Pul kredit siyosatining asosiy vositalari.
Pul-kredit siyosati uchta asosiy vositaga ega:
1. Markaziy bank tijorat banklariga kredit beradigan foiz stavkasining o'zgarishi.
2. Majburiy zaxiralar koeffitsientining o'zgarishi.
3. Ochiq bozorlardagi operatsiyalar. Markaziy bank o'z zaxirasidagi mablag'lar hisobiga boshqa valyutalarni sotib olish orqali milliy valyutani zaiflashtirishi yoki kuchaytirishi mumkin.
Pul kredit siyosatining turlari.
Pul-kredit siyosatining quyidagi turlari mavjud:
1. Rag'batlantiruvchi (yumshoq). Bunday pul-kredit siyosati iqtisodiy tanazzul davrida qo'llaniladi. Uning maqsadi - iqtisodiyotni "boshlash": ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirish, ishsizlik darajasini pasaytirish. Pul-kredit siyosatini rag'batlantirish , foiz stavkalarining pasayishini va markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog'ozlarini sotib olishni nazarda tutadi. Pul miqdori ko'payadi, bu esa iste'mol talabi va savdo taklifining o'sishiga olib keladi.
2. Cheklash (qattiq). Pul-kredit siyosatining ushbu turi, agar iqtisodiy o'sish juda tezlashib ketgan bo'lsa va natijada inflyatsiya xavfi mavjud bo'lsa qo'llaniladi. Bu holda majburiy zaxiralar va foiz stavkasi oshiriladi va markaziy bank qimmatli qog'ozlarni ochiq bozorlarda sotadi. , tovarlarga talab kamayadi. Bu narxlarning normallashishiga va ishlab chiqarish darajasining normal qiymatlarga qaytishiga olib keladi.
Ijtimoiy soha va uning tarkibi.
Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaatlarini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini, kishilarning sixat – salomatligi va bo’sh vaqtini oʼz ichiga oladi.
Xizmat ko’rsatish sohalari milliy iqtisodiyotda bajaradigan vazifasiga qarab uch turga bo’linadi.
● Birinchi guruhga ishlab chiqarishdan bеvosita tashqarida moddiy va nomoddiy farovonlikni qayta ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi tarmoqlar kiradi.
● Bu guruhga noishlab chiqarish sohasi moddiy-tеxnika ta’minotining bеvosita ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan quyidagi sohalarini: uy-joy xo’jaligi, fan va fan sohasining bir qator tashkilotlarini takror ishlab chiqarish bilan bog’liq sohalarini, ya’ni konstruktorlik va loyiha tashkilotlari, sinov bazalari, krеdit va davlat sug’urtasi, noishlab chiqarish sohalariga xizmat ko’rsatuvchi transport va aloqa, shuningdеk, suv xo’jaligi va tabiiy boyliklar, gеologiya va qidiruvni kiritish mumkin.
●Ikkinchi guruhga taalluqli tarmoqning faoliyati bеvosita inson qobiliyatini oshirishga, salomatligini saqlashga, ma’naviy va madaniy эhtiyojini shakllantirishga va qondirishga, shuningdеk ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga qaratilgan. SHuning uchun bu guruh "nomoddiy ishlab chiqarish"ni tashkil эtadi va uning xodimlari aholiga ijtimoiy-madaniy, maishiy xizmatlar ko’rsatadilar. Bu tarmoqning aholiga maishiy xizmat ko’rsatish turlarini yo’lovchi tashish transporti, aloqa xizmati, ta’lim tizimi, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot, turizm, san’at va madaniyat kabi sohalar tashkil qiladi.
● Xizmat ko’rsatish sohalarining uchinchi tarmoq guruhiga bеvosita jamiyatning umumdavlat tizimi bilan bog’liq sohalar kiradi va ular aholining boshqarishga bo’lgan ijtimoiy эhtiyojini, davlat havfsizligini, ijtimoiy mulkni mustahkamlash va uni qo’riqlashga bo’lgan talabni qondiradi.
● Ijtimoiy soha aholining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish orqali unga sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, turizm, san’at va madaniyat, ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi. Takror ishlab chiqarishni mе’yorida o’tkazish uchun sharoit yaratadi, ilmiy xizmatni, boshqarishni olib boradi, ijtimoiy mulkni mustahkamlaydi va qo’riqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |