“Budjet hisobi” kafedrasi


  Respublika  g’azna  hisobraqami  va  hududiy  g’azna  hisobraqamlari-



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

2.  Respublika  g’azna  hisobraqami  va  hududiy  g’azna  hisobraqamlari-

ning alohida ishlash sharoitida davlat byudjeti daromadlarining tegishli 

byudjetlarga tushish tartibi

.   


Yuqorida  nomi  keltirilgan  2007-son  “Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi 

Qoidalari”da  respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlarini qo’llash sharoitida 

respublika  byudjeti,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy 

byudjetlarning  g’azna  ijrosini  amalga  oshirish  tartiblari  belgilab  berildi.  Unga 

ko’ra,  davlat  byudjetiga  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  to’lanadigan 

soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  banklar  tomonidan  o’rnatilgan  tartibda 

qabul  qilinadi  va  23402  (005)  “Respublika  byudjetining  mablag’lari” 

hisobvarag’iga  kirim  qilinadi  hamda  belgilangan  me’yorlarga  muvofiq, 

banklarda ochilgan tegishli byudjetlarning g’azna hisobvaraqlariga ajratiladi. 



Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlari  to’lovi  moliya  yili  uchun 

ajratilgan  byudjet  mablag’lari  doirasida  tasdiqlangan  (aniqlangan)  xarajatlar 

smetalari,  shuningdek  2007-son  Qoidalarga  muvofiq  ro’yxatga  olingan, 

byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  mahsulot  etkazib  beruvchilar  bilan  tuzgan 

shartnomalari asosida: 

respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  bo’yicha  — 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  yoki  uning  hududiy 

bo’linmalari tomonidan Qoidalarda belgilangan tartibda; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  yoki  mahalliy  byudjetlardan 

moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha — O’zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi G’aznachiligining hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga 

oshiriladi. 



Respublika 

g’azna 

hisobvarag’i

Respublika 



byudjetidan 

moliyalashtiriladigan  barcha  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  g’azna  ijrosi  bilan 

to’liq  qamrab  olingunga  qadar,  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

G’aznachiligiga Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-

kitob  kassa  markazida  (HKKM)  23402  (006)  balans  raqami  bilan  Respublika 

g’azna hisobvarag’i (RG’H) ochiladi. 

RG’H  ga  respublika  byudjetining  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab  olingan 

byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  kassa  xarajatlarini  amalga  oshirish  uchun 

mablag’lar  HKKM  da  23402  (005)  hisobvarag’i  bilan  ochilgan  respublika 

byudjetining asosiy hisobvarag’idan tushadi. 

RG’H  dagi  mablag’lar  taqsimlovchisi  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi G’aznachiligi hisoblanadi. 

Respublika  byudjetidan  moliyalashtirishni  amalga  oshirish  uchun 

ajratilgan  byudjet  mablag’larining  bosh  taqsimlovchisi  hisoblangan  byudjetdan 

mablag’  oluvchilar,  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  tarmoq 

boshqarmalariga  byudjetning  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab  olingan  har  bir 

byudjetdan  mablag’  oluvchi bo’yicha  sertifikat  summasining  yoyilmasini ilova 

qilgan  holda,  shuningdek  byudjetning  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab  olinmagan, 

quyi  turuvchi  byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  mablag’larni  o’tkazish  uchun 

byudjet mablag’lari bosh taqsimlovchilarining byudjet depozit hisobvaraqlariga 

o’tkazilishi lozim bo’lgan qismi bo’yicha mablag’larni RG’H ga o’tkazish uchun 

rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadilar. 




Tarmoq boshqarmalari byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim 

qilingan  tayinlash  sertifikatlarini  o’rnatilgan  tartibda  tekshirganlaridan  so’ng, 

ularni ijro uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti 

Bosh boshqarmasiga (DBBB) taqdim etadi.  

DBBB byudjetdan mablag’ oluvchilarning tayinlash sertifikatlari asosida 

respublika  byudjetining  asosiy  hisobvarag’idan  RG’Hga  mablag’  o’tkazish 

uchun to’lov topshiriqnomalarini o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va ularni 

HKKMga ijro uchun taqdim qiladi. 

23402 (005) hisobvarag’idan respublika g’azna hisobvarag’iga mablag’lar 

o’tganligini  tasdiqlovchi  HKKMdan  shaxsiy  hisobvaraqdan  ko’chirmalar 

olinganidan  so’ng,  DBBB  ijro  etilgan  tayinlash  sertifikatlarining  birinchi 

nusxalarini  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligiga  taqdim 

etadi. 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  (moliyalashtirish  saqlangan  sharoitda  - 

RG’Hda  moliyalashtirilgan  mablag’lar  mavjud  bo’lganda)  O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligiga RG’Hdan mablag’larni mahsulot 

etkazib  beruvchilarning  bevosita  bank  hisobvaraqlariga  yoki  qonunchilikda 

nazarda tutilgan maqsadlarga o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalarni qoidaga 

ko’ra, mablag’larni o’tkazish sanasidan bir kun oldin taqdim etadi. 

Respublika  byudjeti  qaramog’ida  bo’lgan  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilarning  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  (ota-onalarning  maktabgacha 

ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to’lovlari, ota-onalarning musiqa 

va  san’at  maktablarida  bolalarni  o’qitish  uchun  to’lovlari,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari  ishchilaridan  ovqatlanish  uchun  tushgan  tushumlar,  shuningdek 

ijtimoiy ta’minot organlaridan byudjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy 

nafaqa  to’lash  uchun  tushgan  mablag’lar)  o’rnatilgan  tartibda  RG’Hga  kirim 

qilinadi. 

 Joriy  yilda  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  joriy  moliya  yili  uchun 

kelib  tushgan  debitorlik  qarzlari  summasi  kassa  xarajatlarini  tiklash  orqali 

RG’Hga  kirim  qilinadi  (byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  shartnomalar 

tuzmasdan  amalga  oshiriladigan  to’lovlari  bo’yicha  yuridik  va  moliyaviy 

majburiyatlar). 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  o’tgan  yilgi  debitorlik  qarzlarining 

joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, 

asosiy  vositalarni  sotishdan  va  inventarizatsiya  (tekshirish)  natijalari  bo’yicha 

kelib tushgan summalar RG’Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar 




byudjetdan mablag’ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami 

(ShHR)  bilan  ochilgan,  23402  (005)  “Respublika  byudjeti  mablag’lari” 

daromadlar  tranzit  hisobvaraqlari  orqali  respublika  byudjetining  daromadlariga 

o’tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.  

 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish