Andronovo madaniyati bronza davri chorvador qabilalari madaniyati bo’lib, bu madaniyatga tegishli dastlabki yodgorlik o’tgan asrning 20-yillarida Sibiriyaning Achinsk shahri yaqinidagi Andronovo qishlog`idan topib o`rganilgani uchun shu nomni olgan. Bu madaniyat mil. Avv 2000-900-yillarni o`z ichiga oladi. Andronovo madaniyati Sintashta (2100-1800) madaniyatidan keyin shakllangan bo`lsada, Andronovo madaniyatining bir qancha hududlarida shakllangan.
Andronovodan oldin mavjud bo`lgan manzilgohlar huddi Andronovo madaniyatini takrorlagan:
Chilvir (Cord Ware) ma’daniyati.
Sintashta ma’daniyati.
Okunev ma’daniyati.
Andronovo madaniyati davomchi manzilgohi:
Karasuk madaniyati.
Andronovo madaniyatini 1914-yilda birinchi marta rus arxeologi Arkadi Tugarinov Krosnayarsk Krai viloyati hududidan topganda qishloq nomidan kelib chiqib Andronovo deb nom bergan. 1920-yil Rus arxeologi Sergey Teploukov tomonidan kulochilik buyumlari bilan bezatilgan maxsus qabrlar ochib o`rganilgan.
Andronovo madaniyati Janub va sharqa tomon yoyilishi oqibatida 4 ta manzilgohlar bilan farqlari topilgan:
Sintashta-Petrovka-Arkaim(Janubiy Ural, shimoliy Qozog`iston, 2200-1600 yillar). Sintashta Chelyabinsk oblastida, Petrovka Qozog`istonda va Arkaim Petrovka yaqinida (mil. Avv XVII asr) joylashgan manzilgohlardir.
Alakul (2100-1400) madaniyati Amudaryo va Qizilqum cho`li atrofida. Uning tarkibiga Alekseyevka (1300-1100, so`ngi bronza davri) Qozog`iston, Turkmanistondagi Nomozgoh VI yaqinida, Ingola vodiysi Tyumen oblasti janubidagi kiradi.
Fedorovo (1500-1300) janubiy Sibirdan topilgan. Uning tarkibiga Beshkent-Vakhsh (1000-800) madaniyati ham kirgan.
Andronovo madaniyatining geografik o`rni:
Sharqda Minusinsk pastekisligi,
G`arbiy-janubroqda Ural Tog`lari (Afanasevo madaniyati yaqinida),
Shimoliy chegarasi Taiga o`rmonlari hududi bilan,
Janubda Kopettog`(Turkmaniston), Pomir (Tojikiston) va Tian Shan (Qirg`iziston) bilan chegaralanadi.
Andronovo madaniyati haqida olim Mallory “Tozabog`yop Andronovo madaniyati hududining davomidir” deb ta’kidlaydi. Andronovo madaniyatidagi turar joylar daryo bo`ylarida kedr, qarag`ay, yog`och bilan qurilgan. Uylar orasidagi masofalar 80 yoki 300 metr bo`lgan chunki ularda katta oilalar yashagan. Ular boshlang`ich Indo-Iranlar bo`lishgan. Andronovoda chorvachilikda qo`y, echki, otlar boqishgan.
Bu madaniyatga tegishli jamoalarning ayrim guruhlari hatto o`z podasiga bo`sh yaylovlar qidirib miloddan avvalgi II ming yillik o`rtalarida O`rta Osiyo hududlariga ham kirib keladi. Xorazmda va Farg`ona hududlarida o`z moddiy madaniyat izlarini qoldiradilar.
Kavkazning tabiiy sharoiti bronza davri xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay bo`lganligi uchun ham bu er ko`plab qabilalar o`zlarining madaniyatini vujudga keltirgan. Kavkazorti madaniyati Old Osiyo madaniyatiga yaqin. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga oid makonlardan qadimgi sharq qurollari, qadimgi Ossuriya qilichlari kabi moddiy topilmalar topilgan. Kavkazortida Maykop, Trialeti kabi mozor- qo`rg`onlar o`rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |