Bozor mexanizmi deformatsiyasi



Download 221,46 Kb.
bet1/23
Sana27.05.2022
Hajmi221,46 Kb.
#611683
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
BOZOR MEXANIZMI DEFORMATSIYASI


BOZOR MEXANIZMI DEFORMATSIYASI


Mundarija
KIRISH………………………………………………………………..2


I.BOB. IQTISODIY O’SISHLARNING TAMOYILLARI VA BOZOR MEHANIZMINING TASHKIL ETILISHI
1.1. IQTISODIY OʻSISHNING MAZMUNI VA MEZONLARI …………..5
1.2. IQTISODIY OʻSISH SUR’ATLARI TAHLILI.………………………………20


II.BOB. IQTISODIY OʻSISHNING IKKI TURI TAQSIMLASH
2.1. INTENSIV O’SISH.................................26
2.2.. EKSTENSIV OʻSISH ………………………………33

XULOSA ……………………………………………………………36



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………………………………………….39


FOYDALANILGAN SAYTLAR RO’YXATI................................40

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi.
Ushbu “Mikroiqtisodiyot” fanidan yozilgan ushbu referatda bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini qondirish zaruriyatidan kelib chiqadigan bozor muvozanati va muvozanat narxlar, bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, maksimal va minimal narxlar, «qora bozor»ning vujudga kelishi, iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i to‘g‘risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar keltirilgan. Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda dastlab A.Smit tomonidan o’rganilgan va tegishli nazariy ta‘limot berilgan. A.Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solishning zarurligi ta‘kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Bu qoidaga amal qilinsa, iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni vujudga keladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat yomonlashtiradi deb hisoblagan. Biroq, uning mazkur nazariyasi 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishchizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirishmasalasi J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini topdi. J.M.Keyns o’zining kitobida davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi. Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalardan bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo’lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandliki ta‘minlash, balki iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish (maqbullashtirish)ni rag’batlantirish tan olinadi.

Download 221,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish