BUGʻ QOZONLARI
REJA:
BUGʻ QOZONI.
Bugʻ generatori.
Bugʻ turbinasi Va bugʻ turbinaLi IssiqliK elektr stansiyasi.
BUGʻ QOZONI.
Bugʻ qozoni — yoqilgʻi yoqqanda oʻchoqda ajraladigan issiqlik hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori boʻlgan bugʻ olinadigan qurilma. Koʻpchilik Bugʻ qozoni da ish jismi sifatida suv ishlatiladi. Bugʻ qozoni ikki yoʻnalishda rivojlangan: 1) gaz quvurli qozonlar yaratilgan (bunda silindrik qozonga avval uchtagacha katta diametrli oʻt quvurlar, soʻngra oʻnlab kichik diametrli tutun quvurlari qoʻyilgan);.
2) qozonni tashkil etuvchi silindrlar sonini koʻpaytirish yoʻli bilan suv quvurli qozonlar yaratilgan. Avval nisbatan katta diametrli silindrlar sonini 3—9 tagacha oshirilgan (batareyali qozonlar), keyinchalik diametrlari uncha katta boʻlmagan oʻnlab va yuzlab silindrlar oʻrnatilgan. Ular suv qaynatish quvur (truba)lari hisoblanadi. Kichik diametrli silindrlar dastlab gorizontga nisbatan 12° gacha burchak ostida qiya oʻrnatilib, kameralar yoki seksiyalar vositasida bir toʻp qilib birlashtiriladi.
ustida joylashgan gorizontal barabanlarga biriktirilib, gorizontal suv quvurli qozonlar yaratiLDI. Keyinchalik toʻgʻri qaynatish quvurlari tik yoki qiya oʻrnatilib, bular vositasida yuqorigi va pastki gorizontal barabanlar birlashtirildi; toʻgʻri quvurlar bilan almashtirila boshlandi, qozon barabanlarining soni esa tobora kamaytirildi. Hozirgi vertikal suv quvurli qozonlarda faqat 1 yoki 2 baraban boʻladi. Toʻgʻri oqimli barabansiz qozon ham suv quvurli qozon hisoblanadi.
BUGʻ GENERATORI.
Bugʻ generatori — bugʻ qozoni yoki yadro reaktoridan olinadigan birlamchi issiklik eltuvchi (suv, suyuq natriy va boshqalar) issikligi hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori suv bugʻi hosil qiladigan apparat yoki agregat. Organik yoqilgʻini yoqishda ajraladigan issiqlik hisobiga bugʻ olinadigan Bugʻ generatori bug qozoni, elektr energiyasidan foydalanib bugʻ olinadigan Bugʻ generatori elektr qozoni deb ataladi.
Atom elektr stansiyalari paydo boʻlganidan soʻng Bugʻ generatori atamasi atom reaktoridan keladigan issiklik eltuvchi qizdiradigan va turbinaga tushadigan ikkilamchi bugʻni olish uchun xizmat kiladigan bugʻlatkichlarni ifodalash uchun qoʻllanilgan.
1.Yadro reaktori (xavfsizlik korpusi)
2. bosim o’tkazgich
3.Bug 'generatori (issiqlik almashtirgich)
4.Generator
5. Boshqarish paneli
6.Turbina
7.Kondensator
8.Tank
9.Daryo salqin, dengiz sovuqroq
1.Reacteur nucléaire (enceinte de securite)
2.Pressuriseur
3.Generateur de vapeur (echangeur de chaleur)
4.Generateur
5.BArres de contrôle
6.Turbine
7.Condenseur
8.Cuve
9.Refroidisseur riviere, mer su erend frigerent
Do'stlaringiz bilan baham: |