Qovushtiruvchilarsiz briketlash
Qovushtiruvchilarsiz briketlash, asosan, Fe rudalari uchun qo‘llanilib, buning tarkibiga 7–8 % uglerodli yoqilg‘i qo‘shiladi va 40 minut davomida xom briketlar 1200–1300 °C da qizigan texnologik gazlar yordamida kuydiriladi. Bunda maxsus pechlar bo‘lib, uning ishlab chiqarish unumdorligi sutkasiga 50 tonnaga yetadi. Qovushtiruvchilarsiz briketlashda briketlarning tarkibiga qo‘ng‘ir temir yoki temir
zangi qo‘shiladi. Bunda qo‘ng‘ir temir havodagi namlik bilan tez kirishib, o‘zining igna sifat strukturasi sifatida jipslashtirishi to‘liq amalga oshadi va aksincha, ularni 250 °C haroratda ishlov berish natijasida uning mustahkamlik darajasi keskin ortadi. Qo‘shimchasiz briketlash arzon bo‘lsa-da, uning mustahkamligi uncha yuqori emas.
Shuningdek, aglomeratsiyaga ketadigan ko‘mir briketlashga ketadigan ko‘mirdan 15–20 % ortiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |