“Budjet hisobi” kafedrasi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

 

3.

 

G’aznachilik hisobraqamlaridan byudjet xarajatlarini to’lash 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  tomonidan  pul  mablag’lari  o’tkazilishi 

quyidagi  talablarga  asoslangan  to’lov  topshiriqnomalari  bilan  G’aznachilik 

organlari tomonidan amalga oshiriladi: 

 

moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetalari asosida 



va  byudjet  mablag’lari  bo’yicha  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  bank 

hisobraqamlarida  mavjud  bo’lgan,  xarajatlarning  tegishli  guruhlari  bo’yicha 

byudjet mablag’lari qoldiqlarining summalari doirasida; 

 



agar  to’lov  topshiriqnomasida  ko’rsatilgan  summa  moliya  organida 

ro’yxatdan  o’tkazilgan  shartnomaga  ko’ra  to’lanadigan  pul  mablag’lari 

summasidan oshmasa; 

 



tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  etkazib  berilishini  va  byudjetdan  mablag’ 

oluvchining  etkazib  beruvchidan  qarzi  mavjudligini  tasdiqlaydigan  hisobvaraq-

fakturalar  yoki  boshqa  hujjatlar,  shuningdek  byudjetdan  mablag’  oluvchi 

zimmasiga  etkazib  beruvchiga  bo’nak  to’lovini  o’tkazish  majburiyatini 

yuklaydigan hujjatlar bo’lganida; 

 



etkazib  beruvchining  to’lov  topshiriqnomasida  ko’rsatilgan  nomi  va 

rekvizitlari  etkazib  beruvchining  shartnomada  ko’rsatilgan  nomi  va 

rekvizitlariga muvofiq bo’lsa; 

 



to’lov  topshiriqnomasida  byudjet  tasnifining  tegishli  kodlari  to’g’ri 

ko’rsatilgan bo’lsa. 

Etkazib  beriladigan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  uchun  xarajatlarni  to’lash 

bo’yicha  to’lovlarni,  shu  jumladan  bo’nak  to’lovlarini  amalga  oshirish  uchun 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  moliya  organiga  belgilangan  tartibda 

rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar: 

a) 

besh  nusxada,

  agar  G’aznachilik  bo’linmasi  va  mahsulot  etkazib 

beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilsa: 

-

 



birinchi  nusxasi

  -  byudjetdan  mablag’  oluvchining  tegishli  mansabdor 

shaxslari  tomonidan  imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  to’lov 

topshiriqnomasining  nusxasi  -  byudjetdan  mablag’  oluvchining  g’aznachilik 

bo’linmasiga  byudjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’idan  kassa 

xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;  

-

 

ikkinchi nusxasi



 - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi 

tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi 

va bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun 

asos bo’ladi;  

-

 

uchinchi  nusxasi



  -  bank  filialining  to’langanlik  to’g’risidagi  belgisi 

bilan mahsulot etkazib beruvchiga beriladi;  




-

 

to’rtinchi  nusxasi

  -  bank  filialining  to’langanlik  to’g’risidagi  belgisi 

bilan  g’azna  hisobvarag’idan  ko’chirmaga  ilova  qilinadi  va  g’aznachilik 

bo’linmasiga  byudjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’ida  kassa 

xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi;  

-

 

beshinchi  nusxasi



  -  G’aznachilik  bo’linmasining  “TO’LANGAN” 

belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan holda byudjetdan mablag’ oluvchining 

shaxsiy  hisobvarag’idan  ko’chirma  bilan  birgalikda  byudjetdan  mablag’ 

oluvchining vakolatli xodimiga beriladi. 

b) 

to’rt  nusxada,

  agar  G’aznachilik  bo’linmasi  va  mahsulot  etkazib 

beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat ko’rsatilsa: 

-

 



birinchi  nusxasi

  -  byudjetdan  mablag’  oluvchining  tegishli  mansabdor 

shaxslari  tomonidan  imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  to’lov 

topshiriqnomasining  nusxasi  -  byudjetdan  mablag’  oluvchining  g’aznachilik 

bo’linmasiga  byudjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’idan  kassa 

xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;  

-

 

ikkinchi nusxasi



 - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi 

tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi 

va bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun 

asos bo’ladi; 

-

 

uchinchi  nusxasi



  -  bank  filialining  to’langanlik  to’g’risidagi  belgisi 

bilan  g’azna  hisobvarag’idan  ko’chirmaga  ilova  qilinadi  va  g’aznachilik 

bo’linmasiga  byudjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’ida  kassa 

xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi; 

-

 

to’rtinchi  nusxasi



  -  G’aznachilik  bo’linmasining  “TO’LANGAN” 

belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan holda byudjetdan mablag’ oluvchining 

shaxsiy  hisobvarag’idan  ko’chirma  bilan  birgalikda  byudjetdan  mablag’ 

oluvchining vakolatli xodimiga beriladi. 

v) 

uch nusxada,

 agar G’aznachilik bo’linmasi hamda unga xizmat ko’rsa-

tuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa: 

-

 



birinchi  nusxasi

  -  byudjetdan  mablag’  oluvchining  tegishli  mansabdor 

shaxslari  tomonidan  imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  to’lov 

topshiriqnomasining  nusxasi  -  byudjetdan  mablag’  oluvchining  g’aznachilik 

bo’linmasiga  byudjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’idan  kassa 

xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi; 

-

 

ikkinchi nusxasi



 - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi 

tomonidan imzolanadi, G’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi 

va  g’azna  hisobvarag’idan  xarajatlar  to’lovini  amalga  oshirish  uchun  asos 

bo’ladi.  

-

 

uchinchi  nusxasi



  -  G’aznachilik  bo’linmasining  “To’langan”  belgisi 

bilan va to’langan sana qo’yilgan holda byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy 

hisobvarag’idan  ko’chirma  bilan  birgalikda  byudjetdan  mablag’  oluvchining 

vakolatli xodimiga beriladi. 




Moliya  organlari  byudjetdan  mablag’  oluvchi  taqdim  etgan  hujjatlarni 

ularning  talablarga  muvofiqligi  masalasida  tekshiradilar.  Byudjetdan  mablag’ 

oluvchilar  taqdim  etgan  to’lov  va  boshqa  hujjatlar  Nizom  talablariga  muvofiq 

kelmasa,  moliya  organi  ularni  byudjetdan  mablag’  oluvchiga  qaytarib,  to’lov 

topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik 

sabablarini ko’rsatadi. 

 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish