Бозор ўринбоев


Beshinchi davr - 1991 yildan keyingi davr



Download 3,3 Mb.
bet28/69
Sana21.05.2022
Hajmi3,3 Mb.
#606066
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
maxsus fan. majmua 1 (2) - копия

Beshinchi davr - 1991 yildan keyingi davr. O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin ona tili ta’limi oldida tamomila yangi talablar qo`yila boshlandi. “O`zbek maktablarida ona tili ta’limi Konsepsiyasi” (1993) ishlab chiqildi. Ona tilidan DTC me’yorlari belgilandi va u davlat hujjati sifatida qabul qilindi, DTCga muvofiq keladigan “Ona tili” dasturlari yaratildi; maktab darsliklari yangilana boshlandi.
Ona tili ta’limining mazmuni, asosan, 50-yillarning o`rtalarida shakllantirilgan bo`lib, o`shandan beri dasturlar juz’iy o`zgarishlar bilan 1998-1999 o`quv yiliga qadar amalda bo`lib keldi. 60-yillarga kelib “Fan yutuqlari-maktabga” shiori o`rtaga tashlangach, maktab ona tili ta’limi shu qadar nazariylashib, grammatizm hokimligi yuzaga keldiki, o`qish ham, o`qitish ham zerikarli bo`lib qoldi. Ona tili mashg`ulotlarida o`quvchi nutqni rivojlantirishga qaratilgan foydali amaliy ishlar o`rniga son-sanoqsiz grammatik talqin, qoida va ta’riflarni ko`r-ko`rona “o`zlashtirish”, ya’ni ularni qorilarcha yodlab olishdan nariga o`tilmadi. Ona tili ta’limidagi yana bir murakkablik grammatik talqinlar bilan bog`liq chalkashliklar edi. Jumladan, olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki, fe’l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap va hatto matnni almashtira olishi, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan edi. Mavjud chalkashliklardan yana biri bir so`z turkumidan ikkinchi so`z turkumiga o`tish talqini edi. ”Dono qiz dono so`zlaydi” gapida birinchi dono ravish so`z turkumiga kiritilgan edi..“O`zbek maktablarida ona tilini o`qitish Konseptsiyasi” – mazkur hujjat 1993 yil 15 oktabrda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo`lib, maktabda ona tili o`qitishning asosiy maqsadi o`quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat deb belgilanadi.
Milliy istiqlol maktab ona tili ta’limi oldiga ham yangi ufqlar ochdi. O`zbekiston olamga yuz tutdi; ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy jabhalarda ulkan ijodiy qadamlar tashlandi. Mustaqil Respublikamizning xalq ta’limi sohasidagi islohotlari bugungi kunda naqadar katta ijobiy natijalar berganligini hayotning o`zi ko`rsatib turibdi. Bu islohotlar avvalo millatning g`ururi, uning iftixori-tiliga bo`lgan e’tibordan boshlandi.
1989 yil 21 oktyabr kuni “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi. “O`zbek tili O`zbekiston Respublikasining davlat tilidir”, deb davriy ravishda e’lon qilindi.
Tilimizga davlat tili maqomi berilishi Respublikamiz maktablarida o`zbek tilining o`qitilishiga e’tiborini kuchaytirdi. Tarixiy ahamiyatga molik bu Qonun 1987 yilda tuzilgan, bir qator maktablarda muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o`tkazilgan “Ona tili” (V-IX sinflar uchun) dasturining takomillashtirilishiga turtki bo`ldi hamda O`zbekiston Respublikasi XTB tomonidan 1989 yili 25 sentyabr 386-raqamli buyruq bilan ta’sis etilgan “O`zbek tili” doimiy anjumani (O`TDA) 1-yig`inida “Induktiv-2” ramzi bilan muqobil dastur sifatida muhokamaga chiqarildi.
Ona tili ta’limida mustaqillik yillarida tanlangan ulkan qadam “O`zbek maktablarida ona tilini o`qitish Konseptsiyasi” bo`ldi. Mazkur hujjat 1993 yil 15 oktyabrda O`zbekiston Respublikasi XTB tomonidan tasdiqlangan bo`lib, maktabda ona tili o`qitishning asosiy maqsadi o`quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat deb belgilandi. Bunday maqsadning qo`yilishi bejiz emas, albatta, Prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so`zlagan nutqida: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”,- deb qayd qiladi. Ona tili ta`limi oldiga qo`ygan maqsad yurtboshimiz aytgan fikr bilan hamohangdir.
Milliy istiqlol sharofati bilan ona tili ta’limini takomillashtirish davom etirildi.
“Ona tili o`qitish metodikasi” mustaqil fan sifatida o`zining ilmiy- tadqiqot, nazariy-falsafiy, qadriyatlarga asoslangan, badiiy mahorat konsepsiyalariga ega.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish