budjetlariga berilishi mumkin. Toshkent shahar budjetidan budjet
ssudalari Toshkent shahri tarkibiga kiradigan tumanlaming budjetlariga
berilishi mumkin. Tarkibida shahar ichidagi tumanlari b o ‘lgan
shahar
budjetidan budjet ssudalari shahar tarkibidagi tumanlar budjetlariga
berilishi mumkin. Turnan budjetidan budjet ssudalari turnan tarkibiga
kiradigan shaharlar budjetlariga berilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan budjet ssudalari: daromadlar tushumi bilan
xarajatlaming amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtincha
kassa
uzilishini qoplashga; daromadlar tushumi bilan xarajatlami
amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtincha kassa uzilishini qoplashga
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlaming
rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalari amalga
oshirishga berilishi mumkin.
Rejalashtirilgan va haqiqiy vaqtincha kassa uzilishlarini qoplashga
berilgan budjet ssudalari uch kalendar oygacha muddatga beriladi.
Maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga .oshirishga
berilgan
budjet ssudalari bir kalendar oygacha muddatga beriladi. Bu budjet
ssudalarining barchasi qisqa muddatli ssudalar hisoblanadi. Ular budjet
yili chegarasidagi muddatga va haqiqiy ehtiyojlaridan ortiq bo‘lmagan
summalarda beriladi.
Yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet ssudalarini berish
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlari
muayyan moliya yili
chegarasida belgilanadi. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini surish
xuddi budjet ssudalarini berish tartibiga o‘xshash tartibda rasmiylashtiriladi.
Berilgan budjet ssudalarini muddatida qaytarilishi ustidan nazorat budjet
ssudalarini bergan yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet ssudalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan budjet ssudasi
oluvchi moliya organi bilan budjet ssudasi beruvehi moliya organi
o ‘rtasida tuzilgan «Budjet ssudasini berish to‘g ‘risidagi shartnoma»
asosida beriladi va qaytariladi. Budjet ssudasi tegishli budjetdan to‘lov
topshiriqnomasini tuzib budjet ssudasi olayotgan budjetni ijro etayotgan
moliya organining bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag‘lari
depozit hisobvarag‘i»ga o ‘tkazib berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Budjet ssudasini qaytarish «Budjet ssudasini berish to‘g ‘risidagi
shartnoma»da ko ‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Budjet
ssudasini qaytarish: mablag'lami budjet ssudasi olgan mahalliy budjetga
kclib tushadigan mablag‘lar hisobidan to ‘lov topshiriqnomasini tuzib
o ‘tkazib berish; yuqori budjetlardan mahalliy budjetlarga o'tkazilishi
lozim b o ‘lgan rejalashtirilgan dotatsiyalar yoki subvensiyalar hisobiga
o ‘zaro qoplash; yuqori budjet bilan quyi budjetlar o ‘rtasidagi o ‘zaro
hisob-kitoblar b o ‘yicha ularning qarzlari hisobiga o ‘zaro qoplash hamda
m ablag‘larni budjet ssudasi olgan quyi mahalliy budjetni ijro etayotgan
moliya organining bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag'lari
depozit hisobvarag'i» yuqori moliya
organi tomonidan inkasso
topshiriqnomasi berish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
0 ‘zbckiston R espublikasi respu b lika b u d jetid a n
olingan ssu d ala r hisobi
051-«Respublika budjetidan olingan budjet ssudalari» subschyoti
0 ‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tomonidan olingan budjet
ssudalari hisobga olish uchun tayinlangan.
Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tomonidan
0 ‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan
olingan budjet ssudalari
summasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy
moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 011 - «M ahalliy budjet m a b la g 'la r i depozit h is o b v a ra g 'i» subschyoti;
K redit 051 - «R espublika budjetidan olingan bu d je t ssudalari» subschyoti.
0 ‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tomonidan olingan budjet
ssudalari summasi 0 ‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga
qaytarib berilganda bu qaytarib berilgan summaga Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 051 - «R espublika budjetidan olingan bu d je t ssudalari» subschyoti;
K red it 011 - «M ahalliy budjet m a b la g 'la r i depozit h is o b v a ra g 'i» subschyoti.