“Budjet hisobi” kafedrasi


-MAVZU. BUDJET G’AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

12-MAVZU. BUDJET G’AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI 

 

Reja: 

 

1. Xorijiy mamlakatlar g’aznachilik tizimlarining xususiyatlari 

2. Budjet tizimini boshqarishda g’aznachilik mexanizmining modellari 

 

        3. AQSh va Rossiya Federatsiyasida g’aznachilik tizimi faoliyati 

        4. Xorijiy tajribalar asosida g’aznachilik tizimini takomillashtirish 

yo’nalishlari 

 

1. Xorijiy mamlakatlar g’aznachilik tizimlarining xususiyatlari 

O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  misolida,  davlat 

moliyasini  boshqarishni  isloh  qilish  soxasidagi  amalga  oshirilayotgan  yutuqlar 

qatorida, g’aznachilik tizimining joriy qilinishi va bu borada qo’lga kiritilayotgan 

yutuqlar  islohotlar  samarasining  dalolatidir.  G’aznachilik  tizimining  joriy 

qilinishi budjet ijrosining samarasini keskin oshirishni ta’minlamoqda.  

     Budjetning    g’azna  ijrosiga  oid    xorijiy  adabiyotlarda  g’aznachilik  tizimiga 

quyidagicha  ta’rif  beriladi, 



”G’aznachilik  tizimi  budjetdan  mablag’ 

oluvchilarning  majburiyatini  ijroga  qabul  qiladi.  Keyin  taqdim  qilingan 

mahsulotlar  va  ko’rsatilgan  xizmatlar  uchun  g’aznachilik  ularning  nomidan  va 

ularning  topshirig’iga  binoan  vakolatni  o’ziga  oladi.  Budjet  mablag’larini 

maqsadli  ishlatilishini  ta’minlash  asosida  to’lovni  amalga  oshiradi.     

G’aznachilik  bo’linmalari  budjet  tashkilotlari  va  boshqa  budjetdan  mablag’lar 

oluvchilarga  naqd  pul  to’lash  uchun  banklarning  vakolatli  muassasalarida 

maxsus  tranzit  g’aznachilik  hisobraqami  ochadi.  Har  bir  tranzit  hisobraqamga 

joylashuv  o’rniga  bog’liq  tarzda  naqd  pul  mablag’lari  oluvchi  budjet 

tashkilotlari  biriktirilishi lozim. Banklarning vakolatli muassasalari G’aznachilik 

tomonidan  yozib  berilgan  chek asosida  mazkur  tranzit hisobraqamlardan  budjet 

tashkilotlariga naqd pul mablag’lari berishni amalga oshiriladi”

1



 



“Budjet  ijrosining  g’aznachilik  tizimini  bosqichma-bosqich    joriy  qilish 

budjet  mablag’larini    to’liq  va  samarali  ishlatilishining  dastlabki  va  joriy  

nazoratini  ta’minlaydi:  Dastlabki  nazorat  -  shartnomalarni    ro’yxatga  olish 

jarayonida,    joriy  nazorat    budjetdan  mablag’  oluvchilarni    xarajatlariga 

mablag’ni to’lashda amalga oshiriladi”

2

.      

                                                           

1

 Steven  M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, 



Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010. 

 

2



Pulatov  D.  Voprosi  sovershenstvovaniya  gosudarstvennogo  finansovogo  kontrolya  v  Uzbekistane.  //  

Perspectives of Innovations, Economics and Business Volume 2. 2009.P -50. 

 



197 

 

    “G’azna”  inglizcha  “treasure  trove”  co’zidan  olingan  bo’lib,  insonlar 



tomonidan ma’lum bir maqsadlarda erga ko’milgan oltin va kumushning topilishi 

hamda bu topilma podsholarga tegishli bo’lganligini anglatadi.    Boshqa iqtisodiy 

adabiyotlarda    “g’aznachilik”  –  terminiga    iktisodiy  kategoriya  sifatida  ikki  xil 

ta’rif beriladi.  G’aznachilik  –  davlat  budjeti   kassasini  ta’minlaydigan va davlat 

moliyasini    boshqaradigan    maxsus  davlat  organidir.  G’aznachilik  – 

mamlakatning  moliya siyosatiga va iqtisodiyotni  boshqarishga javob beradigan  

vazirlikdir. 

G’aznachilik - Maxsus davlat moliya organi bo’lib davlat budjetining ijrosini 

ta’minlaydi,  o’zida  yagona  markazlashgan  pul  fondlarini  shakllantiradi, 

shuningdek  davlat  tomonidan  soliqlari  yig’ish  va  ulardan  foydalanishni 

ta’minlaydi. Ko’pchilik hollarda g’aznachilik Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi 

yagona  tamoyillarga  asoslangan  tizimdir.  AQSh,  Avstraliya,  Braziliya  kabi 

davlatlarda budjet ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshiriladi. 

      “G’aznachilik-davlatning  moliyaviy  resurslarini  boshqarishning  yangi 

usulidan  foydalanishdir.  Davlat  budjetining  barcha  daromadlarini  jamlash  va 

taqsimlashdagi  yangicha  tamoyil  va  mexanizmlarni  amalga  qo’llashdir. 

Qolaversa,  budjetning  xar  bir  so’mini  oqilona  ishlatishni  ta’minlovchi  yangicha 

mexanizmdir.  Hozirgi  kunda  ko’plab  horijiy  davlatlarda,  jumladan,  Frantsiya, 

Shvetsiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa 

mamlakatlar  budjet  ijrosini  g’aznachilik  tizimi  orqali  amalga  oshiriladi”

1



G’aznachilik  faoliyatini  tashkil  etishning  dastlabki  boskichdagi  chora-tadbirlari 



mahalliy  budjetlardan  moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlariga  hamda 

respublika  budjetidan  moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlariga  budjetdan 

mablag’lar  oluvchilar  bilan  mahsulot  etkazib  beruvchilar  o’rtasidagi 

shartnomalarni  g’aznachilik  organlarida  ro’yxatdan  o’tkazish  va  tuzilgan 

shartnomalarga  qo’shimcha  va  o’zgartirishlar  kiritishni  nazorat  qilish  bilan 

boshlandi.  

     Xorijiy  mamlakatlarda  Markaziy  bankning  paydo  bo’lishi  va  tijorat  banklari 

tizimining  takomillashuvi    g’aznachilik    tizimining    quyidagi      o’zgarishlariga 

olib keldi: 

 



tangalar yasash va pul emissiyasi  Markaziy banklar zimmasiga o’tdi; 

 



qarz  majburiyatlarini  tasdiqlovchi    qimmatbaho  qog’ozlar  miqdorini 

boshqarish ham Markaziy  Bankka berildi; 

 

bank  tizimining  poytaxtdan  boshqa  savdo  va  sanoat  markazlariga    tarmoq 



yoyishi,  davlat  tomonidan  to’lovlar  olish  va  berish  funktsiyalari    ham 

banklarga topshirildi; 

 

“G’azna”  aholi  omonotlarini qabul qiluvchi bank muassasasiga aylandi.  



                                                           

1

 Steven  M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, 



Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010. 

.  


 


198 

 

Davlat budjetining kassa ijrosi jarayonida g’aznachilik  tizimining modellari 



turlicha  bo’lib,  ularning  vazifalari  bir-biridan  farqlanadi.  G’aznachilikda  budjet 

mablag’lari xarajatlari uch bosqichga bo’linadi: 




Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish