Brand” kiyimlar doʻkonini savdo-sotiq ishlarini shakllantirish mavzusidagi individual loyiha ishi



Download 1,9 Mb.
bet18/20
Sana17.12.2022
Hajmi1,9 Mb.
#889910
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
individual loyiha 2(1)

3.2. Dastur haqida qisqacha...



Koʻp ta’kidlanganidek XXI asr axborot asridir. Insoniyat evolutsiyasi, aholi sonining keskin oshib borishi axborotlar sonini toʻxtovsiz oshib borishiga zamin yaratmoqda. Bugun biz cheksiz axborotlar qurshovida yashamoqdamiz. Ular bizning ehtiyojimiz va hayot tarzimizga aylandi. Shunday ekan ularni oʻzimizga ishlatish uchun qulay tarzda ma’lumotlar bazasida saqlash bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir.
Avvallari ma’lumotlar hozirgichalik koʻp emas edi. Shuning uchun har bir tashkilotlar oʻz ma’lumotlarini qogʻozga yozilgan holatda arxivlar orqali saqlab kelishardi. Lekin zamon oʻzgarmoqda, ma’lumotlar oqimi haddan tashqari koʻpayib bormoqda. Ularni nazorat qilish ancha qiyinchilik tugʻdiryabdi va xatolarni koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Shunday ekan ma’lumotlar bazasini elektronlashtirish hozirgi kundagi dolzarb masaladir. Tabiiyki bular dasturchilarga katta masʻuliyat yuklaydi. Hamma birdek emas, kompyuter bilan ishlash koʻnikmasi hali yuqori koʻrsatkichga erishgani yoʻq. Demak dasturchilarning hozirgi vazifasi faqatgina elektron malumotlar bazasi yaratishgina emas, balki, unga qoʻshimcha yana qulay va oson tushunish imkonini beruvchi dastur interfeysini yaratish hamdir. Yaratilgan dastur ishlatish uchun qulay, tushunarli va foydalanuvchiga koʻplab imkoniyatlarni bera olishi uning qadrini ancha oshiradi.
Bunday dasturlarni yaratishda visual dasturlash tillaridan foydalaniladi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad shuki, visual daturlash tillarida kod yozish ancha oson, hamma komponentlar foydalanish uchun tayyor holatda taqdim qilinadi va ularni yaratish uchun ham alohida kod yozish shart emas. Faqatgina ularni vazifasini belgilab qoʻyish yetarli boʻladi. Bundan tashqari ularni ma’lumotlar bazasi bilan bogʻlash ham juda oson. Ortiqcha kodlarsiz shunchaki bir nechta komponentalar va belgilashlar orqali bunga erishish mumkin boʻladi.
Visual dasturlash tilini tanlashda uning reytingiga eʻtibor berish kerak boʻladi. Chunki reytingi yuqori boʻlgan dasturlash tillari sodda interfeysga ega boʻladi va xatolar haqida oldindan ogohlantirib turadi. Bundan tashqari ular moslashuvchanligi ham juda yaxshi ta’minlangan. Ular orqali yaratgan dasturlarimiz boshqa operatsion tizimlarda ham oʻz holatini saqlaydi va xatolarsiz ishlaydi. Eng mashxur visual dasturlash tillariga JAVA, PYTHON, C++ BUILDER 6 va EMBARCADERO XE3 kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Shu qatorda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini tanlash ham ancha muhim hisoblanadi. Hozirgi kunda Sql, MySql, Oracle kabi MBBT lardan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki ular koʻp funksiyali va xavfsizlik darajasi oʻta yuqori hioblanadi. Bundan tashqari dasturlash tili bilan bogʻlashda ham muammolar yuzga kelmaydi. Aslida bu MBBTlar bitta firmaga tegishli, ya’ni hammasi AQSHning ORACLE korporatsiyasi orqali ishlab chiqariladi va foydalanuvchiga turli xil imkoniyatlarni taqdim etadi.
Bulardan tashqari MICROSOFT OFFICE dasturlar paketi tarkibidagi MS ACCESS dasturi ham ancha qulay va MICROSOFT operatsion tizimi uchun juda qulay. Lekin u biroz eskirdi va zamonaviy visual dasturlash tillari tomonidan qoʻllab quvvatlash avvalgidek emas. Uni dasturga bogʻlashda biroz muammolarga duch kelishimiz mumkin. Shuning uchun yuqoridagi MBBTlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
Ushbu dastur Fargʻona viloyati tumanlarida joylashgan Maktabgacha Ta’lim Tizimlarida malumotlar bazasini boshqarish uchun ishlab chiqilgan. U orqali foydalanuvchi MTT haqida oʻziga kerakli boʻlgan narsalar haqida yetarlicha ma’lumot olishi mumkin.
Daturda ikki xil rejimdan tashkil topgan:

  • Administrator

  • Oddiy foydalanuvchi.

Administrator ya’ni tegishli huquqlarga ega boʻlgan yuqori lavozim egasi saytga administratsiya boʻlimi orqali kirib tizimda koʻplab oʻzgartirishlar kiritish imkoniga ega. Ya’ni u hodimlarni ishga olish yoki ishdan chetlatish, ularni lavozimga tayinlash va shunga oʻxshash bir qancha imkoniyatlarga ega. Albatta ular bu boʻlimga kirish uchun login va parollar bilan ta’minlanadi. Bu albatta xavfsizlikni ta’minlashning eng yaxshi yoʻlidir.
Dasturga oddiy foydalanuvchi sifatida kirgan inson ya’ni hech qanday lavozimga ega boʻlmagan oddiy shaxs administratsiya boʻlimiga kirishi mumkin emas. U oʻzi uchun kerakli asosiy ma’lumotlarni “Oddiy foydalanuvhi” boʻlimidan topishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi uchun bu boʻlimdagi ma’lumotlardan nusxa koʻchirishni taqiqlash maqsadga muvofiq boʻladi.
Ushbu dasturning shu va yana bir qancha qoʻshimcha qulaylik va xususiyatlari haqida keyingi boʻlimda yanayam batafsilroq tanishib chiqishimiz mumkin boʻladi.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish