Бозор ўринбоев


«Maqsadni belgilash» tushunchasi



Download 3,3 Mb.
bet20/69
Sana21.05.2022
Hajmi3,3 Mb.
#606066
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
maxsus fan. majmua 1 (2) - копия

«Maqsadni belgilash» tushunchasi
Maqsadni belgilash – texnologiyalashtirishning asosiy omili hisoblanib, pedagogik texnologiyani loyihalashtirish, o’quv jarayonini tuzish hamda tashkillashtirish shundan boshlanadi.

Мақсад - кўзланаётган натижа модели кўринишидаги муҳим йўналишнинг маҳсули.
Бу эса, таълим субъектларининг фаолият якунида эгаллашлари кўзланаётган нарсадир.



Натижа - (1) ўқув фаолиятида олинган натижа таълим олувчининг ривожланишида олдинга силжиш бўлиб, бу унинг у ёки бу фаолиятида ўз аксини топади; (2) таълим жараёнининг самарали боришини намоён қилиб, мақсадга эришилганлик даражасини хусусиятлайди: таълим бериш ва таълим олиш жараёни натижа мақсадга мос келгандагина тугайди.


Klarin M.V. pedagoglar tomonidan qo’yiladigan o’quv maqsadlarni qo’yidagi tipik usullarini qaraydi:
1. Maqsadlarni o’rganiladigan mazmuni orqali aniqlash. Masalan, “
Nyutonning ikkinchi qonunini o’rganish”, yoki birinchi bobning mazmunini o’rganish. Maqsadni ana shunday qo’yish mashg’ulotlarda qaraladigan bilimlar sohasini, predmetning mazmunini ko’rsatadi xolos. Ammo o’quv maqsadni shunday ifodalash ta’lim oluvchilarga maqsadga erishish haqida, aniq maqsadga erishganlik haqida fikr yuritish uchun qiyinchilik to’g’diradi. Shu boisdan ham o’quv maqsadlarni u yoki bu predmetning bo’limi, bobi, mavzusining mazmuni orqali qo’yish amaliyoti o’quv jarayoniga nisbatan instrumental bo’laolmaydi.
2. Maqsadlarni pedagogning faoliyati orqali aniqlash. Masalan: o’quvchilarni ichki yonar dvigatelini ishlash prinsipi bilan tanishtirish yoki detal chizmasidagi shartli belgilarni o’qish priyomlarini, uslublarini namoyish qilish. Maqsadni “pedagog tomonidan” -anashunday qo’yilishi, uning shaxsiy faoliyati bilan bog’liq bo’lib qoladi. Biroq bunda o’qituvchi o’zining harakatlarini, ulardan kelib chiqadigan oqibatlar bilan, ta’limning real natijalari bilan solishtirish imkoniyatiga ega bo’lmasdan belgilagan, chunki maqsadni qo’yishning ushbu uslubida mazkur natijalarni hisobga olish ko’zda tutilmaydi. Maqsadni qo’yishning ushbu usulini noinstrumental, notexnologik xarakterda ekanligi niqoblangan. xolos. Biroq u bartaraf qilinmagan.
3. Maqsadlarni o’quvchining intellektual, emosional, shaxsiy rivojlanishining ichki jarayonlari orqali qo’yish: Masalan - “Kuzatiladigan xodisalarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirmoq”, “Matematik vazifalarni mustaqil yechish ko’nikmasini rivojlantirmoq”, “Fizikaviy masalalarni yechish jarayonida o’quvchilarning mustaqil bilim olishini rivojlantirmoq”, “... qiziqishni shakllantirmoq” va h.k.
O’quv maqsadlarni shu tariqa ifodalanishidan biz umumlashgan ta’lim maqsadlarini dars, hatto darslar turkumi darajasida emas, balki maktab, o’quv predmeti yoki predmetlar turkumi darajasida qo’yilayotganligini bilib olamiz.
Maqsadga erishilganlik haqida mulohaza yuritish uchun imkon beradigan oriyentirlarni payqab olish mumkin emas. Shu boisdan ham maqsadni umumiy ifodalash bilan chegaralanmasdan, balki uni aniqlashtirish (identifikasiyalash) yo’lidan borish zarur.
4. Maqsadlarni o’quvchilarning o’quv faoliyati orqali qo’yish. Masalan, “Mashg’ulotning maqsadi - kvadrat tenglamadan ildizlarni topish masalasini yechish”. Bir qarashdag o’quv maqsadini anashunday ifodalash mashg’ulotni rejalashtirish va o’tkazishga ma’lum aniqlik kiritganday bo’lib ko’rinadi. Biroq bu yerda ham nazarimizdan eng muhim moment - ko’zatiladigan ta’lim natijasi, uning oqibatlari tushib qolayapti. Bu natija o’quvchi rivojlanishidagi ma’lum siljish sifatida namoyon bo’lib u o’quvchining faoliyatida u yoki bu darajada o’z ifodasini topadi.
Pedagogik texnologiya tarafdorlari haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, ta’lim maqsadlarini predmet mazmuni, pedagog yoki o’quvchi faoliyati jarayoni orqali aniqlash ta’limning ko’zda tutilgan natijalari haqida to’la tasavvur bermaydi. Ular haqida mulohazani faqat tashqi ko’rinish - o’quvchining tashqi ifodalangan faoliyati bo’yicha yuritish mumkin. Ta’lim natijasini aniqlashtirish maqsadini o’z oldiga qo’ygan pedagog uning tashqi kuzatiladigan belgilari (nutq, harakat)ni maksimal ravishda to’liq ifodalashga intiladi. Ta’lim natijasini ifodalashni uning tashqi belgilarini ro’yxatga olish orqali amalga oshirishga o’rinish uni juda soddalashtirib yuborish demakdir. Biroq, ilmiy maqsadlarda ham, amaliy maqsadlarda ham murakkab xodisalarning soddalashtirilgan modellari zarur bo’ladi. Pedagogik texnologiya taklif qilayotgan o’quv maqsadlarini qo’yish usuli o’ta instrumentalligi bilan farq qiladi. Bu shundan iboratki, ta’lim maqsadlari ta’lim natijalari orqali ifodalanib u o’quvchining turli-tuman faoliyatida namoyon bo’ladi. O’quv maqsadlari shunday faoliyatlarda ifodalanadiki, ularni o’qituvchi-pedagog yoki boshqa biror ekspert aniq tanib olishi yoki o’lchashi uchun imkoniyat bo’ladi. Buning mohiyati shundan iboratki, pedagogik texnologiyada ta’lim maqsadlari pedagog yoki boshqa biror ekspert tomonidan aniq tanib olinadigan yoki o’lchanadigan o’quvchilarning faoliyatlari bilan ifodalanuvchi ta’lim natijalari orqali qo’yiladi.
Ta’lim mazmuni an’anaga ko’ra asosan tematik yo’naltirilganligi bilan xarakterlanadi va unda aniq, bir ma’noli o’quv maqsadlarini ajratish ma’lum qiyinchilik tug’diradi. Vazifalarni ta’riflash (maqsadlarni identifikasiyalash)ni yengillashtirish uchun ularni bayon qilishda, ta’lim oluvchilarning xarakatini ifodalovchi fe’llar qo’llaniladi, masalan:
-aniq faktni biladi;
-qoidani biladi;
-so’z bilan bayon qilingan materialni matematik ifodaga aylantira oladi;
-sxema (grafik, diagramma va h.k.)ni tushuntiradi;
-mavjud ma’lumotlardan xulosa chiqaradi;
-tushunchani yangi vaziyatda ishlata oladi;
-qoidani (qonun, nazariy xolat)ni qo’llaydi;
-hammaga tanish qoidani yangi vaziyatda to’g’ri ishlatilishini namoyish qiladi;
-noaniq taxminlarni ajratadi;
-mulohaza, fikrlash mantiqidagi xato va kamchiliklarni topadi;
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, fe’llar umumiy xarakterga ham aniqroq xarakterga ham ega bo’lishi mumkin. Masalan:
o’rganmoq belgilamoq
aniqlamoq(bilib olmoq) ajratmoq
tanishmoq guruhlamoq
tushunmoq tuzatmoq
Shuni ta’kidlash lozimki, pedagog oldida hamisha tanlash turadi: ta’limni reproduktiv ramkalar bilan chegaralaydigan “qattiq”identifikasiyalanadigan maqsaddan foydalanish zarurmi yoki ta’limni qidiruv usulidan foydalanishga imkon beradigan ta’limning noaniqroq maqsadlarini ifodalash maqsadga muvofiqmi. M.V.Klarin ta’kidlaganidek, biz ijodiy xarakterdagi maqsadlarga murojaat qilishimiz bilanoq, ularning belgi(aniq o’quv natija)larini bir ma’noda, to’liq obyektiv bayon qilish imkoniyati bir muncha pasayadi. O’qituvchining bahosi ekspert tarzida bo’lib, u ko’p jihatdan intuitiv bo’lib qoladi va uning madaniy darajasiga, ijodiy tafakkur qilish imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Shu boisdan ham “O’quv maqsadlarning “qattiq” xarakteri bir muncha yumshatilishi zarur va ijodiy xarakter tipidagi maqsadlarni bayon qilishda ma’lum hissa noaniqlikni bo’lishiga ko’nikishimiz kerak”.
Ana shunday hollarda B.Blumning taksonomiyasiga muvofiq umumiyroq ta’lim maqsadlaridan foydalanish zarur. “Taksonomiya” tushunchasi obyektlarning o’zaro tabiiy aloqasi asosida qurilgan va iyerarxik (ko’p bosqichli) prinsip bo’yicha joylashgan obyetlar kategoriyasi bayonini o’z ichiga oluvchi obyektlar klassifikasiyasi va sistematikasini ifodalaydi. B.Blumning o’quv maqsadlari taksonomiyasi qo’yidagi jadvalda keltirilgan.(2-jadval). Mazkur o’quv maqsadlar taksonomiyasi dunyoda eng ko’p tarqalganlardan biri hisoblanadi. U test topshiriqlarini ishlab chiquvchilarga o’quv materiali elementini mazkur taksonomiyadagi o’quv maqsadlari kategoriyasini biri bilan bog’lanishini aniqlashga imkon beradi. Bu esa test topshiriqlari mazmunini izlash sohasini sezilarli darajada toraytiradi va turli variantlarni ishlab chiqish uchun imkoniyatlar yaratadi.
B.Blumning taksonomiyasini qo’llash (identifikasiyalanadigan o’quv maqsadlarni ifodalashda qiyinchilik tug’ilganda) umumiy o’quv maqsadlarni shakllantirishga imkon beradi.
B.Blum taksonomiyasidan foydalanib pedagog faqatgina maqsadni ajratib va aniqlashtirib qolmasdan, balki ularni tartibga keltiradi. Maqsadlarni iyerarxik klassifikasiyasi pedagog amaliyotchi uchun quyidagi sabalarga ko’ra muhimdir:
- kuchni bosh masalaga to’plash;
- aniq o’quv maqsadlar pedagogga o’quvchilarning umumiy ishida ularga oriyentirlarni tushuntirishga, ularni muhokama qilishga, tushunish uchun oydin qilishga imkon beradi.
Test topshiriqlarini ishlab chiqishda B.Blum taksonomiyasidan ketma-ketlikda foydalanishning turli variantlari mavjud. Ulardan birini yuqorida eslagan edik. Identifikasiyalanadigan o’quv maqsadlarini ifoda qilishda qiyinchilik tug’ilsa, B.Blum taksonomiyasi bo’yicha o’quv maqsadlar kategoriyasiga o’tish zarur. Ammo boshqa variant ham bo’lishi mumkin - dastlab B.Blum taksonomiyasini identifikasiyalangan o’quv maqsadlarini ishlab chiqishni osonlashtirish uchun qo’llash zarur. Bu holda “bilim”, “tushunish”, “qo’llash”, “tahlil”, “sintez” va h.k. kategoriyalarda umumiyroq o’quv maqsad aniqlanadi, keyin esa ta’limning kuzatiladigan natijasiga eng ko’p mos keladigan fe’llar tanlab olinadi. [1]

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish