Aglomeratsiya sharoitida qattiq yonilg‘ining yonishi
Ruda va boyitmalarni aglomeratsiya usulida boyitishda qattiq yonilg‘i sifatida ko‘mir, koks va antratsit qo‘llaniladi. Odatda, shixta tarkibidagi ko‘mirning miqdori ruda va boyitmaning tarkibiga qarab 4 foizdan 6 foizgacha bo‘ladi. Yonilg‘i aglomeratsiya jarayonida quyidagi asosiy azifalarni bajaradi:
1) yonilg‘i sifatida shixtaning ustki qismiga solinadi (qalinligi 3-5 sm);
2) shixtaga yonilg‘i aralashgan bo‘lib qaytargich vazifasini bajaradi;
3) shixta tarkibidagi yonilg‘ining yonib ketishi hisobidagi aglomeratda g‘ovak g‘ovaklar bo‘ladi. Bu esa aglomerat sifatiga to‘liq
javob beradi.
Texnologik jarayonni tasavvur qilish uchun dastlabki xomashyo va olinadigan mahsulot 3 fraksiyaga ajratiladi:
1) tayyor mahsulot (15 mm va undan katta);
2) palletlarga (xomashyo joylashadigan qurilma) joylanadigan
bo‘lak (6–15 mm);
3) 6 mm dan kichigi qaytarma mahsulot.
Texnologik jarayonning borishi shixtaning aralashishi, yonilg‘ining sifatiga va unga berilayotgan havoning tarkibidagi kislorodning miqdoriga bog‘liq. Amaliyotda yonilg‘idan to‘liq foydalanish maqsadida asosiy yoqilg‘ini shixtaga 3 xil usulda joylashtirish mumkin.
Bu joylashtirishda O2ning taqsimoti sxemada ko‘rsatiladi (chizma).
Quyidagi chizmada ko‘rsatilganidek, aglomeratsiya jarayonida
yonilg‘ini shixtaga 3 xil tartibda joylashtirish mumkin:
Sxemadan ko‘rinib turibdiki, yonilg‘ining yonishi uchun sarflanadigan O2turlicha miqdorda bo‘lib, oxirgi chiqindi gazlardagi O2ning miqdori birinchisiga yaqin.
Samaradorlik jihatidan:
a – usul keng qo‘llanilib, jarayonning to‘liq borishini ta’minlaydi;
b – usulda yonilg‘i ustidagi shixta to‘liq aglomeratni hosil qilmasligi ko‘riladi;
d – usulda samaradorlik yuqori bo‘lsa-da, O2ning sarfi ko‘p bo‘ladi. Bunga sabab oraliqdagi yonilg‘ining yonish hisobiga CO yana
yonishi kerak bo‘ladi. Jarayon davomida aglomeratsiya borayotgan
dastgohda harakatning taqsimoti quyidagicha bo‘ladi.
5.4-chizma. Ikki qatlamda boradigan kuydirish kesimi
a – shixtaning ustki qismiga; b – shixtaning orasiga;
d – ustki qismi va orasiga.
Tayyor aglomeratning yana bir sifat ko‘rsatkichi uning erish davridagi yumshash tezligidir, ya’ni po‘lat eritish pechiga yuklanyotgan aglomerat temir ta’sirida qancha tez yumshasa, ya’ni erish xususiyatiga ega bo‘lsa, uning sifati yuqori hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida erish jarayonining tez borishini yuqoridan yuklanayotgan aglomeratning ichida to‘xtab qolmasligini ta’minlaydi.
Aglomerat tarkibidagi asosiy begona elementlardan 14%i oltingugurtdir (S). U olinadigan qora metallning sifatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan aglomeratsiyada S dan tozalash kata ahamiyatga ega. Odatda, temirli rudalarda oltingugurt FeS2 holida uchraydi. Oltingugurtdan tozalash bir necha bosqichli bo‘lib, bu
bosqichlar harakat o‘zgarishiga qarab taqsimlanadi.FeS2ning boshi, dissotsiatsiyalanish 280–565 °C. 4FeS2+ 11O2= 2Fe2O3+ 8SO2. Termik dissotsiatsiyalanish va S ning oksidlanishi 565–1385 °C.
2FeS2= 2FeS +S2; S2+2O2= 2SO2,
4FeS2+11O2= 2Fe2O3+8SO2.
Bundan yuqori haroratlarda quyidagi reaksiyalar amalga oshadi
16Fe2O3+FeS211Fe3O4+ 2SO2,
10Fe2O3+ FeS 7Fe3O4+ SO2.
Shuningdek, jarayon davomida SO3CaO bilan reaksiyaga kirishib, SaSO4ni hosil qilishi mumkin
CaO+SO3= CaSO4.
Temirli rudalar tarkibida ma’lum miqdorda margimush bo‘lib, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: FeAsS.
2FeAsS + 7O2 = Fe2O3+As2O3 + 4 SO2.
Bu jarayon 800–900 °C ga yetganda As2O3kislorod bilan birikib, uning yuqori oksidlarini (AsO2, As2O5) hosil qiladi. Bu esa maqsadga muvofiq emas.
Shuning uchun shixtaning tarkibida S ning ko‘p bo‘lishi As ning
yuqori oksidlarini As2O3ga qaytarish xususiyatiga ega.
As2O5+ O2= As2O3 + 2O2,
As2O5+ 2CO = As2O3 + 2CO2,
As2O5+ 2C = As2O3 + 2CO.
460–500 °C da As2H2havoda bo‘ladi (As2+H2o‘ta zaharli gaz).
Agar aglomeratning tarkibida As ning miqdori 0,8–1,2 foizgacha bo‘lsa, uni tozalash maqsadida 2–5 foizli CaCl2tuzi aralashtiriladi.Natijada texnologik gazga As AsCl3holida o‘tadi. Shuningdek, CaCl2 ning qo‘shilishi aglomeratsiya jarayonida 90 % Pb dan va 65 % Zn dan tozalash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |