3-rasm.«To‘g'ridan-to‘g'ri qayta baholash usuli» qo‘llanilganda obyektlarning to‘liq qayta tiklash qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash Asosiy vositalarni qayta baholashda «Indeks usuli»ni qo‘llash uchun navbatdagi qayta baholash bo‘yicha tegishli indekslami O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi har yil 31 dekabrgacha ishlab chiqadi va ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qiladi.
Yuqorida keltirilgan qayta baholash usullarini qo‘llash yo‘li bilan asosiy vositalaming balans qiymati ulami qayta tiklash qiymatigacha ko‘payishi(kamayishi)buxgalteriyahisobidaasosiyvositalaminghisobga oluvchi subschyotlaraing debeti (krediti) bo‘yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan korrespondensiyalanib qayd qilinadi.
Indekslash yo‘li bilan asosiy vositalarni qayta baholanganda buxgalteriya hisobida qayta baholash o‘tkazish sanasi holati bo‘yicha turgan asosiy vositalaming (shu jumladan eskirishi to‘liq hisoblangan obyektlar) eskirish summasini ulami qayta tiklash qiymatiga qayta hisoblash chog'ida asosiy vositalar qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
Asosiy vositalarni «To‘g'ridan-to‘g'ri qayta baholash usuli» bilan qayta baholash chog'ida buxgalteriya hisobida turgan eskirish summasi qayta baholashdan keyingi qayta tiklash qiymatining qayta baholashgacha bo‘lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsienti bo‘yicha indekslanishi kerak.
Yuqorida keltirilgan tartibda hisoblab chiqarilgan eskirish summasi bilan ko‘rsatilgan asosiy vositalar bo‘yicha qayta baholashgacha bo‘lgan eskirish summasi o‘rtasidagi farq «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyotining krediti (oshib ketgan taqdirda) yoki debeti (kamaygan taqdirda) bo‘yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan korrespondensiyalanib aks ettiriladi.
Tashkilotning balansida qayta baholashgacha turgan va 1 yan-vargacha foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar balans qiymatining qayta tiklash qiymatigacha ko‘payishi buxgalteriya hisobida quyidagi qayd qilinadi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar balans qiymatining ko‘-payishiga tashkilot buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 010 013, 015-019 «Asosiy vositalan> subschyotlari; Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti. Qayta baholash natijasida asosiy vositalaming eskirish summasini ko‘payishiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti.