qilinganida qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
32. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun mol yetkazib beruvchilarga
rejali to'lovlar tartibida mablag'lar o'tkazilganida qanday buxgalteriya
provodkasi tuziladi?
0 ‘N B I R I N C H I B O B .
B U D J E T T A S H K I L O T L A R I D A B U D J E T D A N
T A S H Q A R I M A B L A G ‘L A R H I S O B I
1. BUDJETDAN TASHQARI M ABLA G'LAR
VA ULARNING TURLARI
Budjet tashkilotlarida barcha xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan qoplanadi. Ammo ayrim tadbirlami moliyalashtirish uchun
budjetdan tashqari mablag‘lar foydalaniladi, y a ’ni bular davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan cmas, balki boshqa manbalar hisobidan tashkil
etiladigan m ablag‘lardir.
Budjetdan tashqari mablag'lar jumlasiga maxsus mablag'lar,
topshiriqlar b o ‘yicha summalar va depozit summalar kiradi.
M axsus m a b la g ‘l a r - b u budjet tashkilotlariga tegishli binolardan,
xonalardan, korxonalardan va yordamchi xo ‘jaliklardan, inventarlardan
va uskunalardan foydalanish va ishlatish natijasida paydo b o ‘lgan budjet
tashkiloti daromadlarining summasidir. Maxsus mablag‘lar foydalanish
xarajatlarini qoplashga, qaysi tadbirlardan olingan b o is a , o ‘sha
tadbirlaming faoliyatini kengaytirish va yaxshilashga sarflanadi. Maxsus
mablag'larni boshqa maqsadlarga hamda budjetdan moliyalashtiriladigan
tadbirlarga sarflashga yo‘l qo‘yilmaydi. Maxsus m ablag‘larga barcha
budjet tashkilotlari ega bo‘lishi mumkin.
Maxsus m ablag‘laming har bir turi bo ‘yicha kirim-ehiqim smetalari
tuziladi. Smetaning daromadlarida maxsus mablag‘larning kirimi
ko‘rsatiladi, xarajatlarida esa m ablag‘laming budjet tasnifi moddalari
bo‘yicha yo‘naltirilishi ko‘rsatiladi. Agar budjet tashkiloti maxsus
mablag‘larning bir nechta turlariga ega bo ‘lsa, u holda individual smetalar
asosida ulaming yig‘masi tuziladi. Yig‘ma smetada maxsus m ablag‘lar
har bir turining daromad va xarajatlari alohida-alohida k o ‘rsatiladi.
Maxsus mablag‘larning smetalari bo‘yicha xarajatlar daromadlaridan
yuqori b o ‘lishi mumkin emas.
Maxsus m ablag‘laming smetalarini yuqori budjet m ablag‘larini
tasarruf qiluvchilar tomonidan tasdiqlanishi haqida ikki nusxada
m a’lumotnoma tuziladi. M a’lumotning bir nusxasi bank muassasasiga
285
beriladi, boshqasi esa m a ’lumot berilgan tashkilotda qoladi. Bank
mazkur
tashkilotdagi
barcha
maxsus
m ablag‘lar
smetalarining
tasdiqlanishi haqidagi bitta m a’lumotnomani oladi va bank muassasalari
Maxsus mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvaraqlaridan mablag‘lar beradi. Budjet tashkilotlarining rahbarlari
maxsus m ablag1 laming tasarruf qiluvchilari hisoblanadi. Ular smetada
ko‘zda tutilgan daromadlaming tushumini ta ’minlashga va maxsus
m ablag4laming xarajatlarini har bir moddasi bo'yicha tasdiqlangan
summalar doirasida smeta b o ‘yicha maqsadli tayinlanishiga muvofiq
sarflashga majburdirlar. Maxsus mablag‘laming kelib tushayotgan
summalarini, odatda, to‘lovchilar to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bank muassasasiga
ularni budjet tashkilotining maxsus mablag‘lar b o ‘yicha talab qilib
olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga qo'yish uehun topshirishlari
kerak.
T o p s h iriq la r b o ‘yicha su m m a la r ayrim topshiriqlami bajarish
uehun boshqa tashkilotlardan budjet tashkilotiga kelib tushgan
m ablagiardir. Bularga, masalan, o ‘quv yurtlarini tugatib ish joyiga
yuborilgan yosh mutaxassislarga to ‘lash uehun tashkilotlardan olingan
summalar, korxonalardan o ‘qishga yuborilgan talabalarga ular hisobidan
stipendiya to‘lash uehun olingan summalar, boshqa tashkilotlardan, ular
uehun uskunalar, adabiyotlar va boshqa shunga o'xshashlami sotib olish
uehun olingan summalar kiradi. Topshiriqlar b o ‘yicha kelib tushgan
mablag* lar bank muassasalarida topshiriqlar bo‘yicha summalarga doir
talab qilib olgunga qadar alohida depozit hisobvarag‘ida saqlanadi.
Bunday hisobvaraqlar tegishli moliya organining ruxsati bilan ochiladi.
D epozit s u m m a la r -b u d je t tashkilotining ixtiyoriga vaqtincha
kelib tushgan va m a’lum sharoit vujudga kelishi munosabati bilan
qaytarilishi yoki tayinlanishi b o ‘yicha hisobga o ‘tkazilishi lozim bo‘lgan
mablag* lardir. Bular jumlasiga, masalan, davolash muassasalaridagi
kasallaming, ularni davolash muassasasidan chiqarilganda egalariga
qaytariladigan pullari, sud organlari ixtiyorida vaqtincha saqlanayotgan
va sud qaroriga asosan egasiga qaytariladigan yoki tayinlanishi bo'yicha
o'tkaziladigan summalar va boshqalar kiradi. Depozit summalar hukumat
tomonidan belgilangan m a’lum muddat davomida bank muassasalarida
budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvaraqlarida saqlanadi. Bu muddat tugagandan so ‘ng talab qilib
olinmagan summalar tegishli budjetning daromadiga o ‘tkaziladi.
2. MAXSUS MABLAG‘LAR, T O PSH IRÍQ LAR BO'YICH A
SUMMALAR VA D EPO ZIT SUMMALAR HISOBI
Budjet tashkilotlarida maxsus mablag‘lar, topshiriqlar bo ‘yicha
summalar va depozit summalar alohida subschyotlarda va budjet
b o ‘yicha xarajatlar smetalarining ijrosini hisobga oigan holda bitta
balansda aks ettiriladi. 0 ‘zining nizomiga ega bo‘lmagan unchalik katta
bo ‘lmagan yordamehi xo'jaliklar o ‘z operatsiyalarining hisobini budjet
tashkilotining umumiy balansida olib boradi. Budjet tashkilotlarining
maxsus mablag‘lari jumlasiga ijara haqi, kvartira haqi, transportdan
foydalanishdan olingan daromadlar, muzeylar va k o ‘rgazmalarga kirish
haqi, yordamehi xo‘jaliklaming ishlab chiqarish faoliyatidan olingan
daromadlar va maxsus mablag‘laming boshqa turlari kiradi. Budjet
tashkilotlarida maxsus mablag‘lar b o ‘yicha operatsiyalami hisobga olish
uchun quyidagi ikkinehi tartibli sehyotlar (subschyotlar) qo‘llaniladi:
111 - «Maxsus mablag‘lar b o ‘yicha talab qilib olgunga qadar
depozit hisobvarag‘i» subsehyoti;
211 - «Maxsus mablag‘lar bo'yicha xarajatlar» subsehyoti;
400 - «Maxsus va budjetdan tashqari m ablag‘lar b o ‘yicha daro
madlar» subsehyoti.
M axsus m a b la g ‘lar hisobi
Bank muassasalarida saqlanayotgan maxsus mablag'lar b o ‘yieha
pul m ablag‘larining hisobini olib borish uchun lll-« M a x su s m ablag‘lar
b o ‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» subsehyoti
xizmat qiladi. Bu aktiv subschyotdir. 11 l-«Maxsus m ablag‘lar bo'yicha
talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» subschyotining debetiga
bankka kelib tushgan maxsus m ablag‘laming summalari yoziladi.
lll-« M a x su s mablag'lar b o ‘yieha talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag‘i» subschyotining kreditida esa materiallar va ko'rsatilgan
xizmatlar uchun mol yetkazib beruvehilaming subschyotlarini to‘lashga
287
subschyotdan chiqarilgan summalar, ishchi va xizmatchilarga ish haqi
to‘lash uchun olingan mablag'lar, bank tomonidan maxsus m ablag‘lar
hisobidan to ‘lanadigan boshqa xarajatlar hamda budjet daromadiga
o ‘tkazilgan summalar qayd qilinadi.
Mazkur budjet tashkiloti tomonidan maxsus mablag‘lar bo ‘yi-
cha bajarib topshirilgan ishlar va ko ‘rsatilgan xizmatlar uchun
buyurtmachilardan bank muassasasidagi maxsus mablag‘lar bo ‘yicha
talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga kelib tushgan mablag‘lar
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 111 - «Maxsus mablagMar b o ‘yieha talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subsehyoti;
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subsehyoti.
Maxsus m ablag‘lar smetalari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy
xarajatlar hisobini olib borish uchun 211-«Maxsus mablag‘lar bo ‘yicha
xarajatlar»
subsehyoti tayinlangan.
Bu aktiv subschyotdir.
Pul
mablag‘lari, materiallar va boshqa ko'rinishdagi xarajatlar 21 l-«Maxsus
m ablag‘lar b o ‘yicha xarajatlar» subschyotining debetida qayd qilinadi,
bu subschyotning kreditida esa yil davomida amalga oshirilgan xarajatlar
umumiy summasining hisobdan chiqarilishi qayd qilinadi.
Xarajat qilingan materiallar summasiga quyidagi buxgalteriya pro
vodkasi tuziladi:
Debet 211 - «Maxsus mablagMar bo'yieha xarajatlar» subsehyoti;
Kredit 060-069-«M ateriallar va oziq-ovqat mahsulotlari» subschyotlari.
Boshqa tashkilotlar tomonidan, maxsus mablag‘lar bo ‘yicha
xarajatlarga doir, bajarib topshirilgan ishlar va k o ‘rsatilgan xizmatlar
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 211 - «Maxsus m a b la g ia r bo'yicha xarajatlar» subsehyoti;
Kredit 172 - «To'lovlam ing maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» subsehyoti
yoki
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub-
schyoti.
Yil tugagandan keyin yil davomida amalga oshirilgan xarajatlaming
umumiy summasi quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzish y o ‘li bilan
hisobdan chiqariladi:
Debet 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo‘yicha daromadlar»
subsehyoti;
Kredit 211 - «Maxsus m ablag'lar bo'yicha xarajatlan> subschyoti.
Maxsus m ablag‘lar b o ‘yicha daromadlami hisobga olish uchun
400-«Maxsus va budjetdan tashqari mablag‘lar bo'yicha daromadlar»
subschyoti tayinlangan. Bu passiv subschyotdir. Hisoblangan daro-
madlaming summalari 400-«Maxsus va budjetdan tashqari m ablag‘lar
bo‘yicha daromadlar» subschyotining kreditiga yoziladi, bu sub-
schyotning debetiga esa noto‘g ‘ri yoki ortiqcha olinganligi sababli
qaytarilgan summalar, yil davomida amalga oshirilgan maxsus m ablag‘lar
b o ‘yicha xarajatlar summalari va hisobdan chiqarilgan boshqa summalar
yoziladi.
Bank muassasasidagi maxsus mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olgunga
qadar depozit hisobvarag‘ida yilning oxiriga maxsus m ablag‘laming
foydalanilmagan va keyingi yilga o'tadigan qoldiqlari b o ‘lganda hamda
maxsus mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan tugallanmagan hisob-
kitoblar va maxsus m ablag‘lar hisobidan sotib olingan materiallaming
qoldiqlari bo'lganda, 400-«Maxsus va budjetdan tashqari m ablag‘lar
bo'yicha daromadlar» subschyoti berkitilmaydi. Maxsus m ablag‘lar
bo'yicha daromadlar va xarajatlaming analitik hisobi 294—shakldagi
«Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobi kitobi»da yuritiladi. Unda
daromadlaming har bir turi bo ‘yicha alohida-alohida analitik subschyotlar
ochiladi. Bu kitobda maxsus mablag'larning muayyan turi b o ‘yicha
kelib tushgan summalar va kelib tushgan daromadlar hisobidan amalga
oshirilgan xarajatlar hisobga olinadi.
Ijara va kvartira haqi, transportda bajarilgan ishlar va boshqa
k o ‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan summalarga quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub
schyoti;
Kredit 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari m ablag'lar bo'yicha daromadlar»
subschyoti.
Yil davomida amalga oshirilgan xarajatlaming umumiy summasiga
yilning oxirida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari m ablag'lar b o'yicha daromadlar»
subschyoti;
K redit 211 - «Maxsus m ablag'lar bo'yicha xarajatlar» subschyoti.
Maxsus m ablag‘lar bo‘yicha xarajatlar hajmi uncha katta bo‘lmagan
budjet tashkilotlarida maxsus mablag‘lar bo ‘yicha talab qilib olgunga
qadar depozit hisobvarag‘idagi pul mablag'larining harakatiga doir
operatsiyalaming hisobi 292-shakldagi kitobda yoki 292-shakldagi
kartochkada yuritiladi. Unda bunday mablag‘laming har bir turiga
alohida-alohida subschyot ochiladi. Maxsus mablag‘lar bo ‘yicha
xarajatlar hajmi katta b o ‘lgan budjet tashkilotlarida esa maxsus
m ablag‘lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘idagi
pul mablag'larining harakatiga doir operatsiyalaming hisobi 3-memorial
order bilan birlashtirilgan 381-shakldagi yig‘ma vedomostda yuritiladi.
211-«Maxsus mablag‘lar bo'yicha xarajatlar» subsehyoti b o ‘yicha
xarajatlaming va 400-«Maxsus va budjetdan tashqari m ab la g ia r bo ‘yieha
daromadlar» subsehyoti bo ‘yieha daromadlaming analitik hisobi 294-
shakldagi «Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobi kitobi»da yuritiladi.
Unda bunday m ablag‘laming har bir turi uehun alohida-alohida analitik
subschyot ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |