Amaliyotining asosiy maqsadi, talabalarni, ma’ruza va laboratoriya darslaridan
olgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgandir.
Amaliyotini vazifasi talabalar dala sharoitida ekinlar
turlari ularga zarar
keltiruvchi mikroorganizmlar klassifikatsiyasi,
tuzilishi, oziqlanishi va ko‘payishi;
o‘simlik va mikroorganizmlar o‘rtasidagi bog‘liqlik; o‘simlik kasalliklari
klassifikatsiyasi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi, o‘simliklarni zamburug‘li,
bakteriyali va virusli kasalliklarini guruhlarga ajratishni bilishi va ulardan foydalana
olishini talabalar dalada o‘zlari ko‘rib o‘rganadilar. Kimyoviy vositalar bilan ishlash
o‘rganiladi.
Oddiy
mikrobiologik
tashxislarni
bajarish,
antagonist
mikroorganizmlarni ko‘paytirish jarayoni xaqida ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Agar
karantin osti ob’ektlar topilsa, bu to‘g‘rida karantin xizmatiga
zudlik bilan xabar
beriladi, namunalar olinadi, tarqalishi va rivojlanishi hisobga olinadi.
Talabalarga Fitopatologiya va mikrobiologia fanidan amaliyot o‘tkazish, ularga
o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda yordam beribgina qolmay,
balki ilmiy tomondan
fikrlarga ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlarini hosilini zararli organizmlardan himoya qila
olishga, biologik va kimyoviy vositalardan to‘g‘ri foydalana olishga ko‘nikma hosil
qiladi.
O‘qituvchi amaliyotga umumiy rahbarlik qilishi kerak. Amaliyotiga chiqishdan
oldin, rahbar - o‘qituvchi ushbu amaliyotning maqsadi va vazifasini talablarga
tushuntirib, kerakli topshiriqlar berib ularni bajarishni nazorat qiladi.
Xavfsizlik
texnikasi qoidalari bilan tanishtiradi. Rahbar - o‘qituvchi amaliyotga chiqishdan oldin
talabalarga eslatma sifatida nazariy kursdan qisqacha tushuncha beradi. Bu esa
talabalarga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga yordam beradi.
Amaliyot
davrida talabalar bir nechta vazifani bajarish mumkin. Amaliyot oxirida talabalar
o‘rgangan ma’lumotlari buyicha hisobotlar tayyorlab himoya qiladilar.
O‘quv rejasiga asosan «Fitopatologiya va mikrobiologia»
fanidan amaliyot
uchun 30 soat vaqt ajratilgan. Bu davrda talabalar quyidagilarni o‘rganib keladi.
Uglerod, azot, fosfor, temir va boshqalarni hosil bo‘lishida mikroorganizmlarni
o‘rni; tuproq va gumus hosil bo‘lish jarayonida mikroorganizmlarni o‘rni;
o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar; fitopatogen zamburug‘lar va
bakteriyalar xususiyatini, o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi
viruslar va
mikoplazmalar; yuqumli kasalliklar rivojlanish va tarqalish dinamikasi, o‘simlik
kasalliklariga qarshi kurash chora tadbirlari to‘g‘risida malakalarga ega bOʻladi.
Qarshi kurashda qo‘llaniladigan qo‘l apparatlari
va texnikalar bilan
tanishadilar. Zararkunanda va kasalliklardan gerbariy va eksponatlar tayyorlanadi.
To‘plangan ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlab himoya qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: