Bozor iqtisodiyoti deganda esa faoliyat yuritish, ishlab chiqaruvchilar bilan
iste’molchilarning bog’lanishi, hamkorligini tashkil etish, tartibga solish, boshqarish tizimi
tushuniladi.
Tovar muomalasida ishtirok etuvchilar bozor sub’ektlari bo’ladi. Ular jismoniy shaxslar
yoki yuridik shaxslar vakolatini olganlar bo’lib, alohida kishidan tortib to ayrim olingan
davlatlargacha bo’lishi mumkin.
Bozordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar bozor ob’ektlari bo’ladi. Bozor ob’ektining
xilma-xilligi va miqdori ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Hozirgi
payt-da rivojlangan mamlakatlarda 25 mingdan ortiq tovar va xizmatlar turi mavjud.
Bozor aloqalari bevosita va bilvosita amalga oshadi. Bevosita bozor aloqasi yuz berganda
tovar ishlab chiqaruvchi yoki uning vakili iste’molchi yoki xaridorning o’zi bilan to’g’ridanto’g’ri
oldi-sotdi ishlarini olib boradi. Bunga asosan kichik korxona va firmalarni misol qilib
olish mumkin. Chunki, ular etishtirgan mahsulot kam, tor doirada bo’lganligi uchun ham hech
qanday vositasiz bozorda o’z tovarlarini sotishi mumkin. Yana shunday munosabatlar borki, biz
uni bilvosita bozor aloqasi deb belgilaymiz. O’z-o’zidan ko’rinadiki, u aloqada sotuvchi bilan
xaridor va ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasida munosabatni tezlashtirish —yaxshilash,
xarajatlarni kamaytirish maqsadida vositachi ahli maydonga keladi-da, ularning mushkulini
osonlashtiradi. U qanday amalga oshadi? Bu savolga javob shuki, agarda men katta bir firma
yoki ishlab chiqarishni tashkil etuvchisi bo’lsam men uchun o’sha etishtirgan mahsulotimni
o’zim sotgandan ko’ra o’rtadagi vositachilarga arzonroq narxda sotganim afzal. Chunki, men
tovarlarni qanchalik tez sotsam, undan tushgan pulni ishlab chiqarishga tezroq sarflab, yanada
ko’proq foyda olishimni ko’zda tutgan bo’laman. Agar jahon tajribasiga nazar soladigan bo’lsak,
rivojlangan mamlakatlarning bozorida bilvosita bozor aloqalari ustundir. Chunki, bozor
rivojlangan sari uning sir-asrorlarini bilish, oldi-berdi operatsiyasini o’tkazish maxsus
tayyorgarlik va mahorat talab qiladi. Bu ishlarni ixtisoslashgan tijorat firmalari, savdo-sotiq
agentlari, broker, makler va dilerlar kabi vositachilar o’z zimmasiga oladi. Vositachilar ishlab
chiqaruvchilarning vaqtlarini tejab, tovarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo’lgan
harakatini tezlashtiradi.
Ishlab chiqaruvchi uchun bozor hajmi muhim ko’rsatkich, chunki u bozorda tovarni
sotilish miqdori bo’lib har bir tovarning narxiga bog’liq bo’ladi. Bozor hajmi nafaqat ishlab
chiqarish miqyosiga, balki uning ixtisoslashuviga ham bog’liq. Ixtisoslashuv qanchalik
chuqurlashsa mahsulotlarning tovarlik darajasi shunchalik oshadi, shunchalik ko’p tovarni
bozorda ayirboshlash zarurati kelib chiqadi. 1996 yilda AQShning ichki bozor hajmi 7,4 trln
dollarlik tovar muomalasi bilan ifodalangandi. Odatda, bozor hajmi yalpi milliy mahsulot
hajmiga nisbatan to’g’ri proportsional o’zgaradi.
Bozorning hajmi qay darajadaligini tovar oboroti ko’rsatadi. U avvalo tovarlar va
xizmatlar hajmiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |