Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarning kirimi va chiqimi hisobi


Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni balansdan chiqarish hisobini tahlil qilish



Download 128,97 Kb.
bet10/12
Sana14.07.2022
Hajmi128,97 Kb.
#797181
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jamshid (2)

2.2 Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni balansdan chiqarish hisobini tahlil qilish
Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalar amaldagi qonunda belgilangan tartibda balansdan quyidagi hisobdan chiqariladi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar:

4-rasm.Yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish.3
Yuqorida ko'rsatilgan sabablar bo'yicha budjet mablag'larining bosh tasarruf qiluvchilar asosiy vositalami balansdan chiqarishni qonun asosida mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Asosiy vositalaming tugatilishi sababli ular quyidagi holatlarda:

5-rasm.Asosiy vositalarni tugatilish sabablari.
Bunda asosiy vositalami qayta tiklash imkoniyati bo'lmaganligida yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmaganda ular tugatiladi.
Budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari asosiy vositalarni tugatishni qonunda belgilangan tartibda tegishli yuqori tashkilotning roziligi bilan amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi boshlang'ich tibbiy-sanitariya muassasalari asosiy vositalarni balansdan chiqarisbлi qonun asosida viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasining roziligi bilan amalga oshiradi.
Ma’naviy eskirgan asosiy vositalar-tayinlanishiga muvofiq bir xil bo'lgan asosiy vositalarning yuqori ish unumdorligi va iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo'lgan, qiymati ham bir xil yoki arzonroq bo'lgan xuddi shunday asosiy vositalarning chiqarilishi natijasida qiymati tushib ketgan asosiy vositalardir.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar tugatilishi sababli ularai hisobdan chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish uchun tashkilotning rahbari (rahbaming o'rinbosari) yoki bosh muhandisi raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga budjet tashkilotining tegishli mutaxassislari, buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslar kiritilgan bo'lishi kerak. Komissiya budjet tashkiloti rahbarining buyrug'i bilan tuziladi va moliya yili davomida doimiy ishlab turadi.
Komissiya asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishini asoslovchi dalolatnoma tuzadi. Budjet tashkilotlarida: Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi (AV-4-shakl), Transport vositalarini tugatish dalolatnomasi (AV-4a-shakl), Asboblarni, ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (443-shakl), Kutubxonadan chiqarilgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (444-shakl) tuziladi.

ularni tiklashning iloji yo'qligini yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini belgilaydi;


Asosiy vositalarning tugatilishi munosabati bilan ularai hisobdan chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya:

asosiy vositalarnl hisobdan chiqarish sabablari (eskirish to'la hisoblanganligi, haqiqiy eskirishi, rekonstruksiya qilinishi,



foydalanishning me’yoriy sharoitlari buzilishi, tabiiy ofat, avariya va boshqalar)ni aniqlaydi;


asosiy vositalarning vaqtidan avval foydalanishdan chiqishi sodir bo‘lganIigida aybdor shaxslami aniqlaydi, ularni O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bo'yicha belgilangan javobgarlikka tortish haqida taklif kiritadi;




tugatilayotgan asosiy vositalarning ayrim uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlaydi va ularni baholashni amalga oshiradi;




tugatilayotgan asosiy vositalardan yaroqli uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar olinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning miqdori va og'irligini aniqlaydi hamda ulaming tegishli omborga topshirilishini nazorat qilish vakolatiga ega bo'ladi.

Tashkilotni qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish munosabati bilan asosiy vositalar tugatilayotganda komissiya hisobdan chiqarishga taqdim etilgan asosiy vositalarning tashkilotni qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash rejasiga to'g'ri kelishini tekshirishi kerak. Bunda komissiya asosiy vositalami tugatish dalolatnomasida tasdiqlangan rejaning yoki tegishli qaroming bandiga va sanasiga havola qiladi.


Tugatish dalolatnomasida tugatilayotgan asosiy vositalami tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlar: asosiy vosita ishlab chiqarilgan yoki qurilgan yil, uning budjet tashkilotiga kelib tushgan sanasi, foydalanishga berilgan sana, asosiy vositaning boshlang'ich (qayta baholanganlari uchun qayta tiklash) qiymati, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo'yicha foydalanish muddati davomida hisoblangan eskirish summasi, amalga oshirilgan kapital ta’mirlashlar soni ko'rsatiladi. Shu bilan birga, asosiy vositani hisobdan chiqarish sabablari, uning uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallar batafsil yoritiladi. Transport vositalari tugatilganda, bundan tashqari, transport vositasi bajargan ishlarning me’yoriy va haqiqiy hajmi ko'rsatiladi, qismga ajratish natijasida olinishi mumkin bo'lgan yaroqli uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallarning texnik tavsifi va ulardan keyinchalik foydalanish imkoniyatlari ko'rsatiladi.
Avariya yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilganligi oqibatida tugatilayotgan asosiy vositalar balansdan chiqarilganda tugatish dalolatnomasiga avariya yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilganligi haqidagi dalolatnomaning nusxasi ilova qilinadi hamda avariyaga yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilishiga olib kelgan sabablar tushuntiriladi va aybdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan chora-tadbirlarko'rsatiladi.
Tabiiy ofatlar oqibatida tugatilayotgan asosiy vositalar balansdan (hisobdan) chiqarilganda tugatish dalolatnomasiga maxsus hukumat komissiyasining xulosasi ilova qilinadi.
Asosiy vositalarai tugatish bo'yicha komissiya tomonidan tuzilgan asosiy vositalarai tugatish haqidagi dalolatnomalar asosiy vositalar balans(hisob)da turgan budjet tashkilotining rahbari tomonidan, budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari qonunga muvofiq tegishli yuqori tashkilotlar bilan kelishilgandan so'ng, tasdiqlanadi. Tugatish haqidagi dalolatnomalar tasdiqlanmaguncha asosiy vositalarai qismlarga ajratish man etiladi. Qismlarga ajratilgan asosiy vositaning boshqa asosiy vositani ta’mirlash uchun yaroqli bo'lgan, barcha uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallari tegishli subschyotlarga kirim qilinadi. Bu subschyotlarda ular asosiy vositalarai tugatish bo'yicha komissiya belgilagan foydalanish mumkin bo'lgan baho bo'yicha hisobga olinadi. Yaroqsiz uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar ikkilamchi ashyolar (temir-tersak, latta-putta yoki o'tin) sifatida kirim qilinadi va budjet tashkilotining ixtiyori bo'yicha foydalaniladi. Budjet tashkilotlari uchun tugatilgan asosiy vositalarai qismlarga ajratish natijasida olingan uzellami, detallami, materiallarni, rangli va qimmatbaho metallar hamda ikkilamchi ashyolarni sotishdan tushgan mablag'lar ularning ixtiyorida qoladi va yangi asosiy vositalarai sotib olish yoki foydalanishdagi asosiy vositalarai ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar tugatilishi munosabati bilan ularning balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarai tugatish dalolatnomasiga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.

Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami tugatish dalolatnomasiga asosan, quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi;

  1. asosiy vositalarning boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatiga:

Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.




  1. asosiy vositalarning eskirish summasiga:

Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti;

Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti



Eskirishi to'la hisoblangan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami tugatish dalolatnomasiga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti.

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.



Tugatilgan asosiy vositalardan olingan uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar omborga, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlariga asosan, kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 060 - «0‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar» subschyoti yoki

Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti (G aznachilikka o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo'yicha kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki

Debet 063 - «Xo'jalik materiallari « idora buyumlari» subschyoti yoki

Debet 064 - «Yonilg'i, yoqilg'i va moylash materiallari» subschyoti yoki

Debet 066 - «Idishlan> subschyoti yoki

Kredit 230-«Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo‘yicha kelib tushgan summalar» subschyoti).

Debet 067 - «Boshqa materiallar» subschyoti yoki

Debet 069 - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti;

Budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari o‘z asosiy vositalarini qonunda ko'zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming roziligi bilan sotish huquqiga egadir.
Budjet tashkilotlari uchun asosiy vositalami sotishdan olingan mablag'lar, amaldagi me’yoriy hujjatlarda boshqacha tartib o'raatilmagan bo'lsa, ulaming ixtiyorida qolishi mumkin va yangi asosiy vositalami sotib olishga yoki foydalanishdagi asosiy vositalami ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Budjet tashkilotlari tarkibiy bo'linmalarining asosiy vositalari qonunda ko'zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming buyrug'i, farmoyishi yoki qaroriga muvofiq boshqa tashkilotlarga bepul berilishi mumkin.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilishi munosabati bilan ulaming balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.



Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:

  1. asosiy vositalaming boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatiga:

Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.



  1. asosiy vositalaming eskirish summasiga:

Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;

Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.

Eskirishi to'la hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.



Budjet tashkilotlarida asosiy vositalrning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo‘lganligi aniqlanganligi munosabati bilan ulaming balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi.
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo‘lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.



Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:

  1. asosiy vositalarning boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatiga:

Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.




  1. asosiy vositalarning eskirish summasiga:

Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti;

Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.

Eskirishi to'la hisoblangan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:



Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti;

Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalangan subschyotlari.


XULOSA
Standart asosiy vositalar to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor qilishda foydalaniladigan asosiy tushunchalarni belgilaydi. Hozirda asosiy hujjat bo'lgan 157n-sonli yo'riqnomada budjet hisobi asosiy vositalar, ulardan faqat ba'zilari taqdim etiladi.
Asosiy vositalar - moddiy qadriyatlar, ularning narxidan qat'i nazar, muddat bilan foydali foydalanish 12 oydan ortiq muddat, takroriy yoki doimiy foydalanish uchun, shu jumladan foydalanishda bo'lganlar, zaxiradagi, konservatsiya bo'yicha, shuningdek, ijara shartnomalari, shu jumladan investitsiya mulklari uchun taqdim etish uchun mo'ljallangan.
Asosiy vositalarga taalluqli emas:

  • ishlab chiqarilmaydigan aktivlar;

  • davlat (shahar) xazinasini tashkil etadigan mulk;

  • neft, tabiiy gaz va shu kabi qayta tiklanmaydigan resurslar kabi foydali qazilmalar va foydali qazilmalar zaxiralarini ishlab chiqish huquqlari;

  • moddiy qadriyatlar, shu jumladan ob'ektlar ko `chmas mulksotish uchun ushlab turilgan va (yoki) zaxiralar tarkibiga kiritilgan, tugallanmagan qurilish, kiritilgan kapital qo'yilmalar;

  • biologik aktivlar.

Asosiy vositalar guruhlari - buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun ajratilgan, xarakteri yoki buxgalteriya hisobi yurituvchi sub'ekt faoliyatida bajaradigan funktsiyalari o'xshash bo'lgan, bu haqda ma'lumot buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarida umumlashtirilgan ko'rsatkich bilan oshkor qilinadigan aktivlar to'plamidir.
Asosiy vositalar guruhlari:
a) yashash joylari;
b) turar-joy bo'lmagan binolar (binolar va inshootlar);
v) mashina va uskunalar;
d) transport vositasi;
e) ishlab chiqarish va uy xo'jaligi inventarlari;
f) ko'p yillik o'simliklar;
g) investitsiya mulki;
h) boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar.
Operatsion tizimning ishlash muddati quyidagilar bilan belgilanadi.
a) ob'ektning iqtisodiy foyda va (yoki) foydali salohiyatini olishning kutilayotgan davri asosida;

  • ob'ektning kutilayotgan muddati;

  • kutilgan jismoniy eskirish, ish rejimiga, tabiiy sharoitga va tajovuzkor muhit ta'siriga qarab, ta'mirlash tizimi;

  • ob'ektning tartibga soluvchi va boshqa cheklovlari;

  • ob'ektdan foydalanishning kafolat muddati;

  • haqiqiy ishlash shartlari va oldindan hisoblangan amortizatsiya summasi - boshqa buxgalteriya sub'ektlaridan, davlat (shahar) tashkilotlaridan bepul olingan ob'ektlar uchun.

Qayta baholash amortizatsiyasi. Aktiv qayta baholanganda, qayta baholash kunida to'plangan amortizatsiya summasi quyidagi usullardan biri bilan hisobga olinadi:

  • tarixiy xarajatlarning o'zgarishiga mutanosib ravishda qayta ko'rib chiqildi, shuning uchun ob'ektni qayta baholashdan keyin qoldiq qiymati uning qayta baholangan qiymatiga teng bo'ladi. Ya'ni, balans qiymati va to'plangan amortizatsiya bir xil omilga ko'paytiriladi;

  • balans qiymatidan ushlab qolinadi, shundan so'ng qoldiq qiymati aktivning qayta baholangan qiymatiga qaytariladi.

Yig'ilgan amortizatsiya summalarini qayta hisoblash yoki chiqarib tashlash natijasida kelib chiqadigan tuzatish miqdori buxgalteriya hisobida hisobga olinadigan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini oshirish yoki kamaytirishning bir qismini tashkil etadi.
Asosiy vositalarni tasarrufidan chiqarish asosiy vositalarning tegishli balans hisobvarag'ining kreditida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni chiqarishni hisobga olishda quyidagi mezonlarga rioya qilish kerak:
1. Buxgalteriya hisobi predmeti OSda aks etgan mol-mulkni tasarruf etish (egallash, ishlatish) bilan bog'liq bo'lgan barcha muhim operatsion xatarlarni va foydalarni o'tkazdi.
2. Buxgalteriya hisobi yurituvchi sub'ekt endi nafaqaga chiqqan asosiy vositani yo'q qilishda ham, uning amalda ishlatilishida ham qatnashmaydi.
3. Aktivni tasarruf etishdan olingan daromad (xarajat) miqdorini ishonchli baholash mumkin.
4. PPE bilan bog'liq bo'lgan rejalashtirilgan iqtisodiy foyda yoki foydali potentsial va yuzaga keladigan yoki kutilayotgan xarajatlar ishonchli tarzda o'lchanishi mumkin.
Aktivni tasarruf etishdan olinadigan daromad dastlab adolatli qiymat bo'yicha tan olinadi.
Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotida asosiy vositalarning har bir guruhi uchun quyidagi ma'lumotlar ochib beriladi:
a) ishlatilgan amortizatsiya usullari;
b) foydalanish muddatini aniqlashda foydalaniladigan usullar;
v) buxgalteriya qiymati, shuningdek asosiy vositalar guruhlari bo'yicha davrning boshida va oxirida asosiy vositalarning qiymatdan tushgan zararining yig'indisi bilan yig'ilgan amortizatsiya summasi;
d) davr boshida va oxirida qoldiq qiymatini solishtirish.
Bundan tashqari, asosiy vositalarning har bir guruhi uchun hisobotda quyidagi ma'lumotlar e'lon qilinadi:

  • buxgalteriya hisobi sub'ekti tomonidan majburiyatlarning kafolati sifatida foydalanilishi mumkin bo'lmagan ko'chmas va ayniqsa qimmatli ko'char mulkning qiymati, shu jumladan mulk huquqi yoki boshqa berilgan huquqlar bo'yicha cheklovlarning mavjudligi va darajasi, shuningdek, hisobot boshida va oxirida xavfsizlik sifatida o'tkazilgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati davr;

  • qurilish paytida, hisobot davrining boshida va oxirida asosiy vositalar narxiga kiritilgan xarajatlar miqdori;

  • hisobot davri oxirida asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bo'yicha shartnoma majburiyatlari miqdori;

  • joriy davr daromadi tarkibiga kiritilgan, PPE qiymatining pasayishi, yo'qolishi yoki o'tkazilishi uchun uchinchi shaxslardan olinadigan kompensatsiya summasi.

Investitsiya mulki uchun quyidagi ma'lumotlar oshkor etiladi:

  • investitsiya mulkining tavsifi;

  • investitsiya mulki va muassasa egallab turgan ko'chmas mulk va oddiy savdo jarayonida sotish uchun saqlanadigan mulkni ajratish mezonlari;

  • investitsiya mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromad sifatida tan olingan summalar;

  • ijaradan olingan daromad hisobot davrining moliyaviy natijalarida aks ettirilgan investitsiya mulki bilan bog'liq xarajatlar (shu jumladan ta'mirlash va joriy ekspluatatsiya uchun) sifatida tan olingan summalar;

  • ijaraga olinmagan investitsiya mulki bilan bog'liq xarajatlar (shu jumladan ta'mirlash va joriy texnik xizmat uchun) sifatida tan olingan summalar;

  • investitsiya mulkini sotish imkoniyati yoki tasarruf etishdan olingan iqtisodiy foyda (daromad) tushumlari bo'yicha cheklovlarning mavjudligi, shuningdek ushbu cheklovlar miqdori.

IN tushuntirish xati buxgalteriya (moliyaviy) hisobotida keltirilgan bo'lsa, quyidagi ma'lumotlar qo'shimcha ravishda aks ettirilgan:

  • vaqtincha ishlamay qolgan asosiy vositalarning hisobi va qoldiq qiymati to'g'risida;

  • foydalanishda bo'lgan va nol qoldiq qiymatiga ega bo'lgan asosiy vositalarning balans qiymati to'g'risida;

  • foydalanishdan chiqarilgan va ular tasarrufigacha saqlanadigan asosiy vositalarning balansi va qoldiq qiymati to'g'risida.

Hisobdan chiqarish jarayoni faoliyat ko'rsatayotgan korxonaning asosiy vositalarini (asosiy vositalarini) reestrdan chiqarishni o'z ichiga oladi. Ushbu harakatning sababi tashkilotchining irodasi bo'lmasligi kerak, u tashqi omillar bilan bog'liq ob'ektiv bo'lishi kerak.
Quyidagi ob'ektiv sabablarga ko'ra hisobdan chiqarish mumkin:

  • O'g'irlik aniqlangan fakt bilan;

  • Jismoniy yoki ruhiy eskirish paytida;

  • Sotish uchun ro'yxatga olish paytida;

  • Ekvivalent mulkka almashtirilganda;

  • Ustav kapitaliga ma'lum hissa qo'shish paytida.

Shu bilan birga, mablag'larni to'g'ridan-to'g'ri hisobdan chiqarish va boshqa rivojlanayotgan kompaniyaga o'tkazish o'rtasida ma'lum bir farq borligini anglash muhimdir. Shuningdek, protseduralarni hujjatli aks ettirishda ma'lum farqlar mavjud.
Budjet mablag'lari boshqaruvchisidan BUning har qanday mol-mulkini hisobdan chiqarishga rozilik olish uchun maxsus komissiya tuzish, menejerlarga mol-mulkni hisobdan chiqarish bo'yicha hujjatlashtirilgan ehtiyojni ta'minlash kerak. Tuzilgan komissiya quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  • Mavjud mol-mulkni to'liq inventarizatsiyadan o'tkazish;

  • Mulkni batafsil tekshirish;

  • Hisobdan chiqarilishining aniq sabablarini aniqlash;

  • Mulkdan foydalanishning keyingi iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholaydi;

  • Natijada pul mablag'larini hisobdan chiqarish to'g'risidagi rasmiy akt tuziladi.

Maxsus komissiya o'zining samarali ishi natijalari bo'yicha batafsil protokol tuzadi, unga texnik holatni baholash to'g'risidagi inventarizatsiya aktlari, hisobdan chiqarish aktlari va boshqa muhim hujjatlar qo'shiladi. Avtomobilni hisobdan chiqarishda yo'l harakati politsiyasining baholash xulosasi talab qilinishi mumkin.

Download 128,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish