miqdorini, o’simlik shirasi tarkibidagi qand moddalarini, kraxmalni, quruq modda va
kulni aniqlash usullarini hamda o’simliklar diagnostikasini o’rganadilar.
Agrokimyoviy tajribalar olib borishni, ya’ni vegetasion,
laboratoriya va dala
tajribalarini qo’yishni o’rganish. Laboratoriya ishlarida tuproq tarkibi, oziq
elementlari miqdorini aniqlash uchun daladan tuproq namunalarini olishni
o’rganishdan iborat.
Tuproq namunasi uning genetik qatlamiga ko’ra olinadi. Tuproqlarga asosiy
xarakteristika berish uchun namuna (bahorda, yozda, kuzda) olinadi.
Tuproqning asosiy kimyoviy xosslarini o’rganish (dala almashuv, ug’itlarning
qo’llanilishi, meliorasiya va boshqa holatlarni xisobga olgan holda) uchun olinadigan
namuna yerning haydov osti qatlamlaridan olinadi.
Tuproq, namunasi chuqur qatlamdan burg’u yordamida parmalash yo’li
bilan
3–4 marta olinadi. Tuproq tarkibidagi oziq moddalarni aniqlashdan maqsad oziq
moddalar tuproqning qaysi qatlamida joylashganligini bilish va ularni ta’sirini
o’rganishdir. Sug’oriladigan yerlarga solingan o’g’it tuproq qatlamlarda bir xil
tarqalmagan. Shuning uchun olinadigan namuna parmalab emas, balkim,
ekin qator
orasidan yaxlit olinish kerak. Buning uchun qator orasining ko’ndalang tomonidan 10
sm kenglikda 25 – 30 sm chuqurlikda chuqurcha qaziladi. Undan chiqqan tuproqning
hammasi olinadi.
Yerning haydov qatlamiga o’g’it solish texnikasini o’rganish uchun tuproq
namunasini bo’lib-bo’lib olish kerak. Bunda 0–5 sm qatlamdan tashqari, qator orasidan,
shuningdek qator qirrachalaridan (5–12 sm) namuna olinadi.
Olingan namunalarga etiketka (yorliq)lar yoziladi.
Yorliqda namuna olingan joy
(viloyat, tuman, xo’jalik) tajriba nomeri, qaysi daladan yoki qatlamdan qachon va kim
tomonidan olinganligi (familiyasi va ismi) yoziladi.
Talabalar tuproq tarkibidagi karbonatlarni, chirindini, yalpi va harakatchan shakldagi
azot, fosfor, kaliyni, nitratlarni, ammiakni, tuproqning rN ini aniqlash usullarini, tuproqlarni
agrokimyoviy tekshirish, agrokimyoviy kartogrammalar tuzishni o’rganishlari shart.
Agrokimyo fani bo’yicha ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi, talabalarning
agrokimyo fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy tomonlama mustahkamlashdir.
Amaliyot davomida talabalar qishloq xo’jalik ekinlarini o’g’itlashni, kultivator
agregatlarini o’g’it miqdoriga o’rnatish, agrokimyoviy
tekshirishlar uchun tuprok
namunalari olish bilan tanishadilar. Xo’jalikda mavjud bo’lgan agrokimyoviy
kartogrammalar bilan tanishadi va undan foydalanishni o’rganadilar. Bundan
tashqari, talabalar agrokimyoviy tashkilotlar, laboratoriya
xodimlari ishtirokida
kartogrammalar tuzishda va namunalarni analiz qilishda shaxsan qatnashadilar.
Agrokimyo fani bo’yicha o’quv amaliyotining maqsadi talabalarga mustaqil
ravishda dala va vegetasion tajribalar qo’yishni ularga yo’ldosh bo’lgan kuzatish va
analizlar o’tkazishni, kartogrammalar tuzishni, o’g’itlar miqdorini hisoblashni,
tuproqqa agrokimyoviy baho berishga o’rgatish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: