Katakomba davri miloddan avvalgi III ming yilning oxirlarida II ming yillikning I-yarmiga bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Katakomba mozor-qo`rg`onlaridan erkaklar va ayollar murdalari topilgan. Ko`plab kollektiv qabrlar ham uchraydi.
Miloddan avvalgi II ming yillikning o`rtalarida katakomba davri o`rniga yog`ochband davri keladi. Yog`ochband (yog`och qabr) MDH hududlarida, Shimoliy Yevropada ko`plab tarqalgan. Qabrlarning ichiga murdalar yog`och tobutda qo`yilgan. Shuning uchun ham bu qabrlar yog`ochband qabrlar deb ataladi.
Yog`ochband davri miloddan avvalgi II ming yillikning o`rtalariga to`g`ri keladi. Bu davrda dastali, teshikli boltalar keng tarqalgan. Dastlab ular Sharq mamlakatlaridagi yodgorliklardan topilgan. Yog`ochband davrida metallurgiya va chorvachilikning, rivojlanishi boyliklar to`planishiga va xarbiy to`qnashuvlarning kuchayishiga olib keladi. Jamiyatda moddiy boyliklarning ayrim kishilar qo`lida to`planishi jarayoni boshlanadi.
Bronza davriga oid bo`lgan qo`rg`onsiz qabrlar ham ko`p uchraydi. Unda murdalar kuydirilgan. Bunday xolat xarbiy Evropada so`nggi bronza davri uchun xarakterlidir.
Bronza (Jez) davri mozor-qo’rg’onlari o’rganilishi orqali bu davr haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lindi. Bu davr mozorlari-dan «bo’yalgan va bukchaytirilgan» skletlar ko’plab topilgan. Bu davrda kishilar murdalarga har xil rangdagi (ko’proq qizil, och qizil) tabiiy bo’yoqlar sepishgan. Qizil va och qizil rang – jon, tirilish, qon ramzi hisoblangan.
MDH davlatlari hududida bronza davri yodgorliklari o`rganilgan. Janubiy Sibir hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanasev madaniyati bo`lib, u miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Afanasev madaniyati Enisey (Enasoy) daryosi bo`yida joylashgan. Afanasev yodgorligidan qadimgi qabrlar o`rni topilgan. Bu qabrlar ustiga tosh taxlangan chuqur qabrlar bo`lib, unga murdalar yonlab qo`yilgan. Ularning yonida oziq-ovqatlar, mehnat qurollari qoldiqlari saqlangan.
Miloddan avvalgi II ming yilliklarda G`arbiy Sibir hududida Andronovo madaniyati keng tarqalgan. Andronovo madaniyati tipi- Janubiy Sibir, Janubiy Ural, Qozog`iston shimoliy hududida topilgan. Andronovo madaniyati qabrlar va manzilgohlardan iborat bo`lgan. Qabrlar – to`g`ri burchakli bo`lib, yog`och va tosh plitalar bilan yonlari mustahkamlangan. Andronovo madaniyatiga oid makonlarda metallurgiya, chorvachilik, natura dehqonchiligi rivojlangan. Ko`plab jez qurollar, don qoldiqlari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |