Bu pechlarning tag qismi vanna ko‘rinishida yasalgan, uning eng quyi nuqtasida chiqish teshigi bo‘lib, u orqali eritilgan pulat futerlangan cho‘michlarga quyiladi
Bu pechlarning tag qismi vanna ko‘rinishida yasalgan, uning eng quyi nuqtasida chiqish teshigi bo‘lib, u orqali eritilgan pulat futerlangan cho‘michlarga quyiladi.Quyiladigan po‘latning harorati juda yuqori buladi (t” m= 1550-16500C) va shixtaga issiqlikning jadal berilishini ta’minlash uchun alanganing harorati undan ham yuqori (ta= 1850-19000C) bo‘lishi zarur. Uglerod va boshqa aralashmalarning oksidlanishini tezlashtirish uchun vannadagi eritmaga bosim ostida kislorod beriladi, buning natijasida eritilgan mahsulotni tayyorlash vaqti kamayadi. 31 Pechning shipi issiqlik nurini taratadi, u uz navbatida yonish mahsulotlari hisobiga qiziydi va nur qaytargich (reflektor) kabi eritish vannasiga issiqlik nurlarini yuboradi. Bunday paytlarda ship yuzasining harorati 1650-16800C gacha etadi. Eritish bushlig‘idan chiqib ketayotgan tutun gazlarining harorati 1750-18500C ga teng buladi. Pech ichidagi yuqori haroratga yonish uchun beriladigan havoni va gazsimon yoqilg‘ini faqat yuqori darajagacha qizdirish yuli bilan erishish mumkin. Odatda havo 1000-12000C gacha, gaz esa 900 - 10000C gacha qizdiriladi Agar pech yuqori sifatli yoqilg‘i -mazut yoki tabiiy gazda ishlaydigan bulsa, u holda faqat havo qizdiriladi. Havo va gaz regeneratorlarda qizdiriladi;; faqat havo qizdirilganda bir juft regenerator va havo bilan gaz qizdirilganda esa ikki juft regenerator urnatiladi. Regenerator pech ostida joylashtiriladi va eritish bushlig‘i bilan vertikal kanallar va qiya kallaklar yordamida ulanadi. Pechda gaz yoqilganda kallaklar yoqgich (gorelka) vazifasini bajaradi - ularda gaz regeneratorlaridan kelayotgan qizigan gazsimon yoqilg‘i havo regeneratorida isitilgan havo bilan aralashadi. Kallaklar yordamida alangaga ma’lum yunalish beriladi, buning natijasida alanganing yuza bag‘irlab , ya’ni bevosita vannada erigan shixtaning ustidan harakatlanishi ta’minlanadi. Ma’lumki, alanganing qoralik darajasi yuqori bulsa, uning nurlanish darajasi ham yuqori buladi. Hozirgi paytda marten pechlarida tabiiy gaz ishlatiladi, u yoqilganda alanga tarkibida qurumsimon uglerod hosil bo‘lmaydi; maxsus choralar kurilmasa, alanga shaffof bo‘uladi va o‘z nurlanish zichligining etarli qiymatini ta’minlay olmasligi mumkin: Ea = C0 . 10-8.a . Ta 4 ; bunda a - alanganing qoralik darajasi ; Ta- alanganing mutlaq harorati . Alanga haroratining yanada ko‘tarilishi regeneratorlarning ishlashi va o‘tga chidamli qoplamalarning mustahkamligi bilan chegaralangan bo‘lgani uchun qurum yoki mazut qo‘shish yo‘li bilan alanganing qoralik darajasini oshirishga harakat qilinadi, chunki bunday aralashmalar yonganda qurumsimon uglerod hosil bo‘ladi. Mazutning sarfi issiqlik sarfiga nisbatan 20-30 % ni tashkil qiladi va ko‘mir-mazutli 31 alangadagi qurumning miqdori esa mazut massasining 3-5 % iga teng. Bunga erishishning boshqa yo‘li-tabiiy gazning o‘z-o‘zidan karbyuratsiyalanishi (aralashishi) dan iborat. Bu paytda vertikal kanallarda uglevodorodli gazlarning bir qismi termik parchalanishi natijasida qurum hosil buladi. Qurum hosil bo‘lishi jarayonini maxsus apparatlarda-reformatorlarda amalga oshirish qulay buladi; ularda tabiiy gazning bir qismi havo etishmasligi sharoitida yondiriladi. Regenerativ isitgichlardan chiqib ketuvchi gazlarning harakati ancha yuqori (500-7000C) buladi, shuning uchun ularning issiqligidan to‘laroq foydalanish maqsadida bug‘ qozon - utilizatorlari urnatiladi. Hozirgi paytda pechning metall elementlarini suv bilan sovitish o‘niga bug‘lanishli sovitish usuli qo‘llaniladi. Har bir sovitiladigan element tabiiy yoki majburiy sirkulyasiyali bug‘lanish yuzasidan iborat; hosil bo‘lgan bug‘ isitish yoki energetik maqsadlar uchun foydalaniladi. Zamonaviy marten pechlarining foydali ish koeffitsienti avvalgi 15-20% urniga 50-60% ga teng bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda marten pechlaridagi asosiy jarayonlarni jadallashtirish uchun vannaga kislorod beriladi, buning natijasida eritish davomiyligi keskin qisqaradi (20-30 % ga).