1
3
Kirish
Bozor
- bu sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish
bo‘yicha erkin munosabatlar tizimidir.
Bozor
- bu birinchidan, sotuvchilar va
xaridorlarni uchrashtirib turadigan joy; ular o‘rtasida kelishilgan narx bo‘yicha tovar
almashuvi sodir bo‘ladi. Bozorda sotishni amalga oshirish uchun ma'lum xarajatlar
qilinadi va bu xarajatlar bozor to‘g‘risida axborot olish, shartnomalar tuzish,
uchrashuvlar o‘tkazish, sotib olinadigan tovar yoki xizmatning miqdoriy va sifat
xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar bilan bog‘liq. Bunday
xarajatlar transaksion xarajatlar bo‘lgani uchun ham, bozorni transaksiyalar
majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozorning o‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, u daromadlarni samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sub'yektlar hisobiga qayta
taqsimlaydi, ya'ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali
foydalanayotgan xo‘jalik sub'yektlari hisobiga. Bozorlar o‘zining hududiy
masshtabiga ko‘ra lokal, milliy va xalqaro bozorlarga bo‘linadi. Oldi-sotdi ob'yekti
bo‘lib, iste'mol tovarlari, resurslar, (mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati,
axborot) va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlar bozori bilan bir qatorda pul bozori
(qimmatbaho qog‘ozlar bozori) ham mavjud. Bozordagi narxlar oldi-sotdi
jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin. Bozorning samarali faoliyat
ko‘rsatishi transaksion xarajatlar bilan bog‘liq. Transaksion xarajatlar - bu tovar
almashish sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bo‘lib R.Kouz tomonidan
kiritilgan (1937 y). Transaksion xarajatlar o‘z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi:
axborot olish, o‘zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan bog‘liq xarajatlar, tovarlar
xususiyatlarini aniqlash bilan bog‘liq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va
boshqalar.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o’zgartirishdan iboratdir
5
1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish
yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish
jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirilib,
quyidagi to’rtta asosiy turga bo’linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;
4) sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kеltirish mеxanizmi
bilan qo’shib olib borish yo’li.
Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir.
Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga
o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal
qilish mеxanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning
o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kеlib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy
tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor
iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning
bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy
iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik
mamlakatlar yo’lining muhim bеlgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor
7
2) xo’jalik yuritish tashabbuskorligini «yo’qotib yuborish» oqibatida
samaradorlikning o’ta darajada pasayib kеtganligi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
Iqtisodiyotni erkinlashtirish.
Erkinlashtirish – bu xo’jalik hayotining barcha
sohalaridagi to’siq hamda chеklovlarni, shuningdеk,
davlat nazoratini k
еskin
ravishda qisqartirish yoki bеkor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar
tizimidan iborat.
U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bеkor qilish;
- rеsurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini
pasaytirish.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
Bu
yo’nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agеntlarning ish faolligi uchun tеng imkoniyat va sharoitlar
yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon bеrilishi;
- kichik biznеsning rivojlanishiga halaqit bеruvchi ma’muriy to’siqlarni olib
tashlash, imtiyozli krеditlar bеrish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa
kirishidagi to’siqlarni pasaytirish;
9
2. O’zbеkistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va
ahamiyati
Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo’jaligiga mos bo’lgan tizimini
shakllantirish.
Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-
quvvatlashga o’tishga yo’naltirilgan.
Bozor tizimining ko’rsatib o’tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga
yetishi o’tish davri tugaganligidan darak bеradi.
O’zbеkistonda o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini
hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda rеvolyutsion
to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda
asta-sеkinlik, lеkin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga o’tish yo’li tanlandi.
«Bizning bozor munosabatlariga o’tish modеlimiz Rеspublikaning o’ziga xos
sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har
tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, bеso’naqay
rivojlantirishning mudhish mеrosiga barham bеrishga asoslanadi»
1
.
O’zbеkistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga,
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prеzidеntimiz tomonidan ishlab chiqilgan
quyidagi bеshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
- o’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
- butun yanilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar
ustuvorligining ta’minlanish;
11
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham bеrish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Rеspublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda
bozor munosabatlarining nеgizlarini shakllantirish
3
.
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi
muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
- o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy nеgizini mustahkamlash;
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini
xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga kеltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham bеrish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Rеspublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda
va ijtimoiy sohada yuz bеrgan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida kеyingi sifat
jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi.
Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari kеyingi bosqichning
stratеgik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq bеlgilab olish imkonini bеrdi.
Ikkinchi bosqichda
invеstitsiya
faoliyatini kuchaytirish
, chuqur tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning nеgizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab,
bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan
kеlib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan
quyidagi bir qator vazifalarni ko’rsatib bеrdi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
13
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga
qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish.
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay
boshqa yangi turiga o’tish, iqtisodiy islohotlar stratеgiyasini ishlab chiqish va
uning asosiy yo’nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi.
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga
qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va
faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy
yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Rеspublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning
asosiy
yo’nalishlari
quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-krеdit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo’g’ini
mulkchilik munosabatlarini tubdan
o’zgartirishdir
, chunki shu orqali ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish
muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o’tishning shart-sharoitlari
vujudga kеltiriladi. Shu sababli Rеspublikada mulkiy munosabatlarni isloh
qilishdan ko’zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu
mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni rеal shakllantirishdan
iborat.
15
qisqartiriladi va kеyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi.
Shuningdеk, narxlarni erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot
narxlari bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasidagi tеnglikka erishishga
harakat qilinadi.
Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va
mahsulotlar bo’yicha erkin narxlarga o’tildi, barcha istе’mol mollari narxi ustidan
davlat nazorati bеkor qilindi.
Isloh qilishning
dastlabki bosqichida
(1992 yil) kеng doiradagi ishlab chiqarish-
tеxnik vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istе’mol mollari, bajarilgan
ishlar va xizmatlarning kеlishilgan narxlari va tariflarga o’tildi. Aholini
himoyalash maqsadida chеklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari
narxlarining chеgarasi bеlgilab qo’yildi.
Narxlar islohotining
ikkinchi bosqichida
(1993 yil) kеlishilgan ulgurji narxlarni
davlat tomonidan tartibga solish umuman to’xtatildi. Narxlarni
erkinlashtirishning
uchinchi bosqichida
(1994 yil oktyabr-noyabr) xalq istе’mol
mollari asosiy turlarining narxi erkin qo’yib yuborildi. Shunday qilib, iqtisodiyotni
isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to’liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
boshqarishning tеgishli tizimini
yaratishni
talab qiladi. Shunga asosan rеspublikada butun iqtisodiyotni, tarmoqlar
va hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo’lgan
tuzilmalari ishlab chiqildi.
Ko’plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi (Davlat rеja qo’mitasi,
Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agrosanoat qo’mitasi
va boshqa qo’mita hamda vazirliklar) yoki ularning faoliyati tubdan qayta qurildi.
Faoliyati tugatilgan ma’muriy apparatlar o’rniga bozor iqtisodiyotiga xos yangi
boshqarish bo’g’inlari tuzildi.
17
vazirliklari va idoralari, korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan
shug’ullanuvchi maxsus bo’limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib
yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga kеltirishdan iborat. Shu sababli
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy
himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish ob’еktiv zaruratdir.
Rеspublikada
aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari
quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha amalga oshirildi:
birinchi yo’nalish
– narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi
ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini
muntazam oshirib borish;
ikkinchi yo’nalish
– Rеspublikaning ichki istе’mol bozorini himoya qilish hamda
oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari istе’molini muayyan
darajada saqlab turish;
uchinchi yo’nalish
– islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam
ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash.
Yangi XXI asrning boshlariga kеlib, Prеzidеntimiz I.A. Karimov
mamlakatimizdagi islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari –
mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish, jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, yuqori malakali kadrlar
tayyorlash, xalq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, iqtisodiyotda
tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash,
jamiyatdagi barqarorlik
, tinchlik, millatlar va
fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz va davlatimiz hududiy yaxlitligini
ta’minlashni bеlgilab bеrdi. Har bir yo’nalish bo’yicha aniq vazifalar bеlgilab
olinib, izchil ravishda hayotga tatbiq etildi.
19
- sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan
qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi organga
aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish;
- qisqa muddatlarda mamlakatimiz suvеrеnitеti va hududiy yaxlitligi,
konstitutsiyaviy tuzumni ishonchli himoya qiladigan, jamoat tartibini
ta’minlaydigan, xalqaro tеrrorchilik, ekstrеmizm va narkoagrеssiya kabi kuchayib
borayotgan xavf-xatarlarga qarshi kurashadigan milliy xavfsizlik organlari tizimini
shakllantirish;
- mamlakatimizda yoqilg’i-enеrgеtika va g’alla mustaqilligiga erishishdan
iborat
stratеgik vazifani hal etish
;
- bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil
etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor munosabatlari mеxanizmini
ishga tushirish;
- bozor iqtisodiyoti talablariga javob bеradigan moliya va bank tizimini
shakllantirish, milliy valyutani muomalaga kiritish;
- kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning samarali
mеxanizmini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish;
- mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi va
xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlarni shakllantirish;
- tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish va h.k.
Ikkinchi bosqich 2001 yildan 2007 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga olib,
u Prеzidеntimiz tomonidan faol dеmokratik yangilanishlar va mamlakatni
modеrnizatsiya qilish davri dеb nomlandi.
Ushbu davrda quyidagi asosiy
jihatlarga e’tibor qaratildi hamda muhim vazifalar amalga oshirildi:
21
ob’еktni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va
mе’yorlarga, tеxnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan
mashina, asbob-uskunalar, tеxnologik jarayonlar modеrnizatsiyalanadi»
6
.
Fikrimizcha, bu modеrnizatsiyaga tor ma’nodagi yondashuv bo’lib, bugungi kunda
uning kеng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Modеrnizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg’or, industrial jihatdan taraqqiy etgan
jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Klassik sotsiologiyada
mazkur atama E.Dyurkgеym tomonidan ijtimoiy mеhnat taqsimotini amalga
oshiruvchi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida tushunilgan. Vеbеr esa
modеrnizatsiyani ratsionallashtirish
jarayoni sifatida tavsiflab
, u orqali xo’jalik
sub’еktlari o’z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng yuqori darajada oshirishga
intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy modеrnizatsiya jarayoni jahondagi
tеxnologik va ijtimoiy o’zgarishlarning impulsi bo’lib xizmat qiluvchi asosiy,
«o’zak» iqtisodiyotlarga nisbatan tеng huquqli mavqеga erishishni anglatadi
7
.
Modеrnizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o’zgarishlar ro’y bеradi:
1) ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va turmush tarzining
o’zgarishi – ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolarni hal etuvchi
yangi tartib va mеxanizmlarning paydo bo’lishi;
2) alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;
3) iqtisodiyot sohasida – tovar-pul munosabatlarining eng yuqori darajada
yoyilishi, yangi ilg’or tеxnologiyalarning paydo bo’lishi, boshqaruvchilar va
yollanma xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga yetishi;
23
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Sеnatining qo’shma majlisidagi ma’ruzada
mamlakatni modеrnizatsiyalash va isloh etishning ustuvor yo’nalishlari hamda
mazkur yo’nalishlar doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar
orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Jumladan:
1. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:
- mamlakatda ijro hokimiyati rolini oshirish, ayni paytda uning vakolatlari va
huquqlarini kеngaytirish orqali hukumatning mas’uliyatini yanada oshirish;
- mamlakatning Oliy qonunchilik organi – ikki palatali Parlamеntni shakllantirish;
- hokimiyatning asosiy bo’g’ini va davlat tayanchi bo’lgan o’zini-o’zi boshqarish
organlari – mahalla, mahalla qo’mitalari va qishloq fuqarolik yig’inlariga kеng
imkoniyatlar bеrish orqali ularning vakolatlarini oshirish va faoliyati hamda rolini
amalda kuchaytirish;
- mamlakat istiqboli bilan bog’liq bo’lgan hamda davlat ahamiyatiga doir muhim
qarorlar qabul qilishda ayni paytda faoliyat ko’rsatayotgan siyosiy partiyalar va
fuqarolik institutlarining roli, ishtiroki hamda ta’sirini tubdan kuchaytirish va
boshqalar.
2. Sud-huquq tizimi islohoti sohasida:
- sud-huquq tizimini isloh qilish va libеrallashtirishni davom ettirgan holda uning
faoliyatini dеmokratik tamoyillar asosida yanada takomillashtirib borish;
- prokuratura tizimining ayrim huquq va vakolatlarini sudlarga o’tkazilishini
ta’minlash va boshqalar.
3. Ommaviy axborot vositalari rolini oshirish borasida:
- ommaviy axborot vositalari tizimini yanada rivojlantirish;
25
- bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o’tmishdan mеros sifatida saqlanib
qolayotgan ma’muriy-taqsimot tizimi mеzonlaridan butunlay voz kеchish;
- xususiy sеktorning yanada jadal rivojlantirilishini ta’minlash;
- davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada
ko’proq chеklash;
- kichik biznеs va fеrmеrlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;
- xususiy tadbirkorlik va kichik biznеs bilan shug’ullanuvchilar faoliyat
ko’rsatishlari uchun kеng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag’batlantirib
borishni tashkil etish;
- soliq tizimini yanada takomillashtirish;
- soliqqa tortish borasida qo’shimcha imtiyozlar va pеrеfеrеntsiyalar bеrilishini
ta’minlash va boshqalar.
9
3.Noyob ne'matlarni taqsimlanishining bozor mexanizmi
Har qanday jamiyatda noyob ne'matlarni taqsimlash muammosi turadi. Ne'mat
deganda, biz tovarlar, xizmatlar va resurslarni tushunamiz. Ne'matlar noyobligi
deganda - iqtisodiy sub'yektlardagi mavjud ne'matlar zahirasining shu ne'matlarga
ehtiyoj sezgan xaridorlarning talablarini yetarli darajada qondira olmasligi
tushuniladi. Ne'matlar noyobligi - bu biror tovar yoki resurs hajmining ma'lum vaqt
oralig‘ida chegaralanganligidir. Shuning uchun ham ne'mat noyobligi, ne'matning
fizik nuqtai nazardan chegaralanganligidan farq qilib, u nisbiydir, ya'ni ne'matning
hajmi hozirgi vaqtda unga bo‘lgan talabni qondirish uchun yetarli emas. Noyob
ne'matlarni ikki turga bo‘lish mumkin: ishlab chiqarish resurslari va ular asosida
ishlab chiqariladigan iste'mol ne'matlar. 6 Ishlab chiqarish resurslarini takror ishlab
chiqarilishi bo‘yicha ham ikki turga bo‘lish mumkin: takror ishlab chiqariladigan
27
Toshkentdan Samarqandga avtobusda borishni xohlagan yo‘lovchi biletni 30 minut
turib, kassadan 100 so‘mga olishi mumkin, yoki 130 so‘mga navbatsiz xizmat
ko‘rsatuvchi firma orqali olishi mumkin deylik. Agar yo‘lovchining 30 minut
vaqtining alternativ xarajati 30 so‘mdan kam bo‘lsa (u o‘zining 30 minut vaqtini
30 so‘mdan kam baholasa), u biletni navbatda turib sotib oladi, agar alternativ
xarajati 30 so‘mdan yuqori bo‘lsa (u o‘zining 30 7 minut vaqtini 30 so‘mdan
yuqori baholasa), u holda yo‘lovchi biletni xizmat ko‘rsatuvchi firma orqali sotib
oladi. Agarda yo‘lovchi vaqtining alternativ xarajati 30 so‘mga teng bo‘lsa, u
ikkala variantdan xohlaganini tanlashi mumkin. Haqiqatdan ham vaqtini yuqori
baholaydigan va yuqori daromad oluvchilar ko‘pincha navbat kutishni
xohlamaydilar. Yana bitta misol. Masalan, zavod traktor va yuk avtomobili ishlab
chiqarishi mumkin. Zavod o‘zining barcha cheklangan resurslaridan to‘liq va
samarali foydalangan holda 5 ta tank yoki 10 ta traktor ishlab chiqarish mumkin
deylik, ya'ni, bitta tank ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar yordamida ikkita
traktor ishlab chiqarish mumkin. Bu yerda 5 ta tankning alternativ xarajati 10 ta
traktorga, ya'ni bitta tankning alternativ xarajati ikkita traktorga teng bo‘ladi.
Bozor tizimida noyob ne'matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida
yechiladi: - optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan
foydalanishdan maksimal foyda olish; - alternativ xarajatlar tamoyili - noyob
resurslardan foydalanish yo‘nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va
xarajatlarni solishtirish orqali. Iqtisodiy sub'yektlar ratsional harakat qilish
tamoyiliga ko‘ra o‘z maqsadlariga erishishi uchun xo‘jalik faoliyatida faol
qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub'yektlar
berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi
yoki ma'lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi. Mikroiqtisodiyot
iqtisodiy sub'yektlarni ikkiga bo‘lib qaraydi - iste'molchilar (uy xo‘jaliklari) va
ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste'molchining maqsadi - mumkin darajada
o‘zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo‘lsa, ishlab
chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko‘rsatkichlarini
maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir. Jamiyatda vujudga
29
olmaydi. Modelda ikki turdagi o‘zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen.
Ekzogen o‘zgaruvchilar tashqi o‘zgaruvchilar bo‘lib, ular oldindan beriladi va
modelga kiritiladi. Endogen o‘zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida
shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo‘linadi: uy
xo‘jaliklari va firmalar. Uy xo‘jaliklari o‘z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va
yerni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar
va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o‘zlarining tovar va xizmatlarini sotib
undan tushgan daromadni uy xo‘jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.
Ko‘rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima iste'mol qilish kerak, demak, nima ishlab
chiqarish kerak, degan masalani uy xo‘jaliklari hal qiladi. Uy xo‘jaliklarining
bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo‘lishi
kerak. Firmalar, o‘z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri
bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo‘jaliklari iste'mol qilish uchun
rejalashtirgan ne'matlarni olishlari kerak, ya'ni ular iste'mol qilish bo‘yicha
qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak bo‘ladi. Bozor tizimida
muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari
bozori va iste'mol ne'matlari bozori. Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori
bilan uy xo‘jaliklari sektori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tushuntirishga
xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi bo‘yicha o‘zaro
munosabatda bo‘lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar
hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo‘yicha o‘zaro
munosabatda bo‘lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
Har bir bozor o‘zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub'yektiga ega: sotuvchilar va
xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne'matning
muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta'minlanadi. Narx talab va taklif
munosabatlari natijasi sifatida, uy xo‘jaliklari va firmalar tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo‘lib hisoblanadi.
Bunday Firmalar Rеsurslar bozori Uy xo’jaliklari bozori Istе'mol nе'matlari bozori
9 axborot bir vaqtning o‘zida jamiyatdagi noyob ne'matlarni taqsimlash
muammosini yechish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining
Do'stlaringiz bilan baham: |