Britaniya mustamlakasining vujudga kelishi


Jahon urushlari (1914-1945) |



Download 97,93 Kb.
bet10/16
Sana20.06.2022
Hajmi97,93 Kb.
#684083
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
BRITANIYA MUSTAMLAKASINING VUJUDGA KELISHI

Jahon urushlari (1914-1945) | 


XX asr boshida Germaniya tez rivojlanayotgan harbiy va industrial davlatga aylandi. Buyuk Britaniya oʻzining kelajakda metropoliya va imperiya butunligini saqlash kuchi yoʻqolishi mumkinligidan qoʻrqa boshladi. Boʻlajak urushda Germaniyani taxminiy raqib sifatida koʻrgan Britaniya Imperiyasi oʻzining eski raqiblari Fransiya va Rossiya bilan yaqinlashuv yoʻliga oʻtdi (1904- va 1907-yillar ittifoqlari).





Birinchi jahon urushi | 


1914-yilda ikki Yevropa davlatlari bloklari oʻrtasida urush boshlandi. Urushda britan koloniyalari va dominionlari Britaniya Imperiyasiga katta yordam berdi. 2,5 mln.dan ortiq askarlar dominionlar armiyalarida xizmat qildi va koloniyalardagi minglab koʻngillilar britan armiyasiga safarbar etildi. Afrika koʻplab nemis koloniyalari britan askarlari tomonidan bosib olingan bir paytda Tinch okeanida Avstraliya va Yangi Zelandiya mos ravishda nemis Yangi Gvineyasi va Samoani bosib oldi.
Ulkan flot Yutland jangi tomon yoʻl olyapti, 1916-yil
Avstraliya va Yangi Zelandiya askarlarining 1915-yilda Gallipoli kampaniyasidagi hissalari bu davlatlarda milliy oʻzlikning paydo boʻlishiga ulkan taʼsir koʻrsatdi. Xuddi shu xolat Kanadada Vimi jangidan soʻng roʻy berdi. Dominionlarning gʻalabadagi hissalari britan bosh vaziri Lloyd Jorj tomonidan tan olindi. U 1917-yilda barcha dominionlarning bosh vazirlarini imperiya harbiy qoʻmitasiga qoʻshilishga chaqirdi19.
1919-yilda imzolangan Versal bitimiga shartlariga koʻra imperiya 4 662 000 km² kengaydi va aholi soni 13 mln.ga koʻpayib oʻz tarixidagi eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Germaniya koloniyalari va Usmonli turklar imperiyasining koʻplab hududlari gʻoliblar oʻrtasida Millatlat Ligasi mandatlariga koʻra boʻlib olindi.

Urushlar orasidagi davr


Britaniya Imperiyasi iqtisodiyoti bu davrda mustahkamlanishda davom etdi: koloniyalar va dominionlarga eksport 32 %dan 39 %ga oʻsdi, import esa 24 %dan 37 %ga oʻsdi.
Irlandiyaga mustaqil boshqaruv taqdim etilishining kechiktirilishi sababli Shinn Feyn boshchiligidagi mustaqillik tarafdorlari partiyasi sezilarli tarzda kuchaydi. 1918-yildagi parlament saylovlarida u Irlandiyadan koʻp oʻrin oldi, 1919-yilda Dublinda Irland assambleyasini tuzib, mustaqilligini eʼlon qildi. Irland Respublikasi armiyasi britan boshqaruviga qarshi partizan urushini boshladi. Ingliz-irland urushi 1921-yilda ingliz-irland bitimining imzolanishi bilan yakunlandi. Bitimga koʻra imperiya tarkibidagi dominion sifatida Irland Ozod davlati tuzildi.
Qirol Georg V Britaniya va dominionlar bosh vazirlari bilan 1926-yilgi Imperiya konferensiyasida.
32 irland grafliklaridan 6tasidan iborat Shimoliy Irlandiya hozirga qadar „1922-yilgi Irland hukumati toʻgʻrisidagi akt“ga koʻra Birlashgan Qirollik tarkibiga kiradi.
Shunga oʻxshash kurash Hindistonda boshlandi; 1919-yilgi Hindiston hukumati toʻgʻrisidagi akt mustaqillik tarafdorlarini qoniqtirmadi. Britan hukumati mustaqillik uchun urushlar boshlanib ketmasligi uchun qattiqqoʻl choralarni qoʻllay boshladi, masalan, Panjobda. Bunga javoban Mahatma Gandi inglizlarning Hindiston aholisi tomonidan boykot qilinishi sanalgan nohamkorlik harakatini boshladi. 1922-yil 10-martda Gandi qamoqqa olinib, 18-martda ekstremistik ruhdagi materiallar nashr etganligi sababli ikki yil ozodlikdan mahrum etildi.
1923-yilgi Imperiya konferensiyasi dominionlarning metropoliyadan mustaqil ravishda oʻz tashqi siyosatini yurgizish imkonini berdi. Bundan bir yil oldingi Turkiyadagi Chanoq inqirozida Britaniya yana dominionlar yordamini soʻradi, lekin Kanada va Janubiy Afrika bu safar yordam berishdan bosh tortdi. 1926-yilgi Imperiya konferensiyasi Irlandiya va Janubiy Afrika bosimi ostida dominionlarni "Britan Imperiyasi tarkibidagi teng huquqga ega va bir-biriga boʻysunmaydigan davlatlar deb tan oldi20. Bu „Ikkinchi imperiya“ning qulashi edi, shundan soʻng „imperiya“ oʻrniga „Britan davlatlari hamdoʻstligi“ atamasi qoʻllanila boshladi.
Metropoliyaga urush eʼlon qilinishi yana avtomatik tarzda uning koloniyalariga oʻz taʼsirini koʻrsatdi, shu jumladan Hindistonga ham. Lekin bu safar dominionlarda urushga kirishdan bosh tortish huquqi bor edi. Ular ichida Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika baribir urushga qoʻshilishdi. Irlandiya esa urushga qoʻshilmay butun II Jahon Urushi davomida betaraflikni saqladi.
Avstraliya yapon bosqinini kutmoqda
1940-yilda Fransiya qulagach Imperiya 1941-yilda urushga SSSR qoʻshilguncha Germaniya va uning ittifoqchilariga qarshi bir oʻzi qolib ketdi. Britan bosh vaziri Uinston Cherchill amerika prezidenti Franklin Ruzveltdan faol tarzda harbiy yordam soʻragan. 1941-yilda ikki davlat Atlantika xartiyasini imzolashdi. Bu xartiya barcha koloniyalarga ozodlik berdi.
Yaponlar hujumi ostida qolgan Avstraliya va Yangi Zelandiya Britaniya oʻz imperiyasini himoya qila olmasligini tushuna boshlashdi. Bu ularni AQSh bilan yaqin aloqalar oʻrnatilishiga turtki berdi. 1951-yilda Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSh oʻrtasida ANZUS pakti imzolanishiga olib keldi.

Download 97,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish