3. O'qli kompressorlar uchun pompaj chegarasi
O'qli kompressorlarning yana bir muhim xarakteristikasi pompaj hodisasiga asoslangan pompaj chegarasi sanaladi. O'qli kompressorlarning ish jarayonida aylanishlar chastotasini o'zgarishi va tarmoqning qarshiligi tufayli toyinish yuz beradi.
Shuning uchun, energetik GTQlarning kompressorlari antipompaj tizimi bilan jihozlanadi. Bu tizimdan GTQni ishga tushirish va to'xtatish rejimlarida, hamda turg'un ish rejimlari chegarasida foydalaniladi. 48-rasmda zamonaviy GTQlarda qo'llaniladigan antipompaj tizimidan namuna keltirilgan. Tizim kompressorning ikkinchi va beshinchi pog'onalarida joylashgan ikkita atmosferaga havo chiqarib yuboruvchi antipompaj klapanlaridan tarkib topgan. GTQlarni ishga tushirish paytida aylanishlar chastotasi ishlash ko'rsatkichining 90 %iga tenglamaguncha APKlar ochiq holatda bo'ladi. Shundan keyin klapanlar yopiladi va GTQning normal ishlashi yo'lga qo'yiladi. Ishdan to'xtatish paytida jarayon yana takrorlanadi.
48 – rasm. GT8C (AVV) GTQ kompressorining antipompaj tizimi sxemasi.
1 – produvkalash liniyasi; 2-so'ndirgich; 3,4-birinchi pog'ona APK; 5-ikkinchi pog'ona APK; 6-kompressorning antipompaj tizimi; 7-kompressor; 8-sovituvchi havoning chiqishi; 9-APKlar uchun rostlanuvchi havo tizimi; 10-ikkinchi bosim pog'onasining saqlagich relesi; 11- birinchi bosim pog'onasining saqlagich relesi; 12-havo sovitgichi; 13-moy qaytish tizimi; 14-havo filtri; 15-ikkinchi pog'ona tushishining qo'shimcha klapani; 16-birinchi pog'ona tushishining qo'shimcha klapani; 17-tiqin klapani; 18-siklonli separator; 19-ikkinchi pog'ona ta'minot diafragmasi; 20-ikkinchi pog'ona diafragmasi; 21-ikkinchi pog'ona qaytar klapani; 22-birinchi pog'ona ta'minot diafragmasi; 23-birinchi pog'ona diafragmasi; 24-birinchi pog'ona qaytar klapani; 25-tushirish klapani uchun rostlovchi moy tizimi; 26-ikkinchi pog'ona reduktori; 27-birinchi pog'ona reduktori; 28-servodvigatel.
Antipompaj tizimida kompressor 9 bilan so'rib olinayotgan va havo sovitgichida 12 sovitilayotgan havodan foydalaniladi. Separator 18 va havo filtridan 14 keyin rostlovchi havo 9 reduktorlar 26,27 va saqlash relesi 10,11 orqali 3-5 APKlarning servodvigateliga yo'naltiriladi. Bunda tushirish klapanlari uchun GTQning rostlanuvchi moy tizimidan foydalaniladi (kirish 25, chiqish 13). GTQ ishdan to'xtatilganda rostlash tizimidagi moy bosimi 25 tezlik bilan pasayadi. Saqlash relesi 10,11 o'chiriladi, rostlovchi havo servodvigateldan 3-5 APKga tashlanadi, keyin havoning kuchi tufayli ular ochiladi va havo atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |