66
qarab belgilanadi (masalan daromad va xarajatlar, mulk aktivlari va
qo‘yilmalar).
17
O‘zbekiston Respublikasi Budet kodeksining 21-moddasi. Budjet
tizimi
budjetlaridaromadlarining tasnifi keltirilgan. Unga ko‘ra Budjet tizimi budjetlari
daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari bo‘yicha
kodlashdan iborat bo‘ladi.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan
iborat:
budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va
darajalari tasnifi
kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag‘lar manbalariga va ushbu
budjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Daromadlarning turi bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.
Daromadlar bo‘limi daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha
kodlashdan iborat bo‘ladi.
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek
soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularni undirish bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat
bo‘ladi.
Daromad tipi budjet tizimi budjetlari daromadining aniq turidan iborat
bo‘ladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning
ana shu daromadlarni
ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini
identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu
daromadlar
shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy
birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
17
“Budget Classification” Davina Jacobs, Jean-Luc Hélis, and Dominique Bouley. December 2009.
InternationalMonetaryFundFiscalAffairs DepartmentWashington, DC.USA
67
Yigirma bir koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt
qismli ko‘rinishga ega:
budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
hududiy tasnif.
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Budjet tizimi budjetlari
mablag‘larining
manbalari va
darajalari tasnifi
Daromadlarning
turlari
Tashkiliy
tasnif
Hududiy
tasnif
X XXX X X
X
XXX XXX
XXX
XX XXX
(6-band O‘zbekistonRespublikasimoliyavazirining 2014 yil 20 fevraldagi
11-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxatraqami 2146-3, 17.03.2014 y.) tahririda — O‘R QHT,
2014 y., 12-son, 140-modda)
Davlat moliyasini boshqarishning Axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda
DMBAT deb yuritiladi) tatbiq etilguniga qadar O‘zbekiston
Respublikasi Davlat
budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishda faqatgina «Daromadlarning turlari»
kodi qo‘llaniladi.
Budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi (1
— 6 kodlar) budjetga tushayotgan daromadlarni tegishli mablag‘lar
manbalariga
va ushbu budjetlar darajalariga mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
7 ta raqamli daromadlarning turlari (7 — 13 kodlar) quyidagilardan
iborat:
bo‘lim;
paragraf;
daromad tipi.
Bo‘lim daromadlarni ularning olish manbalari bo‘yicha guruhlanishini
bildiradi:
3 100 000 «Soliqlar»;
3 200 000 «Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar»;
3 300 000 «Grantlar»;
69
shakllantiriladi.
Budjet tizimi budjetlari bo‘yicha tushumlarning taqsimlanishi
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Tashkiliy tasnif (14 — 16 kodlar) kelib tushayotgan daromadlarning ana
shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va sh.k.) mansubligini
identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yuqori (quyi) budjetning quyi (yuqori)
budjet oldidagi majburiyatining qaytarilishi hisobiga quyi budjetlarga dotatsiya,
subventsiya, budjet ssudalari va mablag‘lari kelib tushganda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga biriktirilgan koddan foydalaniladi.
Hududiy tasnif (17 — 21 kodlar) kelib tushayotgan
daromadlarning ushbu
daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-
hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: