Bu maqsadlarga Fikning 2-qonunidan foydalaniladi: (2)



Download 0,68 Mb.
bet3/7
Sana01.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#624158
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fizikaviy kimyo kurs ishi

10.7. ERITMANING BUG’ BOSIMI.

Har qanday suyuqlik va qattiq jism biror temperaturada ma‘lum bug’ bosimiga ega bo’ladi. Bu bosimni qattiq va suyuq modda sirtidan bug’lanayotgan zarrachalar hosil qiladi.

Bug’ bosimi barometrik nay yoki manometr yordamida o’lchanadi. Uchuvchan bo’lmagan, ya‘ni odatdagi temperaturada bug’ hosil qilmaydigan modda (masalan, qand, glyukoza) larning eritmalarining to’yingan bug’ bosimi hamma vaqt toza erituvchining to’yingan bug’ bosimidan kam bo’ladi. Buning sababi shundaki, suyuqlikda biror modda eritilganda, erigan modda va erituvchi molekulalari eritmaning sirt yuzasini ma‘lum tartibda egallaydi va satxdan faqat bug’lanuvchi suyuqlik molekulalarigina bug’ holga o’tadi. Erigan modda miqdori qancha ko’paysa erituvchining bug’ bosimi shuncha ko’p kamayadi, suyuqlikning bug’lanishi qiyinlashadi. Shuning uchun eritma sirtidan vaqt birligi ichida ajralib chiqadigan suv molekulalarining soni, toza suv sirtidan chiqadigan molekulalar soniga qaraganda oz bo’ladi. shuning uchun:

P1 > P10


bu yerda: Р1 – eritma ustidagi bug’ bosimi;

Р10 – toza erituvchining bug’ bosim F. RAULNING BIRINCHI QONUNI.

Eritma bug’ bosimining toza erituvchi bug’ bosimiga qaraganda past bo’lishidan foydalanib, bir necha qonuniyatlar aniqlangan. Eritma bug’ bosimining pasayishi sababli, eritmaning muzlash temperaturasi sof erituvchining muzlash temperaturasidan past bo’ladi, uning qaynash temperaturasi esa sof erituvchinikidan yuqori bo’ladi. Eritmalarda bo’ladigan osmos hodisasi ham bug’ bosimining pasayishiga bog’liq. Bu to’rt hususiyat eritmalarning kolligativ hususiyati deb ataladi. Bu hususiyatlarni o’rganish juda katta ahamiyatga ega, chunki ularni aniqlash yo’li bilan erigan moddalarning molekulyar massasini hisoblab topish mumkin.

F.Raul 1887 yilda juda ko’p tajribalar o’tkazib, quyidagi qonunni ta‘rifladi: elektrolitmas moddalarning suyultirilgan eritmalarida o’zgarmas temperaturada bug’ bosimining pasayishi ma‘lum miqdordagi erituvchida erigan moddaning massasiga to’g’ri proportsional bo’lib, modda tabiatiga bog’liq emas. Bu qonun quyidagi formula bilan ifodalanadi:


 (Х.9 )

bu yerda: Р0 - toza erituvchi bug’ining bosimi;

P – eritma bug’ining bosimi;

Р0 – Р – eritmada erituvchi bug’i bosimining pasayishi;



 - eritmada erituvchi bug’ bosimining nisbiy pasayishi;

n2 – erigan moddaning mol soni;

n1 – erituvchining mol soni;

 = N2 – erigan moddaning mol qismi.

Bu ifodalardan foydalanib, Raul qonuniga quyidagicha qisqa ta‘rif berish mumkin: erituvchi bug’i bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning molyar qismiga teng, ya‘ni



 (Х.10)

Raul eritmalar bug’ining bosimini o’lchash uchun Torichelli naylardan foydalandi. Avval Torichelli nayiga toza erituvchi solib, uning bug’ bosimi (Р0) ni, songra ma‘lum kontsentratsiyadagi eritmani solib, uning ham bug’ bosimi (P) ni olchadi.

Raul qonunini yo’qoridagi yozilgan shaklda faqat uchuvchan bo’lmagan moddalarning eritmalari uchun tatbiq etilishi mumkin.

Raul qonuniga faqat ideal eritmalar bo’ysunadi. Real eritmalar juda kichik kontsentratsiyalardagina bu qonunga mos keladigan natija beradi.

Suyultirilgan eritmalarda erigan moddaning mol soni n2 erituvchining mol soniga nisbatan kichik bo’lgani sababli, Raulning 1 qonuni suyultirilgan eritmalar uchun quyidagicha yoz  =   (Х.11)



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish