2.3. Bozor mexanizmining samaradorligi.
2.3.1. Bozordagi taklif. Taklif qonuni
Agarda bozordagi iqtisodiy holatni tavsiflovchi taklif ko‘rib chiqilmasa, bozor mexanizmining tahlili bir tomonlama bo‘lib qoladi. Bozordagi talab xaridorlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, taklif sotuvchilar tomonidan o‘rganiladi. Ana shunda, bozor mexanizmi to‘liq tahlil qilinadi va ijobiy natijalarga erishiladi.
Taklif - joriy vaqtda bozorda mavjud va sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |