Budjet hisobi


o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet 
mablag ‘lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subsehyoti) yoki 
Kredit 100 - «Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit 
hisobvarag'i» subsehyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 
147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet m ablag'lari oluvchilar 
oldidagi majburiyatlar» subsehyoti).
S ug‘urta to ‘lovlari b o ‘yicha pensiya fondi bilan 
hisob-kitoblar hisobi
Yagona ijtimoiy to‘lovni, hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga 
majburiy badallar va ajratmalami hisoblash, to ‘lash va taqsimlash to ‘g ‘ri- 
sidagi Nizomga ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil
259


6-aprelda 1333-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq fuqarolaming 
majburiy sug‘urta badallari moliyalashtirish manbalaridan q at’iy nazar, 
soliq ushlanmalarini hisobga olishlarsiz, barcha ish haqi (daromad) 
turlariga hisoblanadi.
198/1 -«Sug'urta to‘lovlari (2,5 
%)
bo‘yicha pcnsiya fondi bilan hisob- 
kitoblar» subschyotida mehnat haqidan 2,5 % fuqarolaming majburiy 
sug‘urtalash bo‘yicha pensiya fondi bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi. 
Bu passiv subschyotdir. 198/l-«Sug‘urta to‘lovlari (2,5 %) bo ‘yicha 
pensiya fondi bilan hisob-kitoblar» subschyotining krediti bo'yicha 
fuqarolaming majburiy sug‘urtasi bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning 
mehnat haqidan ushlangan summalari, debeti bo‘yicha esa-ushlangan 
summalami pensiya fondiga o ‘tkazib berilishi qayd qilinadi.
Ishchi va xizmatchilarning mehnat haqidan ushlangan fuqarolaming 
majburiy sug‘urtasi summalari mehnat haqi va stipendiyalar hisob-kitob 
vedomostlari yoki hisob-kitob vedomostlarining yig‘imi (705-shakl) 
asosida hisoblangan mehnat haqining yagona ijtimoiy to ‘lov summasi 
aniqlanadigan summasidan kelib chiqqan holda oyda bir marta amalga 
oshiriladi.
T o‘lovlaming quyidagi turlaridan fuqarolaming majburiy sug‘urta 
to‘lovlari hisoblanmaydi:
1. Foydalanilmagan ta ’til uchun kompensatsiya;
2. Ishdan b o ‘shash chog‘idagi ishdan bo‘shash nafaqasi;
3. Moddiy yordam sifatida beriladigan turli xil pul nafaqalari;
4. Kompensatsiya to‘lovlari (xizmat safarlariga oid sutkalik pullar va 
sutkalik pul o ‘m iga to‘lanadigan to ‘lovlar, ish bilan bog‘liq shikastlanish 
yoki boshqa xildagi sog‘liqqa yetkazilgan zarar natijasida ko ‘rilgan 
zaraming qoplanishiga oid to'lovlar);
5. Ayrim toifadagi xodimlarga bepul beriladigan kvartiralar, kom­
munal xizmatlar, yoqilg'i, oylik yo‘l chiptalari qiymati yoki ulami 
qoplash qiymati;
6. Berilgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyafzal va yakka tartibdagi 
boshqa himoya vositalari, sovun, yog‘sizlantirish vositalari, sut va 
davolash-profilaktika ovqatlanishining qiymati;
7. Bepul ovqatlanish qiymati;


8. Tushliklarga oid dotatsiyalar, sanatoriy-kurortlarda davolanishga, 
dam olish uylariga yo‘llanmalaming qiymati, statsionar va ambulatoriyada 
davolanish uchun to ‘lovlar;
9. Ishlash uchun boshqa hududga o ‘tkazish, yoxud ko‘chib o ‘tish 
chog‘ida borish, mol-mulkni tashish va xonani ijaraga olish b o ‘yicha 
xarajatlarning qoplanishi;
10. Doimiy ishi yo‘lda o ‘tadigan yoki sayyoh tusga ega b o ‘lgan 
yoxud xizmat safarlari munosabati bilan bog'liq hollarda ish haqiga 
sutkalik to‘lov puli o ‘miga qo‘shimcha to‘lov va ustamalar;
11. Mchnat uchun taqdirlashlarsiz ishlangan kunlar (shanbaliklar, 
yakshanbaliklar va sh.k.) uchun tegishli budjet yoki xayriya fondlari 
hisobiga o ‘tkaziladigan ish haqi;
12. Ish haqi fondi (mehnatga haq to‘lash fondi) hisobidan o ‘tkaziladigan 
yubiley sanalari, tug'ilgan kunlar munosabati bilan, uzoq yillik va nuqsonsiz 
mehnat faoliyati, faol jamoatchilik ishi uchun va boshqa shunga o‘xshash 
hollarda rag‘batlantirish to‘lovlari (bunga mukofotlar ham kiradi);
13. Musobaqalar, ko‘riklar, tanlovlar va shu kabilarda sovrinli 
o ‘rinlar uchun bcriladigan pul mukofotlari;
14. Korxonalar va tashkilotlar tomonidan, ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda, o'qish uchun yuborilgan o ‘quvchilarga to‘lanadigan 
stipendiyalar;
15. Korxona, muassasa va tashkilotlar hisobidan yosh mutaxassislarga 
oliy yoki o ‘rta maxsus o ‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng ta ’til vaqti 
uchun to‘lanadigan nafaqalar;
16. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar, ishsizlik b o ‘yicha 
nafaqalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar.
Ishchi va xizmatchilaming mehnat haqidan va boshqa daromadlaridan 
pensiya fondiga ushlangan majburiy sug‘urta summasiga quyidagi 
buxgaltcriya provodkasi tuziladi:
Debet 180 - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 198/1 - «Sug'urta to‘lovlari (2,5 %) bo'yicha pensiya fondi bilan hisob- 
kitoblar» subschyoti.
Ishchi va xizmatchilaming mchnat haqidan va boshqa daromadlaridan 
ushlangan majburiy sug'urta summasi pensiya fondiga o ‘tkazib bcril- 
ganda quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:


Debet 198/1 -«S ug'urta to io v lari (2,5 %) bo'yicha pensiya fondi bilan hisob- 
kitoblar» subschyoti;
Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib 
olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka 

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish