Budjet tizimi, uning me’yoriy-huquqiy asoslari. Reja


“Budjet tizimi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Download 28,65 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2022
Hajmi28,65 Kb.
#693692
1   2   3
Bog'liq
BUDJET TIZIMI, UNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI.

“Budjet tizimi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, muayyan mamlakatning o’ziga xos
xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlari asosida va
ta’sirida shakllanadi.
Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, Budjet tizimi deyilganda,
mamlakatdagi mavjud budjetlar to’plami (majmui) tushuniladi. Soddaroq qilib
aytganda, Budjet tizimi bu iqtisodiy munosabatlarga, davlat tuzilishiga va qonun
normalariga asoslangan davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishlarning, budjet
munosabatlarida mustaqil bo’lgan budjet tashkilotlari muassasalari va maqsadli
davlat fondlarining majmuidir.
Budjet tizimi mamlakatdagi turli darajadagi budjetlarni o’zida ifoda etadi.
Boshqacha ma’noda, Budjet tizimi budjetning o’zaro bog’liqlikda bo’lgan
bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi
jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriyhududiy bo’linishiga bevosita bog’liq.
Davlatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi o’rtasida sodir bo’ladigan
moliyaviy munosabatlari budjet munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlarning
moliyaviy munosabatlar tizimining bir qismi sifatidagi o’ziga xos xususiyati
shundaki, birinchidan,bu munosabatlar ko’p qirrali taqsimlash jarayonida sodir
bo’ladi va bu jarayonning ishtirokchisi bo’lib davlat (tegishli hokimiyat organlari
“Moliyaviy nazorat” fani
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg'armalari
budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari,
budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplari, ular o'rtasida
budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o'zaro munosabatlar
yig'indisini o'zida ifodalaydi. “Budjet kodeksi”, 6-modda.

11
timsolida) qatnashadi. Ikkinchidan, bu munosabatlar umumdavlat ehtiyojlarini
qondirishga mo’ljallangan markazlashgan pul mablag’lari fondining shakllanishi
va ishlatilishi bilan bog’liq.
Budjet munosabatlari juda xilma-xildir, chunki ular ko’p pog’onali va
kengqamrovli taqsimlash jarayonining turli yo’nalishlarida (iqtisodiyot sektorlari,
ijtimoiy faoliyat sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida) sodir bo’ladi. Bu
munosabatlar ob’ektiv xarakterga ega, chunki har yili davlat ixtiyorida:
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun;
mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun;
mudofaa vazifalarini xal etish uchun;
davlat boshqaruvining umumiy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo’lgan milliy
daromadning bir qismi to’planishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, davlatning o’z
funktsiyalarini bajarishi uchun ma’lum darajada moddiy va moliyaviy bazaning
zarurligi budjet munosabatlarining ob’yektiv zarur va mavjud bo’lishini taqozo
etadi. Budjet munosabatlari davlat ixtiyoridagi yirik markazlashgan pul fondi
ko’rinishida moddiy-buyum shaklini oladi.
Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ixtiyorida markazlashish darajasini
aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq:
iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga;
davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga;
korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga;
jamiyat tomonidan hal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning
xarakteriga,
iqtisodiyotda va ijtimoiy soha-tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy
o’zgarishlarning ko’lamiga va boshq.
Sodda shaklda budjet bu hujjat yoki hujjatlar yig`indisi, ya’ni tashkilotning
(oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalari, ya’ni
daromadlar, xarajatlar va maqsad hamda natijalar to`g`risidagi ma’lumotlarni

12
o`z ichiga oluvchi rejalar sifatida qaraladi. Tarixan, budjet so`zi charm karmon,
hamyon, sumka va hamyonchadir. Asosan, inglizchada bu termin hukumat
ehtiyojlari va resurslarini Parlament bayonotiga Moliya Vaziri ko`tarib boradigan
charm sumka sifatida tasvirlangan
.1
Davlat budjeti davlat moliyasining markaziy bo’g’ini bo’lishi bilan bir
qatorda moliya tizimining ham asosini tashkil etadi. Davlat budjetining iqtisodiy
tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funktsiya va majburiyatlaridan kelib
chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta vazifalarni
qo’yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda budjet
mablag’lari xizmat qiladi.
Davlat budjeti yaxlit hukumatga xizmat qilishi bilan bir qatorda, moliyaviy
resurslarni tarmoqlararo qayta taqsimlashda, hududlararo, mulk shakllariaro
qayta taqsimlashda
ham bevosita ishtirok etadi.
Masalan, tarmoqlararo qayta taqsimlashda har qanday iqtisodiy tizimda ham
ayrim tarmoqlar uchraydiki, ularning daromadlari o’z xarajatlarini qoplay
olmasada, lekin ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko’rsatayotgan xizmatlar va
bajarayotgan ishlar umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlar bilan
bog’liqdir. Bunday tarmoqlar tarkibiga: energetika, transport va boshqalar kirishi
mumkin. Ushbu tarmoqlarga budjet orqali yuqori rentabelli tarmoqlarning
moliyaviy resurslari qayta taqsimlab beriladi.
Davlat o’z funktsiyalarini bajarishi uchun, shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishning har bir bosqichi strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun
mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida
to’plamog’i ob’ektiv zaruriyat ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Lekin
mablag’larni davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash ko’lami ko’p jihatdan
mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va rivojlanish darajasiga, davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashish ko’lamiga, ijtimoiy sohadagi davlatning majburiyatlari
1Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. p. 15
13
ko’lamiga, aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturlarining
qamrovliligiga bog’liq.
Davlat
budjetiningkassaliijrosidag’aznachiliktiziminingbanktizimidanfarqishundaki,
avvalo, budjetijrosijarayonidag’aznachilikikkioqimdagipulmablag’larinito’playdi.
Daromadlarvaxarajatlarbirhisobraqamdanqilinadi,
bundaytartibmavjudmablaglarbilanmoliyalashtirishjarayoninitezlashtirishgaimkonb
eradi.
Budjetning kassa ijrosi deganda har bir budjetning daromadlari mazkur
budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu
budjetdan mablag’ bilan ta’minlanuvchi barcha tashkilotlarga pul mablag’lari
ushbu kassa orqali beriladi. Budjet ijrosi shunday jarayonki, u moliya yili
mobaynida to’liq va o’z vaqtida, har bir manba bo’yicha daromadlarni tushishini,
shuningdek, korxona va tashkilotlarni tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasi
chegarasida moliyalashtirilishini ta’minlaydi. Davlat budjeti g’azna ijrosi kassa
birligi, budjet tashkilotlarini moliyalashtirish hisobini yuritish, budjet tiniqligi,
budjet majburiyatlarini limiti, shartnomalarni ro’yxatga olish kabi tamoyillarga
asoslanadi. Budjet mablag’larini taqsimlovchilari, taqdim qilingan mahsulotlar,
bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitobni amalga oshiruvchilar
ya’ni budjetdan mablag’ oluvchilardir yoki budjet tashkilotlaridir.
Davlat budjeti ijrosi budjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri
hisoblanadiki, gaznachilikda belgilangan istiqbol ko’rsatkichlari, tasdiqlangan
rejalar va ishlab chiqilgan dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattik nazorat qilinadi.
Budjet jarayoni -budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko'rib
chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat
qilish, budjet tizimi budjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni
tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar
jarayoni.“Budjet kodeksi”, 3-modda

14
Budjetning ijrosi - budjetning barcha daromadlarini to’liq va o’z vaqtida
tushishini hamda barcha rejalashtirilgan budjet xarajatlarini moliyalashtirish
ta’minlanishini ko’zda tutadi. Budjetning daromad qismini ijro etish yuridik va
jismoniy shaxslardan soliq va soliqdan tashqari to’lovlar undirish hisobiga amalga
oshiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tegishli to’lovlarni qonunda
belgilangan muddatlar va tartibda mustaqil ravishda hisoblaydi va budjetga
to’laydi. Budjetning kassali ijrosi deganda har bir budjetning daromadlari mazkur
budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu
budjetdan mablag’ bilan ta’minlanuvchi barcha tashkilotlarga pul mablag’lari
ushbu kassa orqali beriladi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, budjetning kassa ijrosi, aralash, g’aznachilik
va bank usuli bilan amalga oshiriladi. Budjetning ijrosi bank tizimida
mamlakatning markaziy banki orqali amalga oshiriladi. G’aznachilik tizimida
davlat g’aznasi daromadlarni qabul qiladi, xarajatlarni amalga oshiradi va qolgan
mablag’lar uning maxsus hisob raqamida qoladi. “G’azna” inglizcha “treasure”
so’zidan olingan bo’lib, insonlar tomonidan ma’lum bir maqsadlarda ega
ko’milgan oltin va kumushning topilishi hamda bu topilma podsholarga tegishli
bo’lganligini anglatadi. Boshqa iqtisodiy adabiyotlarda “g’aznachilik” –terminiga
iqtisodiy kategoriya sifatida ikki xil ta’rif beriladi. G’aznachilik–davlat budjeti
kassasini ta’minlaydigan va davlat moliyasini boshqaradigan maxsus davlat
organidir. G’aznachilik – mamlakatning moliya siyosatiga va iqtisodiyotni
boshqarishga javob beradigan Britaniya davlatidagi vazirlikdir. G’aznachilik–
ko’pgina mamlakatlarda Moliya vazirligi tarkibida faoliyat ko’rsatadigan
davlatning maxsus moliya organidir. G’aznachilik funktsiyalari tarkibiga davlat
budjeti loyihasini tayyorlash va uni ijrosini boshqarish, davlat qarzlarini
boshqarish, shuningdek, davlat qimmatli qog’ozlarini emissiya qilish kiradi.

Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasi hukumati bozor munosabatlariga


asoslangan iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan izchil iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirmoqda. Islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli
dastaklarini o’z ichiga oladi. Mana shunday dastaklardan eng muhimlaridan biri
15
davlatning izchil moliyaviy siyosati hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish
sharoitida davlat moliyaviy siyosatini olib borish va iqtisodni moliyaviy tartibga
solish muammolariga alohida e’tibor beriladi.
Nazorat uchun savollar
1. Budjet tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Budjet tizimi fanining predmeti nima?
3. Budjet tizimi funksiyalari nimalardan iborat?
4. Budjetning kassa ijrosi deganda nimani tushunasiz?
5. Budjet tizimi fani boshqa qaysi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan?
6. Budjet tizimi fanini o’qitishdan maqsad nima?
7. Budjet tizimi vazifalarini sanab bering?
16

Download 28,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish