Misol: Bilish. Sifatning ta’rifini ayting.
Tushunish. Oy, udum, tabiat, bayram, sumalak. Ushbu so’zlarni qanday tushuncha birlashtiradi? Har bir so’zga mos sifat toping.
Qo’llash. Navoiy va Bobur o’zbek adabiyotining eng yorug’ yulduzlaridandir. Berilgan gapdagi sifatning ma’nodoshini toping. Topilgan sifatlarni ushbu gapda qo’llab bo’ladimi?
Tahlil. O’qigan bola, chiroyli gul, issiq non, chiroyli yozmoq, katta soat. Berilgan birikmalardagi ortiqcha, ya’ni sifat bo’lmagan so’zni ajrating.
Sintez. Bog’lanishli matn tuzing. Tayanch birikmalar: tabiatda bahor belgilari, his-tuyg’ular. Matnga sarlavha toping. Nima uchun bunday nomlaganingizni izohlang.
Baholash. Menga bunday shakldagi dars yoqadi, chunki... Bugungi darsda men...qatnashdim. O’zimga qo’ygan bahom adolatli, chunki....
”Susambil” ertagi. 1.Bilim. Ertakni kim yozgan? Nima uchun uni o’zbek xalq ertagi deymiz? Ertak qahramonlari kimlar? Ertakni so’zlab bering
2. Tushunish. Qahramonlar qanday maqsad yuzasidan birlashdilar? Susambil qanday yurt?
3. Qo’llash. Ertak qahramonlari hozirgi zamonga tushib qolishsa, ular qanday yo’l tutishardi?
4. Tahlil. Ertakni nechta bo’limga bo’lish mumkin? Qahramonlar nima uchun yashab turgan joylaridan ketib qolishdi? Ular to’g’ri yo’l tutishdimi?
5. Sintez. Ushbu ertak qanday maqsadda yozilgan? Eslang-chi, ertak mazmuni qanday hayotiy voqealarga mos kelyapti?
6. Baholash. Ertak mazmuniga mos keluvchi qanday maqollarni bilasiz? Agar qahramonlar hamjihatlikda ish yuritishmaganda, voqealar qanday kechardi?
Pedagogik texnologiyalarning bir qismlarini ishlayotganda tabiatga moslik prinsipi va o’quv jarayonini jadallashtirish prinsiplariga rioya qilinadi. Tabiatga moslik prinsipi – ta’lim-tarbiya jarayonini o’quvchining bilim o’zlashtirish qobiliyati va aqliy kuchlari o’sishiga ko’proq mos kelishini nazarda tutadi. Bolaning o’qishga bo’lgan xohish va qiziqishi ta’lim va tarbiyaning tabiatga uyg’unligining ko’rsatkichi hisoblanadi.
O’quv jarayonining jadallik prinsipi didaktik vazifani tezroq va yuqoriroq darajada ro’yobga chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko’proq samara olishni nazarda tutadi. O’quvchining bilim o’zlashtirish tezligi (s) jadallik prinsipining ko’rsatkichi hisoblanadi.