moliyaviy resurslarlarni boshqarishni yaxshi bilishni, kapital tarkibini va tashkil topish manbaalarini shakllantirishda moliyaviy mustaqillikni ( o'z va qarz mablag'lari ulushini) to'g'ri nisbatlashni, eng muhimi samarali va natijali ishlab chiqarishni, tijorat va moliyaviy faoliyatini yo'lga qo'yishni talab etadi. Korxonalar moliyaviy holatini tahlil etishning amaldagi an'anaviy holati biznesning bugungi kun talabida takomillashtirish, metodologik yangiliklar bilan boyitish, aniq qoida va normalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, obyektivlikning istiqboldagi darajalarini bashoratlash mumkin bo'lgan analitik jarayonlar tizimiga aylantirish lozirn. Bugungi moliyaviy holat tahlilida ko'proq tashqi ta'sirlardan himoya etish (inflyatsiya, kontrigentlar bilan aloqalar mustahkamligi, mulkiy va huquqiy shakllarning o'zgaruvchanligi kabi) masalalarini qarnrab olgan kompleks yondashuvlarga, modellarga tayanish lozim. Moliyaviy holat tahlilini bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos shakli aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy hamda dinamik o'zgarishlarini, korxona faoliyat natijaviyligini va xarajatlar tarkibini, to'lovga qobillik va moliyaviy barqarorligini, kapital aylanuvchanligini, rentabellik va bozor aktivligini ko'rsatkichlar tizimida shunday baholay bilishi lozimki bu harakat biznesni samaradorligini aniq ko'rsata bilsin va istiqbolda uni o'stirishning aniq yo'llari ta'minlansin. Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq maxsus kasbiy fanlar qatoriga kiritilgan «Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holati tahlili» kursi Buxgalteriya hisobi va audit ta'lim YO'nalishi bazasida tayyorlanadigan ta'lim mutaxassisliklari talabalari (magistr va ilmiy izlanuvchilariga) mo'ljallangan. Kursning maqsadi ta'lim oluvchilarga iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatini tahlil etishning nazariy bilimlarini berishga, amaliy
ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu kurs buxgaiteriya hisobi, audit, menejment va boshqa maxsus tanlar bo'yicha olingan bilimlarni boyitgan holda moliyaviy hisobotlami tahlil etish va ular bO'yicha boshqaruv qarorlarini qabul etish hamda fanning dolzarb masalalari yuzasidan ma'lumotlar beradi. Shu bilan hirga mazkur kurs iqtisodiy yo'nalishlarda ta'- lim olayotgan boshqa mutaxassisliklar uchun ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, «Bank ishi». «Soliqlar va soliqqa tort ish» , «Sug'urta», «Iqtisodiyot» ta'lim Yo'nalishlari bazasida tayyorlanadigan mutaxassisliklarida o'qitilayotgan fanlar uzviyligida ushhu kursning roli va o'mi alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki ushbu soha mutaxassislari iqtisodiyotning turli sektorlarida taoliyat yuritayotgan karxonalarning moliyaviy ahvolidan voqif bo'lish va uning kutilishlarini bashorat etishda albatta moliyaviy holat tahlili bo'yicha chuqur bilim, malaka va ko'nikmalariga ega bo'lishlari talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikka yuz tutmaslik va yashab qolishga harakat mavjud moliyaviy resurslarlarni boshqarishni yaxshi bilishni, kapital tarkibini va tashkil topish manbaalarini shakllantirishda moliyaviy mustaqillikni ( o'z va qarz mablag'lari ulushini) to'g'ri nisbatlashni, eng muhimi samarali va natijali ishlab chiqarishni, tijorat va moliyaviy faoliyatini yo'lga qo'yishni talab etadi. Korxonalar moliyaviy holatini tahlil etishning amaldagi an'anaviy holati biznesning bugungi kun talabida takomillashtirish, metodologik yangiliklar bilan boyitish, aniq qoida va normalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, obyektivlikning istiqboldagi darajalarini bashoratlash mumkin bo'lgan analitik jarayonlar tizimiga aylantirish lozirn. Bugungi moliyaviy holat tahlilida ko'proq tashqi ta'sirlardan himoya etish (inflyatsiya, kontrigentlar bilan aloqalar mustahkamligi, mulkiy va huquqiy shakllarning o'zgaruvchanligi kabi) masalalarini qarnrab olgan kompleks yondashuvlarga, modellarga tayanish lozim. Moliyaviy holat tahlilini bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos shakli aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy hamda dinamik o'zgarishlarini, korxona faoliyat natijaviyligini va 4 xarajatlar tarkibini, to'lovga qobillik va moliyaviy barqarorligini, kapital aylanuvchanligini, rentabellik va bozor aktivligini ko'rsatkichlar tizimida shunday baholay bilishi
lozimki bu harakat biznesni samaradorligini aniq ko'rsata bilsin va istiqbolda uni o'stirishning aniq yo'llari ta'minlansin. Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq maxsus kasbiy fanlar qatoriga kiritilgan «Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holati tahlili» kursi Buxgalteriya hisobi va audit ta'lim YO'nalishi bazasida tayyorlanadigan ta'lim mutaxassisliklari talabalari (magistr va ilmiy izlanuvchilariga) mo'ljallangan. Kursning maqsadi ta'lim oluvchilarga iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatini tahlil etishning nazariy bilimlarini berishga, amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu kurs buxgaiteriya hisobi, audit, menejment va boshqa maxsus tanlar bo'yicha olingan bilimlarni boyitgan holda moliyaviy hisobotlami tahlil etish va ular bO'yicha boshqaruv qarorlarini qabul etish hamda fanning dolzarb masalalari yuzasidan ma'lumotlar beradi. Shu bilan hirga mazkur kurs iqtisodiy yo'nalishlarda ta'- lim olayotgan boshqa mutaxassisliklar uchun ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, «Bank ishi». «Soliqlar va soliqqa tort ish» , «Sug'urta», «Iqtisodiyot» ta'lim YO'nalishlari bazasida tayyorlanadigan mutaxassisliklarida o'qitilayotgan fanlar uzviyligida ushhu kursning roli va o'mi alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki ushbu soha mutaxassislari iqtisodiyotning turli sektorlarida taoliyat yuritayotgan karxonalarning moliyaviy ahvolidan voqif bo'lish va uning kutilishlarini bashorat etishda albatta moliyaviy holat tahlili bo'yicha chuqur bilim, malaka va ko'nikmalariga ega bo'lishlari talab etiladi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning inqirozga yuz tutishi va sinishi tabiiy hoI sanaladi. Kimki uning shartlari, qoidalari asosida harakat qilmas ekan bu hoI albatta muqarrar hisoblanadi. Korxonalar faoliyatidagi inqiroz belgilarini ko'rsatib beruvchi barometr mavjud emaski doimo uning ko'rsatkichi kuzatib turilsa. Bu holat, xo'jalik moliyaviy faoliyati haqidagi reallikni rasmiy tuziladigan va chop etiladigan moliyaviy hisobot ma'lumotlari asosida tizimli tahIil etish orqaligina bilinadi, o'rganiladi xolos. Korxonada inqiroz belgilar ma\jud emas, inqirozning xavf-xatari bor, inqirozli holat mavjud deb xulosa qilish biznesda doimo boshqaruv apparatining e'tiborida turuvchi masaladir. Korxonalar moliyaviy holatidagi tanglikni ham xuddi yuqoridagi holatga qiyoslash mumkin. Aslida, inqirozning bosh sababi ham
korxonalar moliyaviy holatidagi ushbu tanglikka borib taqaladi. Lekin asli, tanglikning sababi va yechimlar moliyaviy holatda emas balki ko'proq subyektlarning ishlab chiqarish faoliyatining quyi bo'g'inlaridadir. Moliyaviy holatda esa ushbu holat oyna singari aks etadi xolos. Yechimi unchalik oson bo'lmagan bunday holatda korxona egalari kO'pincha mustaqil maslahatchilarga va analitiklar yordamiga ehtiyoj sezadilar. Negaki, korxonalar moliyaviy holatidagi tanglikni, inqirozni mo'jizaviy formula asosida yoki shunchaki hoxish-istak bilan hal etib bo'lmaydi.
Moliyaviy tahlil subyektlariga tahlilchilarning keng qamrovli guruhi kiritiladi. U larni shartli ravishda ichki va tashqi subyektlarga bo‘lish mum kin. Ichki tahlil subyektlariga faqat shu firma, kompaniya xodim lari kirsa, tashqi subyektlarga mulk egalari, investorlar. kreditorlar. m ahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, davlat boshqaruv organlari, jam oatchilik va boshqalar kiritiladi. Tahlilda mulk egalari (qatnashchilar va ta ’sischilar) va investorlaming e ’tibori ko‘proq xo'jalikning ustav kapitalida xissali qatnashishidan oladigan dividendlar summasini mavjudligiga. jalb qilingan investitsiyalar yuzasidan xavf xatarlarning yo‘qligiga qaratiladi. Kreditorlam ing e ’tibori xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslari va ularning tuzilishiga. davlat va boshqa xo‘jalik yurituvehi subyektlar, ishchi xizmatchilarga bo‘lgan majburiyatlam ing qoplanish darajasiga, olingan majburiyatlar, berilgan kreditlar yuzasidan qarzlarni o‘z vaqtida to ‘lash imkoniyatiga ega ekanligiga. kreditga qodirlik darajasiga qaratiladi. M ahsulot yetkazib beruvchilar e ’tiborini o ‘zlariga tegishli bo‘lgan sum m alarni qaytarib olish imkoniga ega ekanligi bilan bog‘liq bo'lgan jihatlar, aloqalarning yuksak ishonchga emas balki yaqin va uzoq davriylikda real imkoniyatlarga ega ekanligi bilan bog‘liq b o ‘lgan axborotlam i bilishga qaratadilar. Xaridorlam i, xo‘jalikning uzluksiz faoliyatini bilishga, olingan buyurtm alarni bajarish yuzasidan moliyaviy im koniyatlar, uzoq muddatli ham korlikni davomiyligini ta’minlashga imkon beradigan axborotlar qiziqtiradi. Davlat boshqaruv organlarini, xo‘jalik yurituvehi subyekning faoliyatini tartibga solib turish, soliqlar, to ‘lovlar va yighm lar yuzasidan fiskal siyosatni yuritish, resurslar taqsim oti, milliy darom adning shakllanishi bilan bog‘liq b o ‘lgan jihatlar qiziqtiradi.
Bunday holatlarni hisobga olgan holda “AL-EDEM” yengil sanoatga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan korxonasi ham o’z faoliyatini davom etkizmoqda. Bundan tashqari quyidagi imkoniyatlar ham korxona rivojiga katta hissa qo’shmoqda. Nafaqat “AL-EDEM” korxonasi balki butun nodavlat va davlat korxonalari uchun ayni muddao hisoblanadi.
Quyida “AL-EDEM” korxonasining moliyaviy tahlilining jadval holati ko’rsatilgan.
Jadval m a’lum otlaridan shuni xulosa qilish mum kinki joriy davrda korxonaning to ‘lov layoqati ( to ‘lov majburiyatlarining to ‘lov mablag‘lari hisobiga qoplanishi) 2,6 daraja, 1), o ‘tgan 56 yilga m sbatan(+0,4), tarm oq o ‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan (+04) ijobiy o ‘zgarishga ega ekanligini, normativga nisbatan (- 0,4), ilg‘or korxona ko‘rsatkichiga nisbatan(-0,8) past darajada ekanligini ko‘rish m um kin. Korxonaning moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti moliya rejasiga nisbatan (+0,03), o ‘tgan yilga nisbatan (-+0,01) o ‘sganligini, norm ativ ko‘rsatkichga nisbatan (-0,02), tarm oq b o ‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan (-0,10), ilg‘or korxonaga nisbatan (-0,18) pastligini, rentabellik ko‘rsatkichi b o ‘yicha esa moliya rejasi va o‘tgan yilga nisbatan (-0.03), ilg‘or korxonaga nisbatan (-0,04) pastligini, normativga nisbatan (+0,02), tarm oq o ‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan (+0,05) darajaga ortganligini kuzatish mumkin
..Bozor munosabatlarida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki davom ettirishidan oldin, dastavval uning va o‘zining barcha holat hamda imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada, tavakkalchilikka asoslangan, lekin ayni paytda ilmiy asosga ega bo‘lgan faoliyat dasturi ishlab chiqiladi. Dasturga amal qilish esa mablag‘lardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Moliyaviy tahlil korxonaning bozor iqtisodiyotida muhim ro’l o’ynaydi.
Moliyaviy tahlilda moliyaviy hisobotda aks etgan m a’lum otlar bazasini «o‘qish» va tahlil etish im koni tug‘iladi. Axborotlarni o ‘qishda m etodik asosga tayangan holda tartibli qoidalarga am al etish talab etiladi. Ya’ni, bu o ‘qish oddiygina o ‘qishdan iborat em as, balki tahlilni a n ’anaviy va maxsus usullaridan foydalangan holda m a’lum otlar bazasiga analitik ishlov berish va tahlil etish orqali tashxis qo‘yishning murakkab protseduralar tizim idan iborat. Moliyaviy tahlilning muhimligini uning boshqaruvning zarur dastagi ekanligi bilan, apparatning maqsadli boshqaruvi yuzasidan m a’lum otlar bazasini shakllantirishdagi roli bilan izohlash m um kin. Ushbu m a’lum otlar bazasini buxgalteriya hisobi, audit, statistika, moliyaviy m enejm ent, marketing fanlaridan farqli ravishda moliyaviy tahlilda masalaning qo‘yilishi, am aliy yechimi, taktik jarayonlarning aniqligi bilan tubdan farq etishi orqali izohlash m um kin. Y a’ni, har bitta dastak o ‘zining ob‘yektini o ‘rganishdagi m azm un va mohiyati bilan tubdan farq qiladi. Axborotlarni yig’ish, hisobotlash, moliyaviy qonunchilik normalariga mosligini nazorat etish, jam lash va taqdim etish, tizim lashtirish, tadqiqot usullari bilan bir-biridan farq etuvchi ushbu fanlar tizim ida moliyaviy tahlil quyidagi jihatlari bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Birinchidan: moliyaviy tahlilda korxonalar boshqamvi yuzasidan qayta ishlangan axborotlarga b o ‘lgan talablam i maqsadli hal etish; I
kkinchidan: xo‘jalik yurituvchi subyektlar ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarni, ulam ing moliyaviy tuzilm asini, likvidligi va to ‘lovga qobilligini vaqti-vaqti bilan baholash orqali mavjud holatga iqtisodiy tashxis berib borish;
Uchinchidan: kelgusida, pul va pul ekvivalentlarini ko‘p bashoratlash ularning taktik boshqamvini yo‘lga qo‘yish.
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar asosida tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi va o’zining sarmoyasini kiritish bo’yicha engilliklar tug’diradi. Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, qayishlash va moliyaviy hisobot shaklida faoliyat yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga 9 ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi – turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir. O’z-o’zidan ma’lumki qarorlarni qabul qilish uchun axborot tizimdan foydalanish natijasida olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy naflar ushbu tizimga ketgan xarajatlardan ustun bo’lishi lozim. Demak, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari predmeti bo’lib, xalqaro standartlar asosida pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalari bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moddiy va nomoddiy aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining ob’ektlari hisoblanadi.
Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy naf olinishi kutiladigan resurslardir. Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo bo’lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi natijasida korxonaning iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi. Xususiy kapital – bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning aktivlardagi bo’lgan ulushi. Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir.
Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha xo’jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo’lib, harajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. Foyda faoliyat natijalarini o’lchashda yoki boshqa ko’rsatkichlarni, ya’ni investitsiyani olib kelgan foydasi, bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda kabilarni asosi sifatida foydalanadi. Foydani o’lchash bilan bevosita bog’liq elementlar – bu daromadlar va xarajatlardir. Daromadlar – bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko’payishi yoxud majburiyatlarni kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni oshiradigan iqtisodiy naflarni ko’payishi, ammo aktsiyador kapitalga ta’sischilar tomonidan to’lanadigan badallar bundan mustasnodir. Xarajatlar - bu aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni ko’payishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni kamaytiradigan iqtisodiy naflarni kamayishi, ammo aktsiyador kapitalni ta’sischilar orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: - ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish; - hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir); - fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda; - kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi; - Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi. Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlar (MHXS) ni o’z standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlaridan foydalanish ular uchun qulayligini ta’kidlashmoqda. Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining tan olinishi va tobora ko’proq ishlatilishini isbotlovchi eng muhim voqealardan biri bu Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyalarning Xalqaro Tashkiloti tomonidan xorijiy kotirovkalar uchun Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining asos qilib olinishidir. Evropa Komissiyasi esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga hisobotning va umuman buxgalteriya hisobining muvofiqlashishi nuqtai nazaridan Yevropa Ittifoqida adolatli va samarali raqobot muhitini saqlashda muhim ekanligini e’tirof etmoqda. Yevropa Komissiyasi moliviy hisobot standartlari garmonizatsiyasida MHXSK bilan hamkorlik qilish samarali ekanligini rasmiy ravishda e’lon qilgan. AQShning Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyasi esa quyidagilar haqida 1996 yil 11 aprelda ma’lum qildi:
- standartlar buxgalteriya hisobining keng qamrovli bazisini taqdim etuvchi buxgalterlik talablarining asosiy qismini o’z ichiga olishlari kerak;
- standartlar yuqori sifatli bo’lishlari shart, chunki ular ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligi, ravshanligi hamda to’liq yoritilishini ta’minlashlari kerak;
Hozirgi vaqtda aktsionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga o’tib borayotgan, ayrim hollarda bir mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalterlik printsiplari va qoidalari ishlatilmoqda. Shunday qilib buxgalterlik hisobotlarida taqqoslanuvchanlik yetishmasligi mumkin. Bu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investitsion tahlilichilar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil qilish jarayonida uning tarli standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qo’shimcha xarajatlar qilishiga to’g’ri keladi. Ular hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga duch kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan bog’liq holda kapitalning jahon bozorida samarali raqobat yomonlashishi, kompaniyalar esa kapitalni saqlash bo’yicha yuqori sarf-xarajatlarni o’z zimmalariga olishlariga to’g’ri keladi. Eng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda miqdori ko’rsatilishi oqibatida buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo’qoladi. Hisobotlarning xalqaro miqyosdagi turli tumanligi quyidagilarga olib keladi:
moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlarning mo’ljaldan yuqori darajada bo’lishi – chunki transnatsional kompaniyalar o’z faoliyatlari haqida turli mamlakatlar uchun turlicha hisobotlar tuzishga majbur bo’ladilar;
tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini baholash uchun yagona tizimga ega bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Kompaniyalar, bundan tashqari, ularning tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki baholashlariga mos tushishlarini ham xohlaydilar. Bu ikki maqsadga erishish esa turli mamlakatlardagi hisobotlar turlicha bo’lgani holda juda mushkul hisoblanadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari shuningdek, buxgalterlik standartlarini ishlab chiquvchi organlari hali tuzilmagan yoki standartlarni ishlab chiqishga resurslari yetarli bo’lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham juda foydalidir. Moliyaviy Hisobot Standartlarini ishlab chiqish o’ziga yarasha xarajatlarni talab qiladi, ayniqsa alohida mamlakat uchun standartlar ishlab chiqish chiqim nuqtai nazaridan samarasizdir. Tashqi iqtisodiy moliyaviy qarorlarni qo’llab quvvatlash uchun esa, albatta, butun jahon uchun moliyaviy hisob va hisobot bo’yicha tarkiban bir xil, umumqabul qilingan va majburiy standartlar to’plami zarurdir. Aynan ana shu vazifa MHXSK zimmasiga yuklatilgandir.
Jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan
mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to’g’ridan-
to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim
ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin
iqtisodiy hududlar yetakchi o„ringa ega.
Shu boisdan dunyoning aksariyat davlatlari, xususan, Xitoy, AQSh, Fransiya,
Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlar misolida hududning
geografik va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bugungi
kunda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish zaruriyat va an‟anaga aylangan. Birgina o’tgan asr 90 yillarining o„rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo„ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy-texnikaviy hududlar faoliyat ko’rsatgan. ,Chunki, bunday hududlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir.
Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to„xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish
oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko„p tarmoqli va kapital
talab qiluvchiga o„tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 30 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo„lib, ulardan ko„p ulushga ega bo’lganlar bu bojxona hududlari, to’lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin eksport hududlari, erkin eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarish hududlari, erkin ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o„zaro tadbirkorlik
hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar iqtisodiyotda muhim ahamiyat ega kasb etib kelmoqda.
O’zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida
mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ular faoliyatini
rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar tog’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Mamlakatimizda erkin,iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, ularning faoliyatini kengaytirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
Zero, erkin iqtisodiy hududlar milliy iqtisodiyotni alohda mintaqalar darajasidarivojlantirish bilan birga, ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini va xalqaro raqobatbardoshligini ta‟minlashda hamda boshqa bir qator dolzarb masalalarning ijobiy hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun mamlakatda mazkur sohaga oid zamonaviy bilim, ko„nikma va
malakaga ega bo„lgan kadrlarni tayyorlash talab etiladiki, mazkur darslik aynan
ushbu vazifani bajarishga qaratilgan adabiyot sifatida xizmat qiladi.
Mazkur darslik o„n ikki bobdan iborat bo’lib, u, o’z navbatida, zarur
ko„rgazmali rasmlar, jadvallar, zaruriy axborotlar va huquqiy-me‟yoriy hujjatlar
tahlili bilan to’ldirilgan.
Birinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, rivojlanish tarixi va
bosqichlari, maqsadlari hamda jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni yoritib berilgan.
Ikkinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va faoliyat
ko„rsatishining huquqiy asoslari va ularni shakllantirishning xorijiy va milliy
tajribalari keng yoritilgan.
Uchinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarning tasnifi, turlari, xususiyatlari
asoslab berilgan.
To„rtinchi bobda investitsiya muhitining mazmuni, iqtisodiy faollikni va erkin
iqtisodiy hududlarni rivojlantirishdagi ta‟minlashdagi ahamiyati hamda undagi
imtiyozlar va ta‟sir etuvchi omillar tahlil qilingan va yoritib berilgan.
Beshinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarda logistika infratuzilmasining
ahamiyatini, uni shakllantirishning va logistik xizmatlarni samarali yo’lga
qo’yishning zarurligi va bu boradagi O’zbekistondagi amalga oshirilayotgan
islohotlar izohlab berilgan.
Oltinchi bobda erkin iqtisodiy hududda bojxona ishi va uni tashkil etishning
zarurligi, asoslari, tartibi va jarayonlari masalalar o„rin olgan.
Yettinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning jahon tajribalari,
jumladan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribalari misolida batafsil
yoritilgan.
Sakkizinchi bobda AQShda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarning asosiy
turlari va ularning tasnifi, xususiyatlari va ularning investitsiyalarni jalb etishdagi
tutgan o’rni to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan.
Tuqqizinchi bobda Xitoy Xalq Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil
etish maqsadlari, ahamiyati va xususiyatlari. Xitoyda erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi va rivojlanishi bosqichlari kabi masalalar atroflicha yoritilgan.
O’ninchi bobda Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilishi
va rivojlanishi tarixi, turlari, maqsadlari va rivojlanish xususiyatlari ko„rsatib
berilgan.
O’n birinchi bobda offshor hududlarning mazmuni, yuzaga kelib sabablari,
turlari, ahamiyati, jahon xo„jaligida tutgan o„rni, undagi imtiyozlar va offshor
kompaniyalar faoliyati haqida ma‟lumotlar berilgan berilgan.
O’n ikkinchi bobda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy
hududlar va ularning rivojlanish xususiyatlari atroflicha yoritilgan.
Ushbu darslikda yoritilgan barcha masalalar erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini
tashkil etish, boshqarish va unda investitsiyaarni jalb etish hamda tadbirkorlik
faoliyatini olib borishda muhim asos bo„lib xizmat qilishi mumkin.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hudud (EIH)larning tashkil
etilishi ko’payib, rivojlanishi tobora kengayib bormoqda. Bu esa dunyo mamlakatlari
orasida EIHlarni tashkil etish ko„lami va turlarining yildan-yilga ortib borishiga
sabab bo„lmoqda.
EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishiga bir qator omillar ta‟sir ko„rsatsa-da,
ular ichida tashkil etilgan EIHlar faoliyati samaradorligining jahon iqtisodiyoti va
alohida davlat iqtisodiyoti o„sish darajasidan ham bir necha barobarga yuqori
ekanligini alohida keltirib o„tish lozim. Jumladan, “EIHlarda foyda me‟yori o’rtacha
25-30 %ni, Osiyodagi EIHlarda 35-40 %dan yuqorini tashkil etadi. Mazkur
hududlarda kapital qo„yilmalarning qoplanish muddati 2-3 martaga qisqa hisoblanadi.
Odatda, kiritilgan mablag„lar 3-3,5 yilda qoplansa, bunday qo„yilma me‟yordagi
hisoblanadi. Ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlar orqali ular
iqtisodiyotiga jami xorijiy investitsiyalarning 30 %dan 80 %gacha qismi kirib
keladi”
Shu jihatdan O’zbekistonda ham so’nggi yillarda milliy iqtisodiyotni, uning
tarmoqlari va hududlari orqali rivojlantirishd EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga
alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada oxirgi vaqtlarda amalga oshirilayotgan
islohotlar endilikda o„z samarasini berayotganligi bilan g„oyatda ahamiyatli
hisoblanadi.
Mazkur islohotlar ijrosi va samaradorligini yanada oshirishda ushbu
sohada samarali faoliyat ko„rsata oluvchi mutaxassislarning mavjudligi va
yetarliligini ta‟minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Xususan, EIHlarni tashkil
etish va rivojlantirishda investitsiyalar, jumladan, xorijiy investitsiyalarning
ahamiyati yuqoriligidan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning EIHlar faoliyati va ularga jalb etiluvchi xorijiy investitsiyalar orqali jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyasini faollashtirishga xizmat qiluvchi malakali, zamonaviy bilimga ega, raqobatbardosh kadrlarga bo’lgan ehtiyoj bugungi kunda tobora yaqqol namoyon bo’lmoqda va ortib bormoqda.
Shunga muvofiq, bugungi kunda respublikamizda mazkur sohaga oid
zamonaviy bilim, malaka va ko„nikmalarga ega bo’lgan, milliy va jahon iqtisodiyoti
integratsiyasini jadallashtirishda muhim o„rin tutuvchi zamonaviy kadrlarni
tayyorlash yolga qoyilgan bolib, hozirgi vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot
universitetida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta‟lim
yo„nalishi boyicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ularga esa mutaxassislik fani
sifatida “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining o„tilishi yuqorida qayd etib otilgan
dolzarb vazifa yechimida muhim omil bo„lib xizmat qiladi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanining predmetini EIHlarni tashkil etish, ular
faoliyatini amalga oshirish, rivojlantirish, tartibga solish va qo„llab-quvvatlash bilan
bog’liq huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi tashkil qiladi.
Fanning maqsadiga erishishni ta‟minlash uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
- fanning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini o„rganish;
- EIHlarning iqtisodiyotni rivojlanitirishdagi o„rni ahamiyatini o„rganish;
- EIHlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab tasniflash va turlarini
o„rganish;
- EIHlarning rivojlanish tarixini o„rganish;
- EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishdagi sabab, omil va muammolarni
o„rganish;
- jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga EIHlar ta‟sirini o„rganish;
- EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishining jahon tajribalarini o„rganish,
ularni qiyosiy tahlil qilish asosida milliy iqtisodiyotda qo„llash mumkin bo„lgan
tajriba va yutuqlarini aniqlashni o„rganish;
- O’zbekistonda EIHlar tashkil etilishi va rivojlanishi amaliyotini tahlil qilish,
mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo„yicha tavsiyalar bildirishni
o„rganish;
- fanda o„rganiladigan muammolar yuzasidan bahs-munozaralarni olib borish,
shuningdek, ziddiyatli vaziyatlardan chiqish yechimini topish malakalarini
shakllantirish va rivojlantirish;
- talabalar o„z fikrlarini yozma shaklda aniq va mazmunli bayon qilishga
o„rganishlari uchun ularda esse yozish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- iqtisodiy samaradorlikni hisoblash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- jamoaviy ishlash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- malakaviy amaliyotlarga chiqish orqali EIHlar faoliyati bilan bog„liq masalalar
yechimi, EIHlarni rivojlantirish va ularga investitsiyalarni jalb etishni yanada
faollashtirish bilan bog„liq amaliy ko’nikma va tajribalarni shakllantirish.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro
iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo„yicha) bakalavriat ta‟lim
yo’nalishi talabalariga ikkinchi kursda o’qitiladi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o’rganishda uning boshqa fanlarga bog„liqlik
jihatlariga ham e‟tiborni qaratish zarur. Zero, har bir fan boshqa fanlar bilan uzviy
bog„liqlikda shakllanadi va rivojlanadi. Shu sababdan mazkur fanni o’rganishda
boshqa fanlarni ham yaxshi o„zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta‟lim
yo„nalishining o’quv rejasiga ko„ra, “Erkin iqtisodiy hududlar” fani quyidagi
iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog„liqlikda o„qitiladi: “Xorijiy mamlakatlar
iqtisodiyoti”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
tizimlari”, “Iqisodchilar uchun matematika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik” va boshqalar. Talabalar “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini
o„zlashtirish barobarida ushbu fanlarni ham puxta o„zlashtirishlari kerak boladi.
Chunki, ular ushbu “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini muvaffaqiyatli ozlashtirish
uchun komaklashadigan bilimlarni shakllantirish imkonini beradi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani juda qiziqarli fan bo„lib, bugungi kunda
ko„pchilikni qiziqtirayotgan EIHlar bilan bogliq bolgan koplab savollarga yechim
topishga imkon beradi. Talaba ushbu fanni puxta o„zlashtirishi uchun o’z
ustida koproq ishlashi kerak bo„lib, u, nafaqat, o„zbek tili, balki, rus tili va chet tillari, ayniqsa, ingliz tilidagi manbalardan ham keng miqyosda foydalana bilishi lozim.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, ushbu fanni puxta o„zlashtirish talabalarga 5231100
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo’yicha) bakalavriat ta‟lim yo„nalishi bo„yicha juda zarur bilimlarga ega bolish va kelajakda oz kasbining yetuk va malakali mutaxassisi bo„lib etishish, shuningdek, egallagan bilimi, ko„nima, malaka va tajribalari bilan O„zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokini oshirish va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini mustahkamlashga o„zining munosib hissasini qoshish imkonini beradi.
Xalqaro ichki auditorlarning professional standartida ichki auditga quyidagicha ta’rif beriladi, -“ichki audit – korxonanai moliya-xo’jalik faoliyatini samaradorldigini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish bilan bog’liq maslaxat xususiyatiga ega mustaqil va xolis faoliyatdir”. Korxonalarda moliyaviy resurslarni nazoratini quyidagilar amalga oshiradilar, ya’ni ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi maxsus bo’lim, boshqaruv xodimlari va mutaxassislar, bosh buxgalter boshchiligadagi buxgalteriya xodimlari. Korxonalarda ushubu turdagi nazorat sub’ektlarining mavjudligi bir qancha muammolarga olib keladi. Birinchidan, nazorat qiluvchi strukturalarning ko’pligi, ular orasidagi ayrim vaziflarni qaytarilishiga olib olib keladi, shu sababdan ular faoliyatlarini koordinatsiyalash lozim; Ikkinchidan, ichki nazorat bo’limlarini mustaqilligini ta’minlash, ularning funktsiyalarini aniq belgilash hamda ichki xujjatlardagi axborotlar oqimini belgilash lozim. Ushbu muammolarni xal etishda korxonalarda ichki audit funktsiyalarini yuqoridagi tashkiliy darajalarda taqsimlanishi lozim. Funktsiyalarni taqsimlash quyidagi tamiyillarga asoslanishi lozim:
1. Raxbariyat darajasidagi ma’lum masalalarni yuqori malakaga ega auditorlar ko’rishi, hamda turli bo’limlardagi auditorlarni rotatsiyasini amalga oshirilishi;
2. Auditorlarni ishtiroki shart bo’lmagan masalalarni yaxshi yo’lga qyilgan axborotlarni oqimi o’z vaqtida foydalanish orqali yuqori tashkiliy darajada xal etish;
3. Katta bo’limlarni tekshirish vaqtida yuqori malakaga ega auditorlar xizmatidan foydalanish lozim.
Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etishda ikkita muammoga duch kelinadi, ya’ni filiallar rahbarlari hamda ijroiya bo’limlari ustidan nazoratni o’rnatish yuzasidan; shu’ba korxonalarni boshqarish tizimini tashkil etish va ularni nazorati yuzasidan. Bizning fikrimizcha korxonalarda ichki auditning asosiy funktsiyalariga quyidagilarni kiritishimiz lozim: Korxogalarda moliyaviy resurslar nazoratini amalaga oshiruvchi sub’ektlar. Boshqaruv xodimlari Bosh buxgalter boshchiligida hisob xodimlari. Nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan maxsus xizmat xodimlari Kuzatuv kengashi Favqulodda xodislarni tekshiruvchi komissiya Reviziya komissiyalari Ichki audit xizmati Inventarizatsiya komissiyaisi - Nazorat funktsiyasi:
a. Moliyaviy resurslarni o’rganish, baholash va ichki nazorat tizimi samaradorligi monitoringini olib borish;
b. Qonunchilikka rioya etilishi; c. Moliyaviy hisobotni tuzish va yuritish tartib qoidalariga rioya etilayotganligini;
d. Soliq hisobi va hisoboti belgilangan me’yorlar asosida yuritilishi; e. Xolding miqyosida resurslarni shakllanishi, ishlatilishi, va xarakati to’g’risidagi qarorlarni to’g’ri qabul qilinganligin baholash;
f. Tashqi auditorlar bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish.
- Tahliliy axborot funktsiyasi:
a. korxonalarni resurslardan foydalanish darajasi xaqida kuzatuv kengashiga axborot berish;
b. Moliyaviy resurslar bo’yicha ishlab chiqilgan boshqaruv qarorlarini ekspertizalash;
c. Ichki mablag’lar oqimi va ularni manbalarini tahlil qilish; d. Smeta va biznes rejalarni ishlab chiqish va tahlil qilishda ishtirok etish.
- Maslahat funktsiyasi:
a. Buxgalteriya hisobini yuritishni samarali metodoligiyalarni
b. Soliqlar va yig’imlarni hisoblash metodologiyalarini ishlab chiqishda (tahlil qilishda) ishtirok etish;
c. Boshqaruv axborotlar tizimini takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish;
d. Ichki audit vakolatiga doir bo’lgan masalalar yuzasidan bo’limlarga maslahatlar berish. Ichki audit xizmati bo’limining ish faoliyatini samaradorldigi uning oldiga qo’yilgan maqsad, vazifalar va
funktsiyalarni qay darajada bajarganligiga qarab baholanadi.
Ichki audit xizmati xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobotini tahlil etadi, kelgusi rivojlanish yo’nalishini aniqlaydi va rahbariyatga qaror qabul qilishga yordam beradi. Umuman, ichki audit natijalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichidagi boshqaruvning takomilllashuviga ta’siri kattadir.
Respublikamizda ichki auditning shakllanishi uchun qonunchilik bazasini takomillashtirilishi hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarning pishiq-puxtaligiga va ularni amaliyotga tatbiq eta olinishiga erishish lozim. Bizningcha, ichki auditni avtomatlashtirish (kompyuterlashtirish) auditorlik ishining samarasini oshiradi, ikkinchi tomondan esa nazorat-maslahat tizimini yaratish imkonini beradi. Ichki auditni avtomatlashtirish (kompyuterlashtirish) jarayonida quyidagi elementlarga alohida e’tibor qaratish lozim deb o’ylaymiz:
Audit jaryonini aks ettiruvchi iqtisodiy matematik, iqtisodiy-tashkiliy va axborot modellariga;
Modellarni amalga oshiruvchi texnik, programma, axborot va boshqa vositalarga.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatini boshqarishda ichki audit funktsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, O’zbekistonda «Ichki auditorlarning ahloqiy me’yorlari», ichki auditni o’tkazish standartlarini ishlab chiqish va qabul qilishi zarur, shuningdek ichki auditni faoliyat shakli sifatida qonunda mustahkamlab qo’yish kerak. Ichki audit ish hujjatlarini jalb etish tajribasi, shuningdek tashqi auditga bevosita yordam ko’rsatish uchun ichki auditorlarning o’zlarini jalb etish tajribasi kengayshi munosabati bilan ichki audit bahosi mezonlarini aniqlash zaruriyatini tug’diradi. Bizningcha, bunday mezonlar ichki auditning etik qoidalari va kasb (mutaxassislik) standartlarida bo’lishi kerak. Ularga rioya qilish ichki auditning yuqori sifatini kafolatlaydi.
Xulosa
Xulosa o’rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin
istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog’liq bo’lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va
ustuvor yo’nalishlarini sanab o’tish maqsadga muvofiq:
• raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun institutsional muhit
va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko’rsatish,
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog’liqni saqlash, davlat kadastri va
boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida
internet global tarmog’iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to’liq
qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
• kadrlar tayyorlash ko’lamini kengaytirish va bu yo’nalishlar bo’yicha chuqur
bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish,
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to’liq javob
beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’qitish,
• shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi”
loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish;
• raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu
sohada “Raqamli ishonch” jamg’armasi mablag’laridan maqsadli
foydalangan holda ilmiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash;
• aholining keng qatlamlari o’rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ’ib kilish va
kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o’zlashtirishga jalb qilish
maqsadida o’quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;
• raqamli iqtisodiyot sohasida me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va
qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, “startap” tushunchasi,
faoliyati, venchur fondlari orqali ularni moliyalashtirishning huquqiy
asoslarini yaratish;
raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish
va uning mobilligini oshirish, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan
o’zlashtirish uchun mutaxassislar malakasini oshirib borish;
• raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi
xalqaro texnologik kompaniyalar bilan o’zaro hamkorlikdagi loyihalarni
amalga oshirish, shu jumladan, innovatsion ishlanmalar bo’yicha zamonaviy
ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish.
Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo’llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |