Savodxonlik davrida “L” harfini va raqamlarni o’rganishda foydalanasiz.
Ona tili darsida Laylak so’zida oltita harf, oltita tovush borligi, u ikki bo’g’indan iboratligi, har bir bo’g’inda uchtadan harf, tovush borligini o’rgatishda foydalanasiz.
Matematika darsida sanab ko’ring oltita bir bor. Oyog’ida beshta + tumshug’ida bitta. Oltita birni qo’shsangiz olti bo’ladi. (Bosh qismiga e’tibor bering). Birni oltiga ko’paytirsangiz olti bo’ladi. Oltini oltiga bo’lsangiz bir bo’ladi. (Dum va gavda qismiga qarang). Ikkita uchni qo’shsangiz olti bo’ladi. Uchta ikkini qo’shsangiz olti bo’ladi, ikkini uchga ko’paytirsangiz olti bo’ladi. Uchni ikkiga ko’paytirsangiz ham olti bo’ladi. Oltini ikkiga bulsangiz uch bo’ladi. Oltini uchga bo’lsangiz ikki bo’ladi.
O’qish darsida “Ur to’qmoq” mavzusida “Laylakvoy”, “Tulki va Turna” mavzusida “Turna” sifatida foydalanishingiz mumkin.
Turna kelsa Tulkivoy,
Likobchada qo’ydi choy.
Tabiat darsida “Qushlar” bo’limida foydalanasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |