O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
Pedagogika fakul’teti
5141600 – BTSTI ta’lim yo’nalishi
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi
ORTIQOVA Vazira
BOSHLANG’ICH SINF MАТЕМАТIКA DАRSLАRIDA
O’QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI
TARAQQIY ETTIRISH METODIKASI
Ilmiy rahbar
рedagogika fanlari nomzodi,
dotsent F.M.YUNUSOV
ANDIJON – 2012
M A Z M U N I Bet
KIRISH…………………………………………….…………………….…. 3
I BOB. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishning nazariy
asoslari ……………………..…………………………….. ... 8
1- §. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini taraqqiy ettirishda matnli masalalarning tutgan o`rni .......... 8
2- §. Matnli masalalarning boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy
qobiliyatlarini taraqqiy ettirishdagi imkoniyatlari …................................ 18
II BOB. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishning metodik
asoslari …............................................................................ 29
1- §. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini matnli
masalalarni yechish yordamida taraqqiy ettirish …...……...……............ 29
2- §. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishda ularning mustaqil ishlaridan foydalanish…………….................. 35
3- §. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishda sinfdan tashqari ishlardan foydalanish…….............................. .. 43
4- §. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy
ettirishga yo`naltirilgan mashqlar tizimi ………………...……….………... 46
HULOSA ……..…………………………………………..…….……… 52
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati …………,..….……………………… 53
K I R I S H
Respublikamizning mustaqilligi sharofati bilan so`nggi yillarda xalq ta`limi, oily va o`rta maxsus ta`lim sohalarida Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning sa`yi harakati va tashabbuslari bilan juda katta, olamshumul ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy ta`lim tizimini joriy etish, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida etuk, raqobatbardosh mutaxasislar tayyorlash maqsadida “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” haqidagi O’zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari qabul qilindi. Shu asosda bu qonunlarni amalga oshirish borasida Vazirlar mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish” to’g’risidagi 1998 – yildagi 203- sonli maxsus qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizning kelajagi uchun Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida” gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”- ning amalga oshirilishi o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan holda, Prezidentimiz bu dasturni bajarish uchun javobgar shaxslar oldiga quyidagi ulkan vazifalarni qo’ydi :
Ta’lim tizimida erishilgan dastlabki natijalarni chuqur tahlil qilib, ta’lim andozalari, o’quv rejalari va dasturlari mazmunida islohotlarning ba’zi maqsadlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni yangi avlodni kamol toptirishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritish kerak.
Yangi o’quv dasturlarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur.
Yuqori malakali pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish lozim. Kadrlar tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi shaxs - fuqaroni kamol toptirish ertaga sinf xonalarida va auditoriyalarida kimlar dars va saboq berishiga bog’liq ekanligini unutmaslik kerak.
Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov ushbu sessiyada nutq so’zlab, uni quyidagi umid va ishonch so’zlari bilan yakunladi :
“… Yana bir bor ta’kidlab o’tishga to’g’ri keladi , - amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning taqdiri shu masalaga , ya’ni kadrlar tayyorlashga chambarchas bog’liqligini aniq va ravshan anglab olishimiz kerak. O’zini shu mamlakatning haqiqiy vatanparvari deb biladigan har bir kishi Milliy dasturni amalga oshirish uchun o’z mehnatini, o’z ulushini qo’shadi deb ishonaman” [ 1, 6 - bet] .
Umumiy ta’lim uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti” ning asosiy qoidalarida ko’rsatilishicha, bu standart o’quvchilarning umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Shuningdek “Davlat ta’lim standarti” ta’limning mazmunini, shakllarini, metodlarini va vositalarini, ularning sifatini nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi. Bundan tashqari ushbu standartlar o’zlarinig tuzilishlari va mazmunlariga ko’ra davlat, hudud va maktab manfaatlari muvozanatini aks ettiradi, hamda eng muhimi - o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, ijodiy qobiliyatlari va qiziqishlarining ustuvorligidan kelib chiqadi.
Umumiy o’rta ta’lim uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti”ning muhim jihatlaridan yana biri unda boshlang’ich sinflar (1-4 sinflar) hamda Umumiy o’rta ta’lim (1-9 sinflar) nihoyasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilganligidadir.
Umumiy ta’lim uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti” asosida har bir o’quv predmeti bo’yicha yangi o’quv dasturlari ishlab chiqilgan. Bu o’quv dasturlarida har qaysi predmet bo’yicha ta’limning maqsad va vazifalari, uning mazmuni, o’qitishda qo’llaniladigan asosiy metodlar, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yilgan. Boshlang’ich sinflarda matnli ta’limni to’g’ri yo’lga qo’yish va amalga oshirish, o’quv dasturida ko’satilishicha, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish malakalarini tarkib toptirishni, egallagan bilimlarini o’zlarining kundalik faoliyatlarida qo’llay olishlari, hamda ta’limning keyingi, o’qitishning yuqoriroq bosqichida o’qishni davom ettirishlari uchun ularning matnli tayyorgarligini ta’minlashdan iboratdir.
Ishlab chiqilgan yangi o’quv dasturida ko’rsatilishicha matematika kursi tafakkurni, diqqatni taraqqiy ettirishga, hotirani mustahkamlashga, ijodiy tasavvurni shakllantirishga va kuzatuvchanlikni mustahkamlashga katta imkoniyatlar beradi. Shuningdek matematika o’quv predmeti o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, ularning o’z fikrlarini, aniq va tushunarli bayon etishlari uchun zamin tayyorlaydi.
Hozirgi sharoitda boshlng’ich sinflar o’qituvchisining bosh vazifalaridan biri o’qitishda bu imkoniyatlardan to’la va samarali foydalana olishidan iboratdir.
Yuqorida aytilgan vazifalardan kelib chiqadiki matnli ta’limning yuqorida qayt etilgan imkoniyatlaridan to’la va samarali foydalana olishlik ko’p jihatdan o’qituvchining har tomonlama ilmiy va metodik tayyorgarligiga, o’z fanini va o’quv dasturini puxta bilishiga, o’z ustida tinmay ishlagan holda ta’limning umumiy va hususiy metodlarini mukammal egallaganligiga, har qanday o’quv - tarbiyaviy masalaga ijodiy yondasha olishiga, shuningdek o’quvchilarni matnli ta’lim mazmuni bilan tizimli va chuqur tanishtira olishiga, ularni izlanishga, ijodiy fikrlashga o’rgata olishiga bo’gliqdir.
Chunki hozirgi sharoitda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning quyidagi harakterli hususiyatlarini e’tiborga olib borish kerak:
1. O’qitishning hamma bosqichlarida o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish zarur.
2. Yangi o’quv materialini o’rgatishga, o’quvchilarni aniq maqsadga yo’naltirilgan holda tayyorlab borish kerak.
3. O’quv materialini puxta o’zlashtirib borish asosida o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish bo’yicha tizimli ish olib borish lozim.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv dasturiga taalluqli ko’pgina masalalar boshlang’ich sinflardayoq shu darajada o’zlashtirilishi kerakki, ular o’quvchilar ongida butun umr saqlanib qolsin, boshqa masalalar esa o’qitishning dastlabki bosqichida ularni keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayyorgarlik ko’rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malakani va ko’nikmani shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun xizmat qiladi.
Maktabning boshlang’ich sinflarida o’quvchilar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarning ta’lim hajmini ongli ravishda, mustahkam egallay olishlari haqida gap ketganda yuqorida aytib o’tilgan mulohazalarni hisobga olish kerak bo’ladi.
Sanab o'tilgan hamma masalalarni yechish o’qitishning mazmuni samarali tanlanganda, uni bayon qilish o'elangan tizimda bo'lganda va o'qitishning tegishli maqsadiga muvofiq ravishda o’qitish metodlari hamda o’qitish vositalari bilib tanlab olinganda amalga oshirilgan bo’ladi.
Boshlang’ich sinflarda, ayniqsa o’qitishda maqsadga erishish uchun ta’lim metodlarini to’g’ri tanlash va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan ham ushbu bitiruv malakaviy ish uchun tanlab olingan mavzuning boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining eng dolzarb mavzularidan biri ekanligidan dalolat beradi.
Matematika o’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati usullarini, xususiyatlarini ochib beradiki, ular yordamida o’quvchilar matnli bilimlarni, ko’nikmalarni va malakalarni egallaydilar, ularning dunyoqarashlari shakllanadi, qobiliyatlari rivojlanadi.
O’qitish metodlari umumiy va xususiy metodlardan iborat bo’lib, matematika o’qitish metodlari ko’p va xilma - xildir. Shuning uchun ham u o’qitish metodlarini ayrim belgilarga qarab turli sinflarga ajratib (klassifikasiya qilib) chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Bitiruv – malakaviy ishning maqsadi - Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish metodikasining nazariy va metodik asoslarini yoritishdir.
Bitiruv – malakaviy ishning ob’ekti - Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish jarayonidir.
Bitiruv – malakaviy ishning predmeti - Boshlang`ich sinf matema-tika darslarida o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish jarayinining mazmunidir.
Bitiruv – malakaviy ishning vazifalari. Bitiruv – malakaviy ishning maqsadiga muvofiq ravishda tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan.
1. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish metodikasining mavjud holatini o’rganish.
2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga xizmat qiluvchi ob’ektiv va
sub’ektiv omillarni aniqlash.
3. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishni amalga oshirishga xizmat
qiluvchi sakl, usul va vositalarni belgilash.
4. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishni amalga oshirishga yo’naitirilgan
mashqlar tizimini ishlab chiqish.
Bitiruv – malakaviy ishni bajarishda pedagogikaning ilmiy – tadqiqot usullaridan foydalanildi : tadqiqot muammosiga doir metodik, pedagogik va psixologik adabiyotlar mazmunini o’rganish, ularni nazariy jihatdan tahlil etish ; mavzuning mavjud holatini o’rganish ; pedagogik kuzatuv , anketa so’rovi , suhbat va boshqalar.
Bitiruv – malakaviy ishning metodologik asosi : O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tomonidan ilgari surilgan g’oyalar, sharq mutafakkurlarining ta’limotlari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini belgilovchi direktiv – me’yoriy xujjatlar, xususan, “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” haqidagi O’zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan direktiv – me’yoriy xujjatlardan iborat.
Bitiruv – malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi. U kirish, 2 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish metodikasining
nazariy asoslari
1- §. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishda matnli masalalarning
tutgan o`rni
Matnli masalalarning boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishda tutgan o`rnini yoritish matnli masalalarning tarkibi va ularning turlarini qarab chiqishni taqozo etadi. Boshlang`ich sinf larda matematika o’qitishda matnli masalalarni yechishng ahamiyati juda kattadir. matnli masalalarni yechish jarayonida o’quvchilar yangi matnli bilimlarni egallaydilar va bu bilimlarni turmushda qo’llash ko’nikmalarni va malakalarni hosil qiladilar.
Bunday jarayon davomida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari shakllanadi va rivojlanadi. Shuningdek masalalarning mazmuni orqali o’quvchilar turmushimizning turli sohalaridan xabardor bo’ladilar. Ular qishloq ho’jaligi va sanoat, iqtisodiyot haqidagi dastlabki bilimlarni oladilar.
Bundan tashqari matnli masalalarni yechish tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Masalalarni yechish o`quvchilarda tirishqoqlik, ko’zlangan maqsadga intilish, qiyinchiliklardan qo’rqmaslik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantiradi va rivojlantiradi.
Shu tufayli boshlang`ich sinflar o`qituvchilari matnli masalalarning tuzilishi va turlari , ularni yechish bosqichlari va usullari haqida, matnli masalalarni yechish ko’nikmalarini va malakalarini shakllanishi va rivojlanishi haqida to’la tasavvurga ega bo’lishlari muhimdir.
Matnli masala – bu biron bir holatning tabiiy tildagi bayoni (ifodasi) bo’lib, unda by holatning tashkil etuvchilariga miqdoriy tavsif beriladi va barcha tashkil etuvchilar orasidagi ba’zi munosabatlar bor-yo’qligini yoki bu munosabatlar turini aniqlash talab etiladi.
Har qanday matnli masala ikki qismdan iborat bo’lib, ulardan biri masalaning sharti bo’lsa, ikkinchisi esa masalaning savoli (qanday miqdorni topish kerakligi haqidagi ko’rsatma) dir.
Masala shartida bir yoki bir nechta miqdorlarning sonli qiymatlari hamda ular orasidagi munosabatlar oshkor yoki yashirin tarzda berilgan bo’ladi. Boshqacha aytganda masala shartida berilgan sonlar ustida qanday amallarni bajarish zarurligi to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmagan bo’lishi mumkin.
Lekin har qanlay masala aniq savol yoki talab bilan yakunlanishi zarur. Ya’ni o`quvchilar masala matnini o’qib, nimani topishlari zarurliini bilishlslari kerak.
Uchinchi sinf matematika darsligidan olingan quyidagi masalani qaraylik: “Buvisi 63 yoshda, onasi buvisidan 29 yosh kichik, otasi onasidan 4 yosh katta. Otasi necha yoshda ? Bu masalada uchta shaxsning yoshlari orasidagi munosabatlar ifodalangan. Bu yerda uchta holat mavjud. Birinchi holat. Buvisining yoshi ma’lum bo’lib, buvisi bilan onasining yoshlari
orasidagi munosabat (farq)lar ifodalangan. Ikkinchi holat. Onasining yoshi noma’lum. Lekin onasi bilan otasining yoshlari orasidagi munosabat (farq)lar ifodalangan.
Uchinchi holat. Buvisi va otasining yoshlari orasidagi munosabat(farq)lar oshkora ifodalanmagan.
Masalaning talabi (savoli) esa “Otasi necha yoshda ? “ jumlasidan iboratdir. Matnli masalalarning talabi (savoli) buyruq shaklida ham bo’lishi mumkin. Ya’ni yuqoriodagi masalaning talabi (savoli) “Otasining yoshini toping “ kabi bo’lishi mumkin.
Кundalik turmushda turli - tuman muammoli vaziyatlar uchrab turadi. Ular asosida tuzilgan masalalarda ortiqcha ma’lumotlar’ ya’ni masala talabini bajarish uchun zarur bo’lmagan ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin. Masalan yuqorida qaralgan masalada uning talabini bajarish uchun buvisi, onasi yoki otasining ismi yoki farzandlari soninig ahamiyati yo’q. Shu sababli masala shartida bunday ma’lumotlar berilmagan.
Ushbu masalani olaylik: “ Lola 10 ta olma va 5 ta nok oldi. Dilshod esa 7 ta olma oldi. Bolalar nechta olma olganlar ? “. Bu masalada nok haqida ortiqcha ma’lumot bor. Ya’ni masala shartida berilgan nok haqidagi ma’lumot ortiqcha.
Kundalik turmushda vujudga keladigan muammoli vaziyatlar asosida masala talabini bajarish uchun etarlicha ma’lumotlar bo’lmagan masalalrni ham tuzish mumkin. Masalan, “ Agar to’g’ri to’rtburchar shaklidagi maydonning bo’yi enidan 3 metr katta ekani ma’lum bo’lsa, bu maydonning enini toping “. Masalada uning cavoliga javob berish uchun ma’lumotlar etarli emas.
Bu masalani yechish mumkin bo’lishi uchun uni etarli ma’lumotlar bilan to’dirish lozim. Maydon yuzining qiymati izlanayotgan tomonlardan bibrini zarur bo’ladigan shunday ma’lumot bo’lishi mumkin.
Ayni bir masalaning o’zi o’quvchidagi mavjud bilimga qarab ortiqcha (etarli bo’lmagan) ma’lumotlarni masala sifatida ham qaralishi mumkin.
Boshlang`ich sinflarning matematika darslarida qo’llaniladigan matnli masalalarni yechishda to’rt amal: qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish qo’llaniladi. Ba’zi matnli masalalarni yechishda bu amallarning bittasi bir marta qo’llansa, boshqa matnli masalalarni yechishda ularning bir nechtasi yoki hammasi qo’llanilnshi mumkin.
To’rt arifmetik amalllardan bittasini bir marta qo’llash orqali echiladigan masalalar sodda masalalar deyiladi. Quyida boshlang`ich sinflarning matematika darslarida qo’llaniladigan bunday matnli masalalardan namunalar keltiramiz:
1. ( 2 –sinf matematika darsligi. 44- masala). Daraxtda bir nechta qush bor edi. 3 ta qush uchib ketgandan keyin daraxtda 6 ta qush qoldi. Dastlab daraxtda nechta qush bo’lgan ?
2. ( 2 –sinf matematika darsligi. 60- masala). Ko’lda 10 ta o’g’il bola va 8 ta qiz bola cho’milmoqda. O’g’il bolalar qiz bolalardan necnta ortiq ?
3. ( 2 –sinf matematika darsligi. 617- masala). Bir ayol shkafdan 10 ta piyola oldi. Ularni 5 tadan qilib dasturxohga qo’ydi. Piyolalar nechta to’p bo’ldi ?“
4. ( 2 –sinf matematika darsligi. 644- masala). 80 kg uzumdan 20 kg mayiz olinadi. Mauiz xosil bo’lguncha necha kg suv bug’lanib ketgan ?
5. ( 2 –sinf matematika darsligi. 698- masala). Kecmaning uzunligi 24 sm. Bu kesmaning uchdam bir qismining uzunligini toping.
Ikki yoki undan ortiq amallarni qo’llash yordamida echiladigan masalalar murakkab masalalar deyiladi . Bunday masalalarga misollar keltiramiz :
1. 15 m gazlama bor edi. 6 m gazlamadan ko’ylaklar va shuncha gazlamadan xalatlar tikishdi. Necha metr gazlama qoldi ?
2. Odam yurganda minytiga 9 litr, yugyrganda esa minytiga 16 litr xavo yutadi. Odam 2 minut yugyrganda necha litr xavo yutadi ? ( 3 –sinf matematika darsligi. 362 - masala).
Murakkab masalalarni ikki yoki undan ortiq sodda masalalarga ajratish mumkin. Shuningdek masaja talabini o’zgartirish orqali sodda masalani murakkab masalaga ham keltirish mumkin.
1-2 sinflarning matematika darslarida asosan sodda masalalar ko’proq uchrasa, 3-4 sinflarning matematika darslarida murakkab masalalar soni ortib boradi. Sodda masalalarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1. Arifmetik amallarning mazmunini ochib beruvchi masalalar.
2. Arifmetik amallarning tarkibiy qismlaridan birini topishga doir masalalar. Ular qo’shiluvchi, ayriluvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi, kamayuvchi bo’lishi mumkin.
3. “… ta ko’p”, “… ta kam”, “… marta ko’p”, “… marta kam” munosabatlar bilan bog’langan nasalalardir.
Murakkab masalalarni turlarga ajratishda shunga e’tibor berish kerakki, turli mazmyndagi masalalarni yechish algoritmi bir xil yoki o’zaro o’xshash bo’lishi mumkin. Odatda bunday masalalar bir turga kiritiladi. Shundan kelib chiqib, boshlang`ich sinflarning matematika darslarida qo’llaniladigan matnli masalalarni quyidagi turlarga ajratis mumkin.
1. Tortinchi proporcional sonni topishga yoki uchlik qoidasiga doir masalalar.
2. Proporcionai bo’lishga doir masalalar.
3. Yo’nalishlari bir xil yoki turlicha bo’lgan xarakalarga doir masalalar.
4. Munosabatlar usuli orqali yechishga doir masalalar.
5. Birgalikda bajarilgan ishga doir masalalar.
6. Geometrik mazmundagi masalalar.
7. Sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonni topishga doir masalalar.
8. Mantiqiy masalalar.
Endi matnli masalalarni yechish ko’nikmalarni va malakalarni shakl-lantirishning muhim jihatlarini qarab chiqaylik.
Boshlang`ich sinflarning matematika darslarida qo’llaniladigan matnli masalalar matematika kursining eng katta va muhim tarkibiy qismidir. Ular orqali matematika kursining asosiy mazmuni ochib berilgan.
Masalalar yechish jarayinida o’quvchilar xar bir amalning ma’nosini va ulardan foydalanishning asosiy hollarini o’zlashtiradilar, og’zaki va yozma hisoblash malakalarini mustahkamlaydilar, masalalarni yechishga o’rgatish o’quvchilarning mustaqil faoliyatini taraqqiy ettirish uchun ularga faollik va tashabbuskorlikni oshirish uchun kehg imkoniyatlar yaratadi.
Arifmetik amallarning mazmunini ochish sodda masalalarni yechish bilan bog’liq har bir o’qyv yili dasturida sodda masalalarning barcha mumkin bo’lgan hollari beriladi.
Masalalarni tanlash va ularni vaqt bo’yicha joylashtirish tizimi shunday hisob bilan tuzilganki, bu biror jihatdan o’xshash bo’lgan masalalarni shuningdek o’zaro teskari masalalarni taqqoslash, qarshi qo’yish uchun sharoit yaratib beradi. Bunda o’quvchilarning turli masalalar bilan uchrashishlari nazarda tutiladi. Bu esa masala yechishda zararli bo’lgan fikrlarni paydo bo’lishining oldini oladi. O’quvchilar boshidan boshlaboq masalani yechish uchun u yoki bu amalni tanlashdan oldin uni asosli tahlil qilishga majbur bo’ladilar.
O’quvchilarda masalalar yechish ko’nikmasi to’rt yil mobaynida asta - sekin rivojlanib boradi. Bundan ko’zda tutilgan o’quvchilarning
o’zlari yechishga kuchlari eta oladigan arifmetik masalalarning yechish yo’llarini mustaqil topa olishlariga erishishdir.
Bolalarni masalalar yechishga o’rgatishda ularga masalalar yechishga yondashishning ba’zi umumiy usullarini o’rgatish muhim hisoblanadi. Chunonchi bolalar o’qituvchi boshchiligida masalalarni qisqa va tushunarli yozishni, masalalar shartini rasm, chizmalar bilan namoyish qilishni o’rganib olishlari, va shu bilan masalalarni yechish yo;llarini o’zlari uchun yengillashtirishlari, aniq bir masala shartini mavhumlashtirish va masalada berilgan miqdorlar bilan izlanayotgan miqdor orasidagi bog’lanishni ochishga yordam beruvchi usullarni o’rganib olishlari kerak.
O’quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini va nutqlarini taraqqiy ettirish uchun ularni masalalarni va ularning yechilishini tahlil qilishlariga, masalalarni yechishdagi har bir amalni asoslab berishga o’rgatish juda muhimdir. Ular yechilayotgan masalada nima berilgan, nima izlanayotganini (noma’lumligini), masalaning savolidan nima kelib chiqishini masala savoliga javob toppish qanday arifmetik amallar yordamida amalgam oshirilishini va ularni qanday tartibda bajarish kerakligini tushunib yetishlari, shuningdek har bir tanlangan amalni asoslay olishlari va topilgan natijalarni tushuntirib bera olishlari, berilgan masala bo’yicha ifoda tuza olishlari (barcha zarur tushuntirishlar bilan), masalani yecha olishlari va yechimning to’g’riligini tekshira olishlari lozim.
Shuningdek o’quvchilarga masalani turli usullar bilan yecha olish malakasini shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Bunday ishlar o’quvchilarni arifmetik amallarning hossalarining, ularning qonunlarini to’g’riligiga yana bir marta ishontiradi. Tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o’quvchilarning turli topshiriqlar bo’yicha masalalar tuzishga mashq qildirish ham foydali hisoblanadi. O’quvchilar masalalar tuzish
uchun sonli va syujetli masalalarni atrof borliqdan olishlari kerak. Bunday masalalarni tuzish va yecnish har - hil turdagi masalalarning tyzilishini va yechishning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunish imkonini beribgina qolmay, balki o’quvchilarni ijodiy tasavvur qila olishlarini, ularning bilish qobiliyatlarini amalga oshirish imkonini yaratadi.
Boshlang`ich sinflarning matematika o’quv dasturi va darsliklarida xar - hil kattaliklarni (mahsulotning qancha turishi, uning miqdori, uning bahosi, narsalarning umumiy massasi, narsalarning miqdori ( coni ), bitta narsaning massasi va xokazo ) arifmetika bilan uzviy bog’liqlikda o’rganishga katta o’rin beriladi. Kattaliklarni o’rganishda ularni o’lchash usullari, eng sodda formulalar yordamida ifodalanishi, bog’lanishlar qaraladi.
Masalan, “ Hamma sotib olingan narsalar qancha turishini bilish uchun narsaninig bahosini uning soniga ko’paytirish kerak “ ekanligini o’quvchilar og’zaki tushuntiradilar. Shuning uchun masalalarni tanlaganda bu bog’lanishlarning ma’nosini ochib berishda masalalarga aloxida e’tibor berish kerak.
Davlat ta’lim standartlarining asosiy talablari o’quvchilar tomonidan to’rt arifmetik amalga oid sodda matnli masalalarni yechish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Bunday masalalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin :
har bir arifmetik amal mazmynini ochib beruvchi ( ikki qo’shiluvchining yig’indisini, ikki sonning ayirmasi va ko’paytmasini topish, tehg qismlarga bo’lish yoki mazmuninga ko’ra bo’lishga oid );
berilgan sondan bir necha birlik ( yoki bir necha marta ) katta ( kichik ) bo’lgan sonni topish talab etilgan masalalar hamda ayirish va bo’lish yordamida sonlarni taqqoslashga ( ayirmali va karrali ) doir ;
arifmetik amallarning tarkibiy qismlaridan birini topishga doir ;
sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonning o’zini topishga doir.
Ikkinchi va to’rtinchi guruh masalalari 4 - sinf o’quvchilari uchun yangidir. Shuningdek o’quvchilarga ko’rinishi avvaldan tanish, lekin uni yechish uchun yangi bo’lgan kattaliklar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni tushunib yetish asosida tuzilgan masalalarni yechishga alohida e’tibor berish kerak.
Bunday masalalarni yechish uchun amallarni to’g’ri tanlay ola bilish malakasi avtomatizm darajasiga etkazilishi kerak. Shu bilan birga bu malaka anglab yetilgan bo’lishi, ya’ni har doim mantiqiy fikr, mulohazalar yordamida, hamda zarur holllarda sxematik ko’rgazmalardan foydalanib, tanlangan amalning to’g’riligini asoslab bera olishlari darkor.
Dars materialini tanlaganda o’quvchilar tomonidan tez - tez chalkashtirilib yuboriluvchi masalalarni bir - biriga qarama-qarshi qo’yish, raqqoslash zarurjigini unutmaslik lozim. Buning uchun tegishli masalalar juftlarini berish va o’quvchilardan ularning shartlarini, yechimlarini taqqoslashni talab etish kerak.
O’quvchilarning masalani bir marta o’qib, sodda masaladan murakkab masalani ajratib olishlari uchun bunday masalalar yozma mustaqil ishlar va nazorat ishlariga kiritilishi lozim. Sodda masalalarni yechish malakasini hosil qilish - bu boshlang`ich sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki bu malakalar murakkab masalalarni yechishni muvaffaqiyatli o’rganib olishning muhim omilidir.
Davlat ta’lim standartlarida masala shartini tahlil qilishga, berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanishlarni o’rnata olish ko’nikmasiga nisbatan ancha yuqori talablar qo’yilgan. Bu maqsadga bir qator yangi turdagi masalalarni yechish orqali erishiladi. Bunda ish dastlab o’qituvchi rahbarligida to’liq tushuntirishlar bilan olib boriladi,
so’ngra bu masalalar o’quvchilarning o’zlari mustaqil o’ylab topishlari va yechishlari uchun tavsiya qilinishi mumkin. Bular quyidagi ko’rinishdagi masalalardir :
1. Har-xil proporcional bog’lanishlarga doir masalalar;
2. Yo’nalishlari bir xil yoki turlicha bo’lgan xarakatlarga doir masalalar.
3. Munosabatlar usuli orqali yechishga doir masalalar.
4. Birgalikda bajarilgan ishga doir masalalar.
Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog’lanishlarni, amallarning komponentalari bilan ularning natijalari orasidagi bog’lanishlarni ochib berishda, har - xil miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishishda tegishli sodda masalalardan foydalaniladi ( yechilishi uchun bitta amal bajarilishi talab qilinadigan masalalar – sodda masalalar jumlasiga kiradi ). Sodda masalalar o’quvchillarni matnli munosabatlar bilan tanishtirishning muxim vositalaridan biri bolib xizmat qiladi. Sodda masalalardan ulushlar, qator geometrik tushunchalar va algebra elementlarini o’rganishda ham foydalaniladi.
Sodda masalalar o’quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni tarkib toptirish uchun asos bolib xizmat qiladi.
Masalani yechish uchun bir nechta o’zaro bog’liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Sodda masalalar kabi murakkab masalalar ham bilimlarni o’zlashtirishga, olingan bilimlarni mustahkamlash va mukammallashtirishga xizmat qiladi.
Sodda masalalar va murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini taraqqiy ettirishda foydali vosita bo’lib, odatda ular o’z ichiga “yashirin axborot” ni oladi. Bu axborotni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilishni, dalillarni
taqqoslashni, ularni umumlashtirishni va xokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o’rganish matematika o’qitishning muxim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Masalalar ustida ishlar ekanmiz, o’quvchilarning xususiy malakalarini ham tizimli ravishda va rejali asosda takomillashtirishni ham o’ylab ko’rish kerak. Chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakalari tarkib topadi.
O’quvchilarni mantiqiy fikrlashga, diqqat-e’tiborli bo’lishga, muammolarni hal qilishga, ijodiy yondoshishga o’rgatishda mantiqiy masalalarni yechish yuqori ijobiy natijalarga olib kelishga yordam beradi. Bunday masalaga misol keltiraylik : “ Xonada 7 ta sham yonib turibdi. Agar ularning 2 tasini o’chirsak, xonada nechta sham yonib turgan boladi ? “
2- §. Matnli masalalarning boshlang`ich sinf o`quvchilarining
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishdagi imkoniyatlari
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ta’lim jarayonida, xususan, matematika darslarida ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish muammosi birinchidan g’oyatda dolzarb, muhim vazifa bo’lishidan tashqari, uni hal qilish ancha qiyin, sermehnat jarayon hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, o`quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish keng ko’lamli ishlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Chunki bu yo’nalishdagi o’qituvchinig faoliyati ta’limning, ya’ni metodik tizimning ko’pgina komponentalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Xususan, o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish imkoniyatlari haqida gap ketganda, zahiraning hajmi nuqtai-nazaridan, oldingi o’rinlarni o’qitishning usullari va o’qitishning mazmuni egallaydi.
Albatta, o’qitish usullari va o’qitish mazmunining o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishdagi barcha imkoniyatlarini bitta bitiruv – malakaviy ish hajmida bayon etish mumkin emas. Shuning uchun, ushbu paragrafda o’qitish usullari va o’qitish mazmunining o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishdagi o’rnini ko’rsatuvchi misollarni keltirish bilan cheklanamiz.
O’quv materialini o’quvchilar tomonidan ongli va puhta egallashlari, o’rganilgan bilimlarni amalda, nostandart vaziyatlarda ijodiy qo’llay olishlari har vaqt ham maktab ta’limning muhim vazifalaridan biri bo’lib kelgan. Bu vazifani hal qilishning keng tarqalgan usullaridan biri o’quvchilarni mustaqil ishlashga, mustaqil bilim olish va olingan bilimlarni chetdan yordam kutmagan holda turli xil sharoitlarda qo’llashga o’rgatish muhimdir. Bu maqsadlarga erishishning kafolatli yo’li ta’limning noan’ananaviy usullaridan keng foydalanishdir. Xususan, ta’limning faol usullaridan, muammoli o’qitish texnologiyasidan va boshqa zamonaviy ta’lim yexnologiyalaridan foydalanish haqida ba’zibir mulohazalarimizni keltiramiz.
So’nggi yillarda ta’lim tizimining barcha ko’rinishlarida, xususan, boshlang’ich ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog olimlar va amaliyotchilar ilmly asoslangan pedagogik texnologiyalarni, o’qitishning faol usullarini ta’lim - tarbiya jarayoniga qo’llash borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Biz quyida o’qitishning faol usullari haqida to’xtalib o’tamiz.
Ta’lim jarayonida o’qitishning faol usullaridan foydalanish ta’lim oluvchilarning nafaqat faolligini oshiradi, balki ularda mas’uliyat hissini rivojlantiradi, modul asosida o’rganiladigan bilimlarni chuqur o’zlashtirish va xotirada uzoq saqlashlariga imkon beradi. Bundan tashqari, o’qitishning ushbu usuli ta’lim oluvchilarni hamkorlikda
ishlashga o’rgatadi, ularda bilimlarni haqqoniy baholash ko’nikmalarini shakllantiradi.
O’qitishning faol usullaridan biri - bu “ Charxpalak “ usulidir. Biz boshlang’ich sinf matematika darslarida “ Charxpalak “ usulini qo’llab, o`quvchilarning bilimlarni qanday o’zlashtirilganini tekshirib ko’rdik va ijobiy natijalarga erishdik.
Biz ta’lim oluvzchilarni ikki guruhga ajratdik. Har ikkala guruh tinglovchilari galma - galdan “o`qituvchi” va “o`quvchi” rolida ishtirok etishdi. “ O`qituvchilar “ “ o`quvchilar “ ning modul birliklari bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini baholadi, “ o`quvchilar ” esa bilimlarni qanchalik o’zlashtirganini tekshirib ko’rdilar. Bu usulni har qandau ta’lim jarayonuda qo’llash mumkin.
Mashg’ulotni tashkil etish usuli. Tanlangan mavzu bo’yicha oldindan savollar tuziladi. 1 – bosqichda o`quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi. 2 – bosqichda esa kichik guruhlar yana 2 yoki 3 kishidan iborat kichik guruhchalarga bo’linadi. Keyin o`quvchilarga oldindan tayyorlangan matnlar va ularga oid savollar, baholash varaqalari tarqatiladi. Ularning tayyorlanishlari uchun vaqt belgilanadi. Belgilangan vaqt tugagach, qur’a tashlash yo’li bilan guruhlardan qaysi biri “ o`qituvchilar guruhi “ yoki “o`quvchilar guruhi “ rolini ijro etishlari aniqlanadi. O`qituvchilar guruhi baholovchi, o`quvchilar guruhi esa baholanuvchi sifatida ishtirok etadi. O`quvchilar guruhi mavzuga oid savollar va javob varaqasini hamda mavzu nomi yozilgan qog’ozlarni o’z oldiga qo’yadilar.
O`quvchilar guruhining har bir ishtirokchisi xuddi “Charxpalak” singari aylanib, o`qituvchilar guruhi oldidan galma - gal o’tib, mavzuga oid barcha savollarga javob beradilar. O`qituvchilar guruhi ularning bilimlarini ballar bo’yicha baholab, javob varaqasiga qayd etadi. Har bir to’g’ri javob uchun bir ball belgilanadi. Baholash
varaqasida o`quvchilar to’plagan umumiy ball ham ko’rsatiladi. Keyingi bosqichda ikkinchi guruh ishtirokchilari o’z bilimlarini tekshirib ko’radilar va baholash yuqorida aytilgan tartibda amalga oshiriladi. Har ikkala guruhdan baholash varaqalari yig’ib olinib, ishtirokchilarning barcha savollar bo’yicha to’plagan ballari ahiqlanadi. Ehg yuqori ball to’plagan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Hozirgi payitda ko’plab zamonaviy ta’lim texnologiyalari va usullari ishlab chiqilib, amaliyotda keng qo’llanilmoqda. Ulardan biri – muammoli o’qitish texnologiyasidir. Muammoli o’qitishda o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatadigan o’quv materiallari, savol va topshiriqlar tanlanadi. Mashg’lot aniq o’quv maqsadi asosida tashkil etiladi. Muammoli o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil egallashga, mustaqil faoliyat usullarini o’zlashtirishga o’rgatish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishdan iboratdir.
Muammoli o’qitish texnologiyasi maxsus motivasiya - muammoni yaratishga asoslangan. Shu bois muammoli vaziyatlar taqdim etiladigan o’quv materiallari mazmuninig adekvatligini talab etadi.
Muammoli o’qitish yexnologiyasi ma’lum ketma – ketlikda amalga oshiriladi : muammoli vaziyatlarni shakllantirish ; muammoni murakkablashtirish ; muammoni yechish usulini izlash ; farazni isbotlash ; muammo yechimining to’g’riligini tekshirish.
Muammoli vaziyat o’quvchilarning maxsus fanlar va kasbga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish hamda rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Muammoli o’qitish yexnologiyasi o’quvchilarning ilmly izlanuvchanlik qobiliyati va bilim olish faolligini oshiradi. Biz muammoli o’qitish yexnologiyasini ishlab chiqdik ( sxemaga qarang ). Ushbu cxemaga muvofiq o’qitish yexnologiyasini qo’llashda o’qituvchi, eng avvalo, muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo’yadi, ijodiy masalalarni, tajribaga oid topshiriqlarnu bajarishni taklif qiladi, kichik
O’quvchilarning bilimini baholash varaqasi
-
Savollar bo’yicha jamg’rilgan umumiy ballar
|
Barcha savollar bo’yicha to’plangan umumiy ball
|
|
|
|
|
|
|
|
5–savolga oid umumiy ball
|
|
|
|
|
|
|
|
4–savolga oid umumiy ball
|
|
|
|
|
|
|
|
3–savolga oid umumiy ball
|
|
|
|
|
|
|
|
2–savolga oid umumiy ball
|
|
|
|
|
|
|
|
1–savolga oid umumiy ball
|
|
|
|
|
|
|
|
O’quvchilarning ismi va sharifi
|
|
|
|
|
|
|
|
T\o
oo
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
…
|
guruhlarda muammoli vaziyatga doir muhokama uyushtiradi, xulosalarning to’g’riligini tekshiradi.
O’quvchilar oldin o’zlashtiran bilin va tajribalariga asoslanib, muammoli vaziyatni hal qilish yollarini izlaydi va talliflar kiritadi. Ular bilimlariga tayanib, hodisalar sababini aniqlaydilar, ularning kelib chiqishini tushuntiradilar va muammoli vaziyat yechimining eng maqbul usulini tanlaydilar.
Muammoli o’qitishda o’quvchilar o’quv dalillarini tizimli tashkil etish asosida intellektual qiyinchiliklarni hal qiladilar, xulosa chiqaradilar va natijalarni umumlashtiradilar, olgan bilimlarini yangi vaziyatda qo’llaydilar. Muammoli o’qitish texnologiyasi samaradorligining asosiy sharti, bu – o’qitish jarayonida o’quvchilarda muammo mazmuniga qiziqish uyg’otuvchi sababni ta’minlash, o’quvchilarga ta’sir etuvchi kuchli muammoli vaziyatlarni tanlash, ma’lum va noma’lumlarning rasional nisbati, muammoli vaziyatlarni yechish mobaynida olinadigan
Sxema
Muammoli o’qitish texnologiyasi
|
-
↓
Muammoli vaziyatlar tavsifi (Savol va topshiriqlar)
↓
Kichik guruhlarga bo’lish
|
Muammoning ifodalanishi
↓
1- kichik muammo 2- kichik muammo 3- kichik muammo
↓ ↓ ↓
Muammoning sabab Muammoning sabab Muammoning
sabab va
va oqibatlari va oqibatlari oqibatlari
↓ ↓ ↓
Kichik muammo yechimi Kichik muammo yechimi Kichik muammo yechimi
↓
Kichik muammo yechimi bo’yicha guruhlar taqdimoti
↓
To’g’ri yechimlarni tanlash
↓
Butun muammo boyicha yakuniy xulosa
axborotlarning muhimligi, pedagogning o’quvchilarning fikrlari va farazlariga e’tiborliligi hamda ularni rag’batlantirishga yo’naltirilgan samimiy muloqot. Muammoli o’qitish yexnologiyasining samaradorligi o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatiga bog’liq.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash jarayonida o’qituvchi nafaqat o’z pedagogik faoliyatini rejalashtirishi va loyihalashtirilishi, balki o’quvchilarning mustaqil ta’limi mazmunini ishlab chiqishi, ularning mustaqil ishlarini tashkil etishi, boshqarishi, nazorat qilishi va baholashi zarur.
O’quv jarayonida bo’lajak mutaxasislarda mustaqil bilim olish va mustaqil ishlash, ijodiy ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish muhim pedagogik muammo hisoblanadi. Zeroki, o’quvchilar har bir mustaqil ishga ijodiy yondoshishlari kerak. Pedagogik tadqiqotlar shuni ko’rcatadiki, o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va taraqqiy ettirish, shuningdek mustaqil bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirishda mustaqil o’quv faoliyati va ijodiy topshiriqlar katta ahamiyatga ega. Lekin sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish ahcha murakkab jarayon. Chunki o’quvchilar fanlar bo’yicha berilgan topshiriqlarni o’quv – uslubiy adabiyotlardan foydalangan holda mustaqil bajaradilar.
Dastlab o’quvchilarni mustaqil bilim olish, mustaqil ishlash, ijodiy fikrlashga o’rgatish rejasi ishlab chiqiladi va o’quv jarayoni ma’lum tartibda amalga oshiriladi : o’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi ( 3 – 4 guruhga ); har bir kichik guruh uchun o’tilgan mavzylar bo’yicha bir nechta savol ( yoki topshiriq ) lar tuziladi ; guruhlar o’zlarriga berilgan savol (topshiriq ) larni o’zaro almashadi ; bir guruh boshqa guruh tuzgan savollarga javob beradi.
O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyati va ijodiy qobiliyatlarini
taraqqiy ettirishga yo’naltirilgan mashg’ulotning texnologik xaritasi ishlab chiqiladi ( jadvalga qarang ).
Mashg’ulotni texnologik xarita asosida tashkil etish o’quv jarayonining samaradorligini oshiradi. O’quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatini taraqqiy ettirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlarda o’qitishning faol usullari qo’llaniladi.
Mustaqil va ijodiy ishlarning turlari va shakllarini tanlashda “oddiydan – murakkabga “, “ umumiydan – xususiyga “ va “ mavhumdan – aniqlikka “ tamoyillariga amal qilinadi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini ishlab chiqishda har bir o’quvchining shaxsiy imkoniyati, bilimi, o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasi inobatga olinadi. Ayniqsa, bunda shaxsga yo’naltirilgan o’qitish metodikalarini qo’llash katta samara beradi.
Jadval
O’quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirishga
yo’naltirilgan mashg’ulotning texnologik xaritasi
-
Dars bosqichi
|
Vaqti (min)
|
Ta’lim usullari
|
O’qituvchi faoliyati
|
O’quvchi
faoliyati
|
1.Tash-kiliy qism
|
2
|
Ma’ruza
|
1.1.O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshiradi, o’rganiladigan mavzuning maqsadini bayon qiladi.
|
Tinglaydi
|
3
|
Sabab
Uyg’otish
|
1.2. Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tushuncha beradi.Mavzuni o’rganishga sababni shakllantiradi.
|
Asosiy ma’lumotlar-ni daftariga qayd etadi.
|
2. Asosiy
qism
|
10
|
Yo’nalti-ruvchi matn
|
2.1. Mustaqil ishlash uchun o’quvchilarga mavzu bo’yicha yo’naltiruvchi savollar beradi. O’quvchilarni to’g’ri javob topishga yo’naltiradi.
|
Berilgan savollar bo’yicha mustaqil ishlaydi.
|
8
|
Munozara
|
2.2. Munozara uyushtiradi. O’quvchilardan javoblarini asoslab berishlarini so’raydi. Savollarga berilgan javoblarni umumlashtiradi
|
Munozarada ishtirok etadi, Savollar be-radi, javoblarini asoslaydi.
|
10
|
Kichik guruhlarda ishlash
|
2.3.Kichik guruhlar shakllantiradi. Har bir guruhga topshiriq beradi.
|
Berilgan topshiriqni bajaradi.
|
1
|
4
|
O’z-o’zini baholash, guruh ishlari taqdimoti
|
2.4. Taqdimotni tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi bo’yicha guruhlarni tinglaydi, savollar beradi, o’quvchlarni munozaraga jalb etadi.
|
Har bir guruh topshiriqlar natijalari bo’yicha taqdimot qiladi, topshiriq bo’yicha yo’l
qoyilgan xatolarni tuzatadi.
|
3. Yakuniy
qism
|
3
|
|
Mavzu bo’yicha yakuniy xulosa chiqaradi. O’quvchilar bilimini baholaydi, faollarni rag’batlantiradi.
|
O’qituvchinigyakuniy xulosasini tinglaydi, tushunmagan yoki o’zlarini qiziqtirgan masaalalar bo’yicha savollar beradi. Yangi ma’lumotlar-ni daftariga qayid qiladi
|
II BOB. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishning metodik
asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |