Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat sektorining ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning samarali
faoliyatini amalga oshirish uchun davlat byudjeti daromadlarini etarli va
uzluksizligi ta’minlash zarur hisoblanadi. Ayniqsa, respublikamiz bir necha
yillardan buyon davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini
g’azna ijrosi bilan qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2016 yil 5 martdagi (ro’yxat raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli
byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda
mexanizmi bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish,
qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli
bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot
almashinuvini yo’lga qo’yish, shuningdek, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab
- 2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar respublikaning barcha hududlarida
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibi saqlab
qolingan holda daromadlarni g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning
- 2016 yilning 1 iyunidan byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi
- 2016 yil 1 iyulidan byudjet tizimining byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi
mexanizmi bilan respublikaning barcha hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini
byudjetning g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab olinishini tashkil etish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomondan Davlat soliq
ko’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan
tegishli organlar va tashkilotlar bilan birgalikda byudjet tizimi byudjetlariga
daromadlarni yig’ishda tranzit vazifasini bajarib kelayotgan 23402..., 23403...,
23411..., 23407..., 20205..., 20207... bank hisobraqamlari ma’lumotnomasi
(ro’yxati) asosida har bir daromad turiga (tranzit vazifasini bajarib kelayotgan
23402..., 23403..., 23411..., 23407..., 20205..., 20207... bankhisobraqamlariga
mutanosib ravishda) daromadlar bo’yicha shaxsiy g’aznahisobvaraqlari ochildi
va daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ma’lumotnomasi
shakllantirildi. Ma’lumotnoma (spravochnik), ya’ni daromadlar bo’yicha
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ro’yxati Moliya vazirligi tomonidan Markaziy
bank, Davlat soliq va bojxona qo’mitalari, shuningdek daromadlarni yig’ishga
vakolatli bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdim etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 martdagi
(ro’yxat raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasida
berilgan topshiriqlarning ijrosini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida Moliya
vazirligi, Moliya vazirligi G’aznachiligi, Davlat soliq qo’mitasi ma’sul
xodimlari, hududiy moliya, g’aznachilik va davlat soliq boshqarma boshliqlari
va ularning tuman va shahar bo’lim xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, tuman va shaharlarda)
2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuliga qadar respublikaning barcha hududlarida
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibi saqlab
qolingan holda daromadlarni g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning
sinov (test) jarayonini amalga oshirish bo’yicha g’aznachilik boshqarmalari
(bo’linmalari) boshchiligida soliq boshqarmalari (inspektsiyalari) va moliya
boshqarmalari (bo’limlari) mas’ul xodimlari faoliyati tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: