Bozor iqtisodiyoti nazariyasi y bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilis


-§ . Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana23.04.2022
Hajmi1,38 Mb.
#575481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5233259586789578142

2-§ . Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy
muammolarning hal qilinishi
Bozor iqtisodiyotiga yo‘l tutgan har qanday mamlakat bu 
iqtisodiyotning qanday amal qilishini tushunib olish va oldiga 
qo‘ygan 
vazifalarni 
muvafTaqiyatli 
hal 
qilish 
uchun 
iqtisodiyotning umumiy muammolari bo'lgan bir qator 
savollarga javob topishi zarur.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
Qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish 
zarur?
Kim uchun ishlab chiqarish zarur? - kabi har doim 
bo'ladigan umumiy muammolar shular jumlasidandir.
Agar bu savollarni 
umumiy ravishda qo'yib, 
unga 
taraqqiyotning hamma bosqichlariga hos bo'lgan umumiy 
javobni beradigan bo'lsak ularni Io'nda qilib quyidagicha 
tushuntirish mumkin:
— aholi ehtiyoji uchun zarur turda va miqdorda tovar va 
xizmat ishlab chiqarish;
-m a v ju d resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika 
va texnologiya asosida ishlab chiqarish;
— aholi iste'moli uchun zarur ne’matlami ishlab chiqarish 
deb javob berish mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga o'zgacha 
javob beriladi. Bu javoblar bozor iqtisodiyotining o'ziga xos 
tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan 
kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor 
iqtisodiyoti sharoitida, eng avvalo, iqtisodiy resurslar bilan 
ta ’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog'liq. Bunda 
mavjud bo'lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki 
qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham 
hisobga olinishi lozim.
Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga javob berishda 
korxona zarar ko'rmaslik va foyda olish uchun intilish 
qoidasiga amal qilishni hisobga olib xulosa chiqarishimiz 
zarur. Shu bilan birga tovar va xizmatlarning qanday to'plam i
167
www.ziyouz.com kutubxonasi


jamiyatning talablarini to‘Ia qondirishi e’tiborga olinishi kerak. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talabi mavjud boMgan, 
binobarin foyda keltirishi mumkin bo'lgan tovarlar ishlab 
chiqariladi va xizmatlar ko‘rsatiladi, zarar keltiradigan tovarlar 
va xizmatlar ishlab chiqarilmaydi. Bunda foyda olish yoki 
olmaslikni korxona o‘z tovarini sotishdan oladigan umumiy 
pul daromadi va uning ishlab chiqarishga qilingan umumiy 
xarajati o'rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Umumiy daromad tovar narxini sotilgan tovar miqdoriga 
ko'paytirish orqali hisoblanadi. Umumiy xarajatlar har bir 
resurs narxini uni 
ishlab chiqarishda sarflangan 
resurs 
miqdoriga ko'paytirish va keyin har bir resurs sarflarini 
qo'shishi orqali hisoblanadi.
Ishlab chiqarish uchun resurslarning zarur miqdorini sotib 
olish va o ‘z ixtiyorida saqlash uchun qilinadigan xarajatlar 
iqtisodiy xarajatlar deyiladi. Bu resurslarning har biriga 
harajatlar, ya’ni resurslarning narxi resurslar bozorida talab va 
taklifning nisbati bilan aniqlanadi. Bu yerda shuni alohida 
ta ’kidlash lozimki, tadbirkorlik layoqati ham yer, ishchi kuchi 
va kapital kabi o‘z narxiga ega. Shu sababli, ishlab chiqarish 
xarajatlariga nafaqat ish haqi, mukofot, kapital uchun foiz va 
yer uchun renta to'lovlari, balki tadbirkorlarga qandaydir 
tovarni ishlab chiqarishni tashkil qilish va bu ishlab chiqarish 
jarayonida barcha boshqa resurslarni birlashtirish vazifasini 
bajargani 
uchun 
oladigan 
foyda ham 
kiritilishi 
kerak. 
Tadbirkor ushbu vazifalami bajargani uchun oladigan foyda 
m e’yoriy foyda deyiladi. Demak, mahsulot shunday holatda 
ishlab chiqariladiki, qachonki uni sotishdan keladigan umumiy 
daromad etarli darajada yuqori bo'lib, ish haqi, foiz, soliq, 
renta toMash va me’yoriy foyda olish uchun etarli bo'lsin. Agar 
mahsulot sotishdan olinadigan umumiy daromad, m e’yoriy 
foydani ham o‘z ichiga oladigan barcha ishlab chiqarish 
xarajatlaridan ortiq bo'lsa, bu ortiqcha summa barcha 
tahlikalarni 
o ‘z 
zimmasiga 
olib 
va 
korxonada 
ishlab 
chiqarishning bosh tashkilotchisi vazifasini bajaruvchi shaxs 
rolida chiquvchi tadbirkor qo‘lida to‘planib boradi. Ko'rsatib 
o'tilgan 
umumiy daromadning barcha 
ishlab 
chiqarish
168
www.ziyouz.com kutubxonasi


■ xarajatlaridan ortiqcha summasi sof yoki iqtisodiy foyda 
deyiladi. U iqtisodiy xarajatlar tarkibiga kirmaydi, chunki 
korxona uni tadbirkorlik qobiliyatini sotib olish uchun 
sarflamaydi.
Iqtisodiy 
(sof) 
foyda 
oluvchi 
tarmoqning 
kengayib 
boruvchi tarmoqqa aylanib borish tamoyili mavjud boMadi
chunki ortiqcha ustama foyda kam foydali tarmoqlardan yangi 
korxonalarni jalb qiladi. Ammo, tarmoqda yangi ishlab 
chiqaruvchilarning 
paydo 
boMishi 
o ‘z-o ‘zini 
cheklovchi 
jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning 
kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga 
nisbatan o ‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulotning bozor 
narxini pasaytiradi. Vaqt o'tishi bilan narx o ‘z darajasiga 
etmaydi va iqtisodiy foyda yo'qoladi. Boshqacha aytganda, 
raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Iqtisodiy foyda nolga 
teng boMganda, bozor talabi va taklifining bunday nisbati, bu 
tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini aniqlaydi. Shu 
vaziyatda tarmoq o'zining «ishlab chiqarish muvozanatli 
hajmiga» etadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o ‘zgarishlar 
ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. 0 ‘z-o ‘zidan 
aniqki, tarmoq zarar ko‘rganda korxona bunday tarm oqda 
qatnashishga qiziqmaydi. Aksincha, vaqti kelib tarmoqdagi 
mavjud boMgan korxona o ‘zining faoliyatini to ‘xtatgan yoki 
ancha yuqori foyda keltiruvchi boshqa tarmoqqa o'tgan boMur 
edi. 
Ammo, 
bunday 
holda, 
zarar 
ko‘rgan 
tarmoq 
mahsulotining bozor taklifi bozor talabiga nisbatan qisqaradi 
va shu bilan mahsulotning narxi zarar yo‘qolguncha yana osha 
boshlaydi. Natijada, tarmoq o'zining ishlab chiqarish hajmini 
qayta tiklaydi va barqarorlashtiradi.
Ishlab 
chiqariladigan 
mahsulot 
turi 
va 
miqdorini 
aniqlashda iste’molchi talabining alohida muhim rolini 
ta ’kidlash lozim. Iste’molchilar pul daromadlarini sarflash 
orqali tovarlar bozoriga talab bildiradi. Agar bunday talab 
bildirish etarli darajada ko‘p miqdorda to ‘plansa, korxona shu 
mahsulotni ishlab chiqarishga tayyor boMadi. Iste’molchi 
talabining ko‘payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi 
tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining
169
www.ziyouz.com kutubxonasi


qisqarishi korxonaning zarar ko‘rishiga va vaqti kelib qiyin 
ahvolga tushib qolgan tarmoqning qisqarishiga olib keladi. 
Qisqasi, iste’molchining talabi korxonaning qaysi mahsuloti 
foyda keltiruvchi ishlab chiqarish boMib qolish masalasini hal 
qilishida muhim rol o ‘ynaydi.
Bir mahsulotning foyda va boshqasining zarar keltirishini 
taqozo qiluvchi talabni iste’molchi hal qiladi, bu korxonaning 
nima ishlab chiqarish masalasini erkin tanlashini cheklaydi.
Korxona ishlab chiqarish uchun mahsulot tanlashda 
iste’molchi talabini hisobga olishi zarur. Bu aytilganlar ko‘p 
darajada resurslarni etkazib beruvchilarga ham taalluqli. 
Resurslarga talab - bu hosila talab, ya’ni ishlab chiqarish 
resurslarini taqozo qiluvchi tovarlar va xizmatlarga talabdan 
kelib chiqadi. Resurslarni yetkazib beruvchi o ‘zining mehnat 
va moddiy resurslarini sotishdan oladigan daromadlarini 
yuqori darajaga yetkazishga intilishida bozor tizimining 
talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga 
mos boMgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda 
olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga 
boMgan talabi kuchayadi.
Qisqasi, iste’molchi o ‘zining maqbul ko‘rishini mahsulotlar 
bozoriga bildiriladigan talab shaklida namoyon qiladi. Ishlab 
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o'zlarining 
manfaatlarini ta ’minlash uchun shu talabga mos ravishda, 
ya’ni yuqori foyda olish uchun pul toMash qobiliyatiga ega 
boMgan iste’molchilarga zarur boMgan miqdorda va turda 
tovarlar ishlab chiqaradi va resurslarni yetkazib beradi.
Bozor tizimi puldor iste’molchining xohishini, korxonalar 
talabini hisobga oladi, ular uchun ishlab chiqaradi va bu 
qarorni resurslarni etkazib beruvchilarga uzatadi hamda 
ulardan tegishli javob olishga erishadi.
Tovarlar qanday ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish 
qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti 
sharoitida o ‘ziga xos javob boMadi. Bunda uchta uzviy bogMiq 
masalaga e ’tibor beriladi:
— 
alohida 
tarmoqlar 
o ‘rtasida 
resurslar 
qanday 
taqsimlanishiga;
170
www.ziyouz.com kutubxonasi


— ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira 
olishiga;
— har bir korxona resurslarning qanday uyg'unlashuvini va 
qanday texnologiyani tanlashiga.
Bozor tizimi, resurslarni, avvalo mahsulot la riga iste’molchi 
ancha yuqori talab bildiradigan va bu mahsulotlarni ishlab 
chiqarish foyda keltiradigan tarmoqlarga yo'naltiradi. Foyda 
bermaydigan tarmoqlar resurslardan mahrum bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishni qanday korxonalar 
amalga oshira oladi? Qaysi korxona ishlab chiqarishga 
iqtisodiy jihatdan eng zamonaviy texnologiyani qoMlashga 
intilsa va shunga layoqatli bo'lsa. Zamonaviy texnologiya 
iqtisodiy 
samaradorlik 
bilan 
tavsiflanadi. 
Iqtisodiy 
samaradorlik quyidagilarga bog‘liq: mavjud texnologiyaga, 
ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning 
muqobil uyg'unlashuviga yoki ishlab chiqarish omillariga, 
resurslarning 
narxlariga. 
Boshqacha 
aytganda, 
iqtisodiy 
samaradorlik mahsulotning mavjud hajmini resurslardan eng 
kam xarajat qilib olishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o ‘zgaruvchan boMadi: u iste’molchilar, 
ishlab chiqarish texnologiyasi, yetkazib beriladigan resurslar 
tarkibi o‘zgarishiga mos ravishda o ‘zgaradi. 
Resurslarni 
taqsimlashning bugungi kunda ancha samarali bo‘lgan tizimi, 
vaqt o ‘tishi bilan iste’molchi didining o‘zgarishi, ishlab 
chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan 
resurslar tarkibining qayta o'zgarishi oqibatida eskirishi va 
samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti bu 
o'zgarishlarga moslashishga layoqatlimi?
Iste’molchi dididagi o‘zgarishlarning mahsulot narxi va 
foydaga ta ’siri, 
bir tarmoqni qisqartirish va boshqasini 
kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o ‘zgartirish resurslar bozori 
orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib boruvchi tarmoq 
resurslarga ko‘proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq 
ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi 
resurs 
narxlarining 
o'zgarishi, 
resurslarni 
qisqaruvchi 
tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
171
www.ziyouz.com kutubxonasi


Demak, bozor tizimi texnologiyaning o ‘zgarishi va har xil 
resurslarga taklif tarkibidagi o'zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti so'zsiz texnika taraqqiyoti uchun rag'bat 
yaratadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib 
keluvchi texnologiyani birinchi qoMlash, korxonaning o'z 
raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta'minlaydi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy 
foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi 
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. 
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona 
yuqori foyda berishi mumkin boMgan texnika va texnologiya 
yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar.
Qisqacha xulosa qilib aytadigan boMsak, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida:
a) foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;
b) puli bor, yuqori foyda olish imkonini beradigan xaridor- 
lar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini 
beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish