2.2. INTENSIV O’SISH
Shuning uchun, 1985 yilda SSSRda ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish vazifasi e’lon qilindi. Bunda, iqtisodiy o‘sishning intensiv shakliga o‘tish nazarda tutilgan edi. Bu maqsadlarda quyidagi Zta instrument ko‘zda tutilgan:
- inson faktorini jadallashtirish va bu ko‘rsatkichning iqtisodiy o‘sishdagi ulushi , olimlarning fikricha, 10% bo‘lishi kerak edi;
- o‘sish sur’atini 20% ko‘rsatkichida ta’minlashga mo‘ljallangan xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish;
- iqtisodiy o‘sishning 70% ulushini tashkil etishi ko‘zda tutilgan ilmiy-texnik rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish.
Dastlabki bosqichlarda SSSRda inson faktorlarining jadallashuvi barcha tabaqalarda-mehnat jamoalari va umum davlat pog‘onalarida-propaganda tadbirlarini amalga oshirish orqali ro‘y bergan. Keyinchalik moddiy manfaatdorlikni ham hisobga olgan holda xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish oydin masalaga aylanib qoldi. Bu esa iqtisodiy otilmida baxs-munozaralar hamda ishlab chiqarishda xo‘jalik eksperimentlarini yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Natijada xo‘jalik mexanizmini qayta qurishda asosiy vazifalardan biri ishlab chiqarishning pudratchilik shaklidan foydalanish ekanligi tan olindi. Pudratchilik iqtisodiyotni xususiylashtirish va mehnat jamoalariga kengroq iqtisodiy erkinlik yaratilishini anglatadi: bunda ishlab chiqarish manbalariga bo‘lgan yuridik huquk davlatga tegishli bo‘lib, mehnat jamoalari esa ishlab chiqarilgan mahsulotlarning to‘lahuqukli egalari hisoblangan. Ularning shartnomalar tuzishda, narxlarni belgilashda, mahsulot xajmlari va yetkazib berish muddatlarini anikdashda erkin ekanliklari xo‘jalik turining yangi shayuti - bozor mexanizmini yaratish va rivojlantirishga asos solgan.
Vaholanki, 90-yillarning boshida SSSRda, keyinchalik Rossiyada davlat mulkini to‘liq xususiylashtirish jarayoni boshlanganligi sababli, pudratchilik bozor munosabatlariga o‘tishda o‘zining afzalliklarini oqlay olmadi. Xususiylashtirish jarayonining jadallashuvi va uning vaucherlar (bepul) asosida amalga oshirilishi butun iqtisodiyotda va jamiyatda tuzulmaviy nuqsonlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi: asosiy va aylanma kapitalning samaradorligi pasaydi, milliy xo‘jalikning makroiqtisodiy boshqarilishi susaydi investisiyalar va ishlab chiqarish keskin ravishda pasaydi. Xususan,1993 yilda Rossiyada metall va metallga ishlov beruvchi uskunalarning xajmi 1989 yilganisbatan 30%ga pasaydi, go‘sht va go‘sht mahsulotlari,sut va sut mahsulotlari, mato va poyafzallarning ishlab chiqarish xajmi 50-60% gapasaydi. Mamlakatning YAIM xajmi 1990 yildan 1992 yilgacha deyarli 2 baravarga qisqardi.
Shunday qilib, 90 –yillar boshida Rossiya bozor islohotlarini amalga oshirishga kirishganda, mamlakatda iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan va kuum hosil bo‘ldi-o‘sishning ekstensiv faktorlari batamom tugatilganedi,intensiv faktorlar esa hali tayyorlanmagan edi. Bundan tashqari, qayd etish kerakki, o‘tmishdagi o‘sishning ekstensiv faktorlari mamlakatga yangi sharoitlarda xo‘jalik yuritish uchun ob’yektiv va sub’yektiv imkoniyatlarni tayyorlash imkonini bermadi. Gap shundaki,o‘sishning ekstensiv usulining nafaqat ijobiy tomoni (oddiy va arzon o‘sish, ma’lum bir chegaralargacha) balki salbiy tomoni hammavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |