moliyasini boshqarishni isloh qilish soxasidagi amalga oshirilayotgan yutuqlar
qatorida, g’aznachilik tizimining joriy qilinishi va bu borada qo’lga kiritilayotgan
yutuqlar islohotlar samarasining dalolatidir. G’aznachilik tizimining joriy
Budjetning g’azna ijrosiga oid xorijiy adabiyotlarda g’aznachilik tizimiga
Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons,
Perspectives of Innovations, Economics and Business Volume 2. 2009.P -50.
197
“G’azna” inglizcha “treasure trove” co’zidan olingan bo’lib, insonlar
tomonidan ma’lum bir maqsadlarda erga ko’milgan oltin va kumushning topilishi
hamda bu topilma podsholarga tegishli bo’lganligini anglatadi. Boshqa iqtisodiy
adabiyotlarda “g’aznachilik” – terminiga iktisodiy kategoriya sifatida ikki xil
ta’rif beriladi. G’aznachilik – davlat budjeti kassasini ta’minlaydigan va davlat
moliyasini boshqaradigan maxsus davlat organidir. G’aznachilik –
mamlakatning moliya siyosatiga va iqtisodiyotni boshqarishga javob beradigan
vazirlikdir.
G’aznachilik - Maxsus davlat moliya organi bo’lib davlat budjetining ijrosini
ta’minlaydi, o’zida yagona markazlashgan pul fondlarini shakllantiradi,
shuningdek davlat tomonidan soliqlari yig’ish va ulardan foydalanishni
ta’minlaydi. Ko’pchilik hollarda g’aznachilik Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi
yagona tamoyillarga asoslangan tizimdir. AQSh, Avstraliya, Braziliya kabi
davlatlarda budjet ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshiriladi.
“G’aznachilik-davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning yangi
usulidan foydalanishdir. Davlat budjetining barcha daromadlarini jamlash va
taqsimlashdagi yangicha tamoyil va mexanizmlarni amalga qo’llashdir.
Qolaversa, budjetning xar bir so’mini oqilona ishlatishni ta’minlovchi yangicha
mexanizmdir. Hozirgi kunda ko’plab horijiy davlatlarda, jumladan, Frantsiya,
Shvetsiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa
mamlakatlar budjet ijrosini g’aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi”
1
.
G’aznachilik faoliyatini tashkil etishning dastlabki boskichdagi chora-tadbirlari
mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga hamda
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga budjetdan
mablag’lar oluvchilar bilan mahsulot etkazib beruvchilar o’rtasidagi
shartnomalarni g’aznachilik organlarida ro’yxatdan o’tkazish va tuzilgan
shartnomalarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishni nazorat qilish bilan
boshlandi.
Xorijiy mamlakatlarda Markaziy bankning paydo bo’lishi va tijorat banklari
tizimining takomillashuvi g’aznachilik tizimining quyidagi o’zgarishlariga
olib keldi:
tangalar yasash va pul emissiyasi Markaziy banklar zimmasiga o’tdi;
qarz majburiyatlarini tasdiqlovchi qimmatbaho qog’ozlar miqdorini
boshqarish ham Markaziy Bankka berildi;
bank tizimining poytaxtdan boshqa savdo va sanoat markazlariga tarmoq
yoyishi, davlat tomonidan to’lovlar olish va berish funktsiyalari ham
banklarga topshirildi;
“G’azna” aholi omonotlarini qabul qiluvchi bank muassasasiga aylandi.
1
Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons,
Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010.
.
198
Davlat budjetining kassa ijrosi jarayonida g’aznachilik tizimining modellari
turlicha bo’lib, ularning vazifalari bir-biridan farqlanadi. G’aznachilikda budjet
mablag’lari xarajatlari uch bosqichga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: